Xirurgik operatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Operatsiya (tibbiyotda) — toʻqima va aʼzolardagi kasallik jarayoniga xirurgning aralashuvi. Bunda operatsion jarohat vujudga keltiriladi (qonli O.), baʼzan maxsus mexanik usullar tatbiq etiladi (qonsiz O., mas, chiqqan suyakni solish, singan suyak boʻlaklarini birbiriga toʻgʻrilab qoʻyish). Koʻpincha davolash, baʼzan esa diagnostika maqsadida (mas, biopsiya, punksiya, laparotomiya) qilinadi.

Rejali va kechiktirib boʻlmaydigan (zudlik bilan qilinadigan) O. tafovut qilinadi. Rejali O.dan oldin bemor sinchiklab tekshiriladi va O.ga tayyorlanadi (maye., meʼda yarasi, raki, surunkali appenditsit, kataraktada). Kasallik holati bemorning hayotiga tahdid qilib turganda (meʼda yarasi teshilganda, churra qisilib qolganda, ichak buralganda va boshqalar) kechiktirib boʻlmaydigan O. qilinadi.

O. harakteri jihatdan radikal va palliativ turlarga ajratiladi. Radikal O.da patologik jarayon bartaraf qilinadi (kasallik oʻchogʻi va, hatto, butun organ olib tashlanadi). Patologik jarayon oqibatida kelib chiqqan kasallik simptomini bartaraf qilish palliativ O.ning vazifasidir. Tiklash O.lari alohida oʻrin tutadi (qarang Plastik xirurgiya).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil