Kontent qismiga oʻtish

Erika Salumäe

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Erika Salumäe
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Estoniya bayrogʻi Estoniya
Tavallud sanasi 11-iyun 1962-yil (1962-06-11) (62 yosh)
Pyarnu, Estoniya SSR, SSSR
Faoliyat yillari 19811996
Boʻyi 165 sm
Sport
Mamlakat SSSR bayrogʻi SSSR Estoniya bayrogʻi Estoniya
Qaysi sport velosport
Klubi Kalev va Dinamo

Erika Akselevna Salumäe (estoncha: Erika Salumäe; 1962-yil 11-iyun, Pyarnu) — sovet va estoniyalik velosportchi (yoʻnalishi: sprint), Seul va Barselonadagi Olimpiya chempioni, jahon chempioni va 19 karra jahon rekordchisi. SSSRda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi (1987).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bolaligi va yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erika Salumäe tugʻilganda haqiqiy onasi tomonidan tashlab ketilgan va qiz Elva shahridagi bolalar uyiga berilgan[1]. Erika yetti yoshida asrab olinadi. Erika gumanitar maktabda oʻqigan, maktabda sheʼr yozgan va adabiyot boʻyicha olimpiadalarning sovrindori boʻlgan. Erika yengil atletika, basketbol va konkida uchish bilan shugʻullangan. Estoniya SSR chempioni. Shu bilan birga, musiqa maktabiga boradi, lekin 18 yoshida musiqadagi faoliyatidan koʻra sportdagi faoliyatini tanladi. 1980-yilda velosport bilan shugʻullana boshlaydi, murabbiyi Yuri Kalmus velosport Olimpiada oʻyinlariga kiritilganini xabar qilib, birgalikda mashgʻulotlar boshlashni taklif qiladi. Bahorda velosport boʻyicha birinchi musobaqalar Latviyada boʻlib oʻtib, bu musobaqada Erika oʻzining birinchi gʻalabasini qoʻlga kiritadi[1].

Professional faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sprint, taʼqib etish va guruh poygalarida SSSR chempionatlaridan birini qoʻlga kiritgandan soʻng, Erika murabbiy Stanislav Solovyov bilan uchrashadi, murabbiy unga Tallinga koʻchib oʻtishni va trek velosporti bilan shugʻullanishni taklif qiladi[1]. Dastlab erkak sportchilar bilan shugʻullana boshlagan (oʻsha paytda Estoniyada ayollar trek velosipedi bilan shugʻullanishmagandi). Koʻp vaqtini Moskvada murabbiy Vladimir Leonov bilan mashgʻulotlarda oʻtkazadi. SSSR chempionatida Galina Sareva ustidan qozonilgan gʻalaba Erika uchun 1983-yilgi Universiadaga yoʻl ochadi. Birinchi marta chet elga chiqib, unda oʻzining birinchi jahon rekordini oʻrnatadi va sprintda gʻalaba qozonadi. SSSR chempionatlari doirasida Tallinning „Kalev“ va „Dinamo“ jamoalarida oʻynagan[1].

Erikaning Barselonadagi oʻyinlardagi gʻalabasi fotosurati

1987-yildan 1989-yilgacha xalqaro musobaqalarda uchta oltin medalni qoʻlga kiritadi: ikkitasi Jahon chempionatida va bittasi Seul Olimpiadasida. Bunday muvaffaqiyatdan keyin Barselona Olimpiya oʻyinlarida ikkinchi oltin medalini qoʻlga kiritadi. Erika dastlab kasalligi tufayli Barselonadagi Olimpiadasiga bora olmaydi, ikki oy davomida davolanadi, ammo sprinterning tezligidagi zaiflik taktik harakatlar bilan yopilishi tufayli sportchi Olimpiadada oltini medalni qoʻlga kiritadi, bu medal SSSRning qulaganidan keyin mustaqil Estoniya uchun birinchi medal boʻlgan. Yillar davomida Erikaning sogʻligʻi yomonlashdi, yettita operatsiyani boshdan kechirdi va nemis shifokorlari unga sportni tark etishni tavsiya qilishadi, ammo bundan oldin Erika Atlantadagi Olimpiadada ishtirok etishga vaʼda bergan boʻlib, bu musobaqada oltinchi oʻrinni egallaydi. Uning soʻnggi sovrini 1995-yilgi jahon chempionatidagi bronza medali boʻlgan. Olimpiadadan keyin oʻzining sportdagi faoliyatini yakunlaydi.

Keyingi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yildan Estoniya maktab sporti ittifoqi rahbari. Erika iikki marta Estoniyaning Riigikogu deputatligiga saylangan (1999[2] va 2007[3]). Qilgan xizmatlari uchun Estoniya Qizil Xoch ordeni bilan taqdirlangan[4]. Estoniya Olimpiya qoʻmitasining faxriy aʼzosi. 2008-yilda „Yulduzlar bilan raqs“ (estoncha: Tantsud tähtedega) shousining uchinchi mavsumida ishtirok etib, sakkiz juftlik orasida sherigi bilan yettinchi oʻrinni egallaydi. 2024-yil mart oyida rejissyor German Golub Erikaning hayoti haqida badiiy film suratga olayotgani maʼlum qiladi[5].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1988 va 1992-yillarda Olimpiya chempioni[6].
  • 1987 va 1989-yillarda jahon chempioni.
  • 1984 va 1986-yillardagi jahon chempionatlarida kumush medal sovrindori.
  • 1995-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori.
  • 1983-yilgi Universiadaning ikki karra chempioni.
  • 16 karra SSSR chempioni.
  • 9 karra Estoniyadagi eng yaxshi sportchi unvoni sohibasi[7].
  • 19 ta jahon rekordini yangilagan.

Erika yozma va onlayn ovoz berish natijalariga koʻra 1999-yilda tuzilgan XX asrdagi Estoniyaning 100 ta buyuk arboblari roʻyxatiga kiritilgan[8].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xobbisi musiqa va kitob oʻqish[9]. Sirli ismli qizi bor. Salumäe 2010-yildan Ispaniyada yashaydi va biznes bilan shugʻullanadi[10]. Oʻzining „Tirik qolish“ (estoncha: Jääda ellu) nomli avtobiografiyasini yozgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Интервью с Эрикой Салумяэ“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-oktyabr.
  2. „Varasemad valimised - Arhiiv - Vabariigi Valimiskomisjon“. vvk.ee. Qaraldi: 2024-yil 10-aprel.
  3. „Varasemad valimised - Arhiiv - Vabariigi Valimiskomisjon“. vvk.ee. Qaraldi: 2024-yil 10-aprel.
  4. „Bearers of decorations — Erika Salumäe“. 2014-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-oktyabr.
  5. ERR, Kristjan Pihl | „Karolin Jürise tulevasest filmirollist Erika Salumäena: see on suur füüsiline pingutus“ (et). ERR (2024-yil 13-mart). Qaraldi: 2024-yil 10-aprel.
  6. „Олимпийские медали.“ (Русский). Olympteka. 2021-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-yanvar.
  7. Mukofot 1955-yildan boshlab berila boshlangan, shuning uchun Estoniya SSRdagi davri ham qoʻshib hisoblangan
  8. Sajandi sada Eesti suurkuju / Koostanud Tiit Kändler. — Tallinn: Eesti Entsüklopeediakirjastus, 2002. — 216 lk. ISBN 998570102X.
  9. „Эрика Салумяэ“. 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-oktyabr.
  10. „Эрика Салумяэ покидает Эстонию“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-oktyabr.