Esteban Granero

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Esteban Granero
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Esteban Félix Granero Molina
Tavallud sanasi 2-iyul 1987-yil (1987-07-02) (36 yosh)
Tavallud joyi Pozuelo de AlarcónIspaniya bayrogʻi Ispaniya
Boʻyi 180 sm
Ampluasi yarim himoyachi
Laqabi El Pirata (Qaroqchi),
GranHero (Katta qahramon)
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Esteban Granero Real Sosedad
Raqami 25
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1995–2004 Real Madrid
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004–2006
2006 - 2008
2007 - 2009
2009 - 2012
2012 - hz.
2013 - hz.
Real Madrid C
Real Madrid B
Xetafe
Real Madrid
QPR
  Real Sosedad
(48 (9)
37 (4)
62 (8)
67 (4)
25 (1)
1 (0))
Milliy terma jamoa
2002
2004
2006
2007
2007-2009
Ispaniya U-16
Ispaniya U-17
Ispaniya U-19
Ispaniya U-20
Ispaniya U-21
(1 (0)
5 (0)
9 (1)
5 (0)
10 (2))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Esteban Feliks Granero Molina (ispancha: Esteban Félix Granero Molina; 2-iyul 1987-yil, Pozuelo de Alarcón, Ispaniya ) — ispaniyalik futbolchi, "Real Madrid" jamoasining yarim himoyachisi. Ispaniyada "El Pirata" ("Qaroqchi") laqabi bilan mashhur bu o'yinchi yarim himoya chizig'idagi barcha joylarda o'ynay oladi. Markaziy yarim himoyachi o'rnida ham, o'ng qanot yarim himoyada ham va boshqa o'rinlarda ham bemalol o'ynay oladi. Uning asosiy ampluasi pleymeyker vazifasi hisoblanadi. "Qaroqchi" laqabining kelib chiqish sababiga ko'ra, Estebanning o'zi tan olishicha, u urgan gollarini qanday qilib nishonlashni bilmagan, antiqa nishonlashni topolmasdan shunchaki bir ko'zini qo'lib bilan yopib nishonlagan. Jurnalistlar esa tez fursatda bu qilgan harakati va shuningdek, hurpaygan sochi va g'alati soqolini inobatga olib, unga bu tahallusni berishgan[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

«Kantera»[tahrir | manbasini tahrirlash]

Esteban Granero "Realning" futbol maktabiga kelganida 8 yosh bo'lgan va tez fursatda o'zining iqtidorini ko'rsata boshlagan. Unga hujumchi o'rnini ishonishdi. Mavsumlarning birida 10 yoshgacha chempionatda Granero 83 ta gol urishga erishgan. Bu haqda u o'zining intervyularidan birida: "... Buning siri shundaki, o'sha vaqtda men qolganlardan bo'yim uzun edi. Men qolganlardan kuchliroq tepardim va qolganlardan kuchliroq edim. Keyin esa men katta bo'ldim, tana shakllandi va hammasi balansga tushdi, keyin meni maydon markaziga o'tkazishdi", - deb izoh berib o'tdi[1].

1999-yilda Granero "Real"ning 12 yoshgacha B jamoasi sardori bo'ldi va tengqurlari o'rtasida o'tkazilgan xalqaro futbol turnirida g'olib bo'lishga erishdi. Final Kataloniya poytaxtidagi "Palau Sant Jordi" (kat. Palau Sant Jordi) maydonida o'tkazildi va ushbu o'yinda "Real" "Barselona" jamoasini 1:0 hisobida mag'lub etdi. Qo'shimcha vaqtda urilgan yagona gol muallifi musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi deb tan olingan Esteban Granero bo'ldi.

17 yoshida "Real"ning uchinchi jamoasi "Real Madrid C" jamoasi tarkibiga qo'shildi. O'zining o'ta iste'dodliligi va to'p uzatish mahorati bilan ajralib turgan. 2005/06 mavsumda ispaniyaning nomdor "Don Balón" nashri versiyasiga ko'ra, Esteban Granero Terseraning 7-guruhidagi "El Crack" ("o'q uzish" - eng mahoratli, g'ayrioddiy o'yinchi) nomiga sazovor bo'ldi.

2006-yilda Ispaniya futbol federatsiyasi tashkil etgan 19 yoshgacha rasmiy o'smirlar musobaqasida jamoadoshlari Xuan Mata va Alberto Buenolar bilan birgalikda Granero musobaqa g'olibi bo'ldi. Shu yilning o'zida Granero "Real"ning ikkinchi jamoasi "Real Madrid B" jamoasida o'z debyutini o'tkazdi. Debyut o'yini "Albasete" jamoasiga qarshi kechdi va Granero gollik to'p uzatma qilishga muvaffaq bo'ldi.

Granero "Kastilya"dagi ("Real Madrid B") faoliyati davomida tez sur'atlarda jismoniy o'sishi bilan o'sha vaqtlardagi bosh murabbiy Michelning ishonchiga kira oldi va doimiy asosiy tarkibda maydonga tusha boshladi. Lekin yakunda kanteraning boshqa tarbiyalanuvchilari Ruben de la Red, Xavi Garsia, Adrian Gonsaleslar qatorida unga ham asosiy jamoaning tarkibiga qo'shilish imkoniyati bo'lmadi va 2007-yil 31-avgustda transfer oynasining so'nggi kunida Granero "Xetafe" jamoasiga bir yilga ijaraga berib yuborildi. U yerga Granero bilan birgalikda Ruben de la Red ham bordi, faqat boshqa talablar asosida jamoaga qo'shildi.

«Xetafe»[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Xetafe" jamoasida 2007-yilning 16-sentabrida Ispaniya chempionatining 3-turida "Espanyol"ga qarshi kechgan uchrashuvda o'z debyutini nishonladi. Ammo debyut muvaffaqiyatlik chiqmadi. "Xetafe" yutqazdi, Granero esa qizil kartochka olib maydonni tark etdi[2].

"Real"ga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil 21-iyulida 4 mln. yevro evaziga "Real" Graneroni qayta sotib oldi[3]. Mavsumoldi o'yinlarda u gol urishga ham erishdi. 12-sentabrda u asosiy jamoadagi birinchi debyutini yana "Espanyol" jamoasiga qarshi o'yinda nishonladi. Bu o'yinda "Real" 3:0 hisobida g'alabaga erishdi[4]. U birinchi mavsumda asosan zahiradan maydonga tushdi va ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi.

2010/11 mavsumda "Real Madrid" Granero to'p suradigan chiziqlarga yana ikkita o'yinchi, Sami Xedira va Mesut O'zillarni tarkibiga qo'shib olganidan keyin Esteban doimiy zahiradan tushuvchi o'yinchi bo'lib qoldi.

2011/12 mavsumda esa yana bir o'yinchi, asli chap qanot himoyachisi lekin markaziy yarim himoyada ham yaxshi o'yin o'tkaza oladigan Fabio Koentrau xarid qilinganidan keyin Graneroning vaziyati yanada chigallashdi[5]. Bu muammolarga qaramay, Granero jamoada qolishni xohladi va bir necha muhim o'yinlarda maydonga ham tushdi.

"QPR"[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil 30-avgust kuni Granero angliyaning „QPR“ jamoasi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Jamoada u 14 raqamda oʻynaydigan boʻldi.[6][7] U Premyer Ligadagi debyutini ikki kundan soʻng, amaldagi chempion Manchester Siti bilan oʻzaro oʻyinda oʻtkazdi. Mazkur oʻyinda QPR 1-3 hisobida magʻlubiyatga uchradi[8]. Granero jamoasidagi birinchi golini 2012-yilning 6-oktyabrida „Vest Bromvich“ darvozasiga urishga muvaffaq boʻldi. Ammo ushbu oʻyinda „QPR“ 2-3 hisobida magʻlubiyatga uchradi[9].

Real Sosedad[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilning 15-avgustida „QPR“ Estebanni Ispaniyaning „Real Sosedad“ jamoasiga ijaraga berganligini rasman eʼlon qildi. Kelishuvga koʻra, Granero ispanlar tarkibida bir mavsum toʻp suradi[10].

Erishgan natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Эстебан Гранеро: «С господством „Барселоны“ будет покончено!» | RealMadrid.ru — Все новости «Реал Мадрид» на русском языке, 2009-08-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-08-19
  2. Испания — Эспаньол (Барселона) — Хетафе (Хетафе) — Чемпионат.ру, 2008-06-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-08-21
  3. „Granero returns to Real“. Sky Sports (23-iyul 2009). Qaraldi: 29-iyul 2009.
  4. Madrid maintain perfect start (Wayback Machine saytida 2012-11-02 sanasida arxivlangan); ESPN Soccernet, 12-sentabr 2009
  5. „Granero, un imprescindible con pocos minutos“ (Spanish). Defensa Central (9-iyul 2012). Qaraldi: 24-iyul 2012.
  6. „EXCLUSIVE: GRANERO COMPLETES MOVE“. QPR (30 avgust 2012). Qaraldi: 30 avgust 2012.
  7. „Official: Granero joins QPR on four-year deal“. Goal.com (30 avgust 2012). Qaraldi: 30 avgust 2012.
  8. „Manchester City 3–1 Queens Park Rangers“. ESPN Soccernet (1-sentabr 2012-yil). Qaraldi: 6-sentabr 2012-yil.
  9. West Brom 3-2 QPR; BBC Sport, 6-oktabr 2012-yil
  10. „Granero pens Sociedad loan“. Queens Park Rangers (15-avgust 2013-yil). Qaraldi: 15-avgust 2013-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]