Euronews
Qiyofa
euronews | |
---|---|
![]() | |
Mamlakat | Yevropa davlatlari |
Namoyish hududi |
Yevropa Butun dunyo |
Til(lar)i |
alban tili ingliz tili arab tili bolgar tili venger tili yunon tili gruzin tili fransuz tili nemis tili italyan tili ispan tili fors tili portugal tili polyak tili rumin tili rus tili serb tili turk tili |
Boshqaruv markazi | Lion, Fransiya |
Tasvir formati |
1080i HDTV (SDTV tasmasi uchun 16:9 576iga tushirildi) |
Egasi | Euronews SA |
Aloqador telekanallar | Africanews |
Sayt | euronews.com |
Qamrovi | |
Efirga uzatilishi | |
Levira (Estoniya) | 17 (MUX6) (ruschada) |
RTBF (Belgiya) | 42 (fransuzchada) |
Fetch TV (Australiya) | 276 (inglizchada) |
Euronews – Yevropaning kundalik 24 soatlik axborot telekanali boʻlib, jahon voqealarining video xronikasi va audio sharhlarini oʻn uch tilda namoyish etadi. Kanalga 1993-yil 1-yanvarda asos solingan.
2009-yilda Euronews kabel, sunʼiy yoʻldosh va radioeshittirishlari dunyoning 150 mamlakatidagi (Yevropa, Afrika, Osiyo, Avstraliya, Shimoliy va Janubiy Amerika, shuningdek, Yaqin Sharq) 294 milliondan ortiq xonadonlarni qamrab oladi.
Dasturlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Brussels Bureau – yagona Yevropadagi soʻnggi yangiliklar, intervyular va voqealar tahlili
- Business Line – biznes va iqtisodiyot haqida dastur: haftaning asosiy iqtisodiy yangiliklari, voqealar tahlili va sharhlar. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanayotgan segmentiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
- Business Planet – muvaffaqiyat hikoyalari kaleydoskopi, boshqa tadbirkorlarning tajribasi bilan tanishib, foyda olishingiz uchun maslahatlar, koʻrsatmalar
- Cinema – barcha soʻnggi kino yangiliklari
- Corner – haftalik futbol dasturi
- Cult – butun Yevropadagi madaniy tadbirlar
- Euronews Weekend Futuris – Yevropadagi yetakchi tadqiqot ishlanmalari haqida
- The Global Conversation – dunyo yetakchilari va nyusmeykerlar bilan intervyu
- Gravity – togʻ changʻisi yangiliklari
- Insiders – tahlil, surishtiruv va eksklyuziv reportajlar
- No Comment – butun dunyodagi eng taʼsirli videolar, tahrirsiz, original ovoz bilan
- Markets – xalqaro va Yevropa biznes yangiliklari
- Metropolitan – shahar bilan batafsil tanishish – turizm, iqtisodiyot, energiya tejash masalalari va boshqalar
- Musica – musiqa olamining soʻnggi yutuqlari: musiqachilar, konsertlar, pop-musiqa, rok va opera
- Postcards – milliy madaniy merosning oʻziga xos jihatlariga bagʻishlangan haftalik sayohat koʻrsatuvi
- Real Economy – kundalik hayotdagi makroiqtisodiyot, muvaffaqiyatli qarorlar, optimizm, inqirozdan chiqish misollari
- Sci-Tech – yuqori texnologiyalar yangiliklari
- Smartcare – sogʻliqni saqlash sohasidagi innovatsiyalar dasturi
- Speed – avtosport haqida bilishingiz kerak boʻlgan barcha narsalar
- State of the Union – asosiy voqealar tahlili va boʻlajak eʼlonlar bilan Yevropa Ittifoqi yangiliklarining haftalik sharhi
- Target – uch daqiqalik tahliliy reportajlar dolzarb iqtisodiy masalalar va global tendensiyalarga bagʻishlangan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() |
Vikiomborda Euronews haqida turkum mavjud |