Fard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fard (arab. — yakka, yolgʻiz) — Yaqin va Oʻrta Sharq adabiyotidagi poetik janr. Hajmi bir bayt, yaʼni 2 misradan iborat boʻladi. Muayyan mazmun, gʻoya ilgari suriladi, badiiy umumlashma, hayotiy tajribadan kelib chiquvchi hukm, xulosa tajassum topadi. Mac,Holimni sanga aytib hajr oʻtiga oʻrgandim, Ey yor, yomon qildim, har neki dedim, yondim(Bobur).

F.da dolzarb, salmoqli falsafiyaxloqiy gʻoyalar ifodalanadi. F.ning qisqa va ixchamligi shoirdan "Ming maʼnini bir nuqta bila muxtasar etish"ni (Mashrab) taqozo etadi. F. janriga xos erkinlik shoirning ijodiy imkoniyatini kengaytiradi, ijodiy erkinligini taʼminlaydi. Hoz. oʻzbek shoirlaridan Abdulla Oripov, Rauf Parfi va b. ijodida F.lar uchraydi.