Fábio Coentrão
![]() | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Fábio Alexandre Silva Coentrão | ||
Tavallud sanasi | 11-mart 1988-yil | ||
Tavallud joyi |
Vila-du-Kundi, ![]() | ||
Boʻyi | 179 sm | ||
Ampluasi | himoyachi; yarimhimoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
![]() | ||
Raqami | 5 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2004–2005 |
![]() | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2004-2007 2007-2011 2011 - h. |
![]() ![]() ![]() |
(28 (4) 52 (2) 20 (0)) | |
Milliy terma jamoa | |||
2006– 2010 2009 - hz. |
![]() ![]() |
(16 (5) 27 (1)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Fabio Aleshandre da Silva Koentrau (portugalcha: Fábio Alexandre da Silva Coentrão; 11-mart 1988, Vila-du-Kondi, Portugaliya) — portugaliyalik futbolchi, Portugaliya terma jamoasi va Real Madrid klubi himoyachisi va yarim himoyachisi.
Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Rio Ave"[tahrir | manbasini tahrirlash]
2004/05 mavsumda Koentaru oʻzining professional faoliyatini tugʻilib oʻsgan shahridagi „Rio Ave“ jamoasida boshladi. 2005-yil 14-oktabrda 17 yosh vaqtida Portugaliya ligasida oʻz debyutini oʻtkazdi. Birinchi mavsumda jami 3 ta oʻyinda ishtirok etdi va mavsum soʻnggida Rio Ave jadvalda soʻnggi 16-nchi oʻrinni egallab ikkinchi ligaga tushib ketdi. Keyingi mavsumdan boshlab Koentrau asosiy tarkib oʻyinchisi boʻldi va 25 ta oʻyinda ishtirok etib, 4 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. 2007-yilning fevralida Chelsi jamoasida bir haftalik malaka oshirishga bordi va natijada „Chelsi“ bosh murabbiyi Joze Mourinyo uning harakatlarini yuqori baholab, oʻyinchining keyingi faoliyatini alohida kuzatishini vaʼda berdi[1].
"Benfika"[tahrir | manbasini tahrirlash]
2007-yilda mavsum o'rtasida "Benfika" jamoasi bilan olti yillik shartnoma imzoladi. Koentrau Chempionlar ligasining 3-nchi saralash bosqichida "Kopengagen" jamoasiga qarshi o'yinda jamoadagi debyut o'yinini o'tkazdi. U maydonga ikkinchi bo'limda tushdi. Portugaliya chempionatida 2007-yildagi o'yinlarida jami 3 t o'yinda maydonga tushdi va 2008-yilning yanvar oyida oliy ligada to'p suruvchi "Nasional" jamoasiga ijaraga berib yuborildi.
2008-yilning iyul oyida gollandiyaning "Feyenord" jamoasiga ijaraga berilganligi haqida xabar berildi[2]. Taraflar oldindan kelishuvga erishishganiga qaramasdan bu ish amalga oshmay qoldi va Fabio ispaniyaning ikkinchi ligasida qatnashuvchi "Real Saragosa" jamoasiga ijaraga berib yuborildi[3]. Saragosada u bitta o'yinda, "Deportivo Alaves" jamoasiga qarshi kechgan o'yinning 82-daqiqasida maydonga tushdi. Natijada 2009-yilning yanvar oyida Portugaliyaga qaytdi va ijara asosida yarim mavsum "Rio Ave" safida o'yinlarda ishtirok etdi.
"Real Madrid"[tahrir | manbasini tahrirlash]
2011-yilning 5-iyulida Real Madrid jamoasi 30 mln. yevro evaziga Fabioni safiga qo'shdi[4]. U jamoadagi debyut golini urishi uzoq cho'zildi. 2012-yil 17-dekabrda "Espanyol"ga qarshi kechgan uchrashuvda u o'zining ilk golini kiritishga muvaffaq bo'ldi. Ushbu o'yinda hisob 2:2 bilan yakunlandi.
Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2007-yilning yozida 20 yoshgacha Portugaliya terma jamaosi safida yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida uchta o'yinda ishtirok etdi. Fabio "Benfika" safida o'zini yaxshi o'yinlari bilan ko'rsata boshlaganidan so'ng, uni asosiy Portugaliya terma jamoasi safiga chaqirishni boshlashdi. Terma jamoa bilan u 2010-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etib, to'rtta o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Erishgan natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Ispaniya chempioni: 2011/12
- Ispaniya superkubogi sohibi (1): 2012
- Portugaliya chempioni: 2009/10
- Portugaliya ligasi kubogi sohibi: 2009/10, 2010/11
Shahsiy[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Ikkinchi Divizionning mavsum kashfiyoti: 2006–07
- Portugaliya ligasining yil kashfiyoti: 2009–10
- Benfika jamoasining yil kashfiyoti: 2009
- Portugaliya ligasi oyning yosh o'yinchisi: Oktabr 2009, Mart 2010, Aprel 2010, Sentabr 2010
- UEFA Yevropa turniri ramziy jamoasi: 2012
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Биеннале юниорского футбола“. sports.ru (23-iyul 2007-yil). 27-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-avgust 2012-yil.
- ↑ „«Фейеноорд» взял в аренду Коэнтрау“. sports.ru (13-iyul 2008-yil). 27-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-avgust 2012-yil.
- ↑ „Coentrão Joins Zaragoza On Loan“ (deadlink). goal.com (17-iyul 2008-yil). 3-avgust 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-avgust 2012-yil. (Wayback Machine saytida 2008-08-03 sanasida arxivlangan)
- ↑ „«Бенфика» продала Куэнтрана в «Реал» за € 30 млн“. championat.com (5-iyul 2011-yil). 8-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-avgust 2012-yil. (Wayback Machine saytida 2011-07-08 sanasida arxivlangan)
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Real Madridning rasmiy saytidagi sahifasi
- Transfermarkt saytidagi sahifasi
- zerozero saytidagi ma'lumotlari (Wayback Machine saytida 2011-07-08 sanasida arxivlangan)