iPhone

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
iPhone 4-4S

iPhone — Apple Inc. firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan toʻrtdiapazonli GSM-telefon, oʻz ichiga quyidagi funksiyalarni mujassamlashtiradi: iPod, kamerafon va internet-planshet. Mac OS X operatsion sistemasi platformasida ishlaydi.

Birinchi avlodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi taqdimot Macworld konferensiyasida 2007-yil 9-yanvarda boʻlib oʻtdi. Taqdimotni Steve Jobs olib bordi. iPhone sotuvlari AQSH bozorlarida 2007-yil 29-iyundan boshlandi. Sotuvlar Yevropa va Kanada bozorlarida 2007-yilning toʻrtinchi choragidan, Meksika, Avstraliya va Osiyo bozorlarida — 2008-yildan, Braziliya bozorlarida esa 2009-yildan sotila boshlanadi. Rossiya va MDHda ishlab chiqaruvchining marketing siyosati tufayli sotilmaydi. iPhonening narxi AQSHning AT&T bilan tuzgan ikki yillik shartnomasiga asosan quyidagicha(2007-yil maʼlumotlari boʻyicha):

  • −299$ 4GB xotirali;
  • −399$ 8GB xotirali.

„iPhone“ savdo belgisi Cisco Systems kompaniyasiga tegishli, ushbu kompaniya 2006-yilda shu nomli internet-telefoniyalar uchun apparat ishlab chiqardi. Uzoq vaqt sud jarayonlari va tortishuvlardan soʻng Apple va Cisco Systems „iPhone“ markasini butun dunyoda birga ishlatishga kelishuvga rozi boʻlishdi.

iPhone 3G[tahrir | manbasini tahrirlash]

iPhone ni orqa tomondan koʻrinishi. Orqa tomoni metal va qora plastikdan tayyorlangan.

2008-yil 9-iyunida iPhonening 2-avlodi taqdim etildi. Ushbu telefonlar ilk iPhone avlodlaridan farqli jihati, 3G standartida ishlay olishidir.

Apple raisi va asoschisi Steve Jobs namoyish etgan taqdimotda aytilishicha, iPhone 3G telefonlari endilikda AQSh bozorlarida ancha arzon narxlarda sotila boshlaydi:

  • −199$ 8GB hajmli;
  • −299$ 16Gb hajmli.

Lekin telefon AQShda faqat AT&T tarmogʻida ishlaydi va Janob Jobs aytgan bahoda olish uchun abonent 2 yillik shartnoma asosida qoʻshimcha $20 lik(oyiga) maʼlumotlar paketini sotib olishi kerak.[1] Shuningdek, AT&T kompaniyasi shartnomalarsiz ham quyidagi narxda sotib olish mumkin:

  • −599$ 8GB hajmli;
  • −699$ 16Gb hajmli.[2]

arksh

Kompyuterga sistemali talablar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mac yoki PC;
  • iTunes 7;
  • Internetga ulanish;
  • Mac:Mac OS X 10.4.8 va undan yuqori, port USB 2.0;
  • PC: port USB 2.0, Windows XP yoki Professional (Service Pack 2);

Boshqaruv[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fayl:IPhoneSeattle.jpg
iPhone
  • Multitouch tehnologiyali sensorli display;
  • Yagona „Home“ tugmasi;
  • Stilusning yoʻqligi;
  • Mac OS X -operatsion sistemasi;
  • Wi-Fi(802.11b/g) + EDGE + Bluetooth 2.0;
  • Safari brauzer va Google Maps;
  • Razmeri — 115x61x11.6 mm;
  • Ogʻirligi — 135g;
  • Kirish — Multi-touch;
  • Ekran razmeri — 3.5 dyum;
  • Ichki hotira — 4 yoki 8 Gb;
  • GSM — toʻrt diapazonda(850,900,1800,1900 MGs);
  • Kamera — 2 megapiksel;
  • Soʻzlashuv rejimida 5 soatgacha/video koʻrish yoki Internet;
  • Musiqa eshitish rejimida 16 soatgacha;

Portlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ipod connector;
  • 3.5 mm minidjek — audio kirish/chiqish;
  • Sim karta uchun joy;

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Video[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]