Ebola gemorragik isitmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Ebola
7042 lores-Ebola-Zaire-CDC Photo.jpg
 
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos infectious diseases[*]
DiseasesDB 18043
MedlinePlus 001339
eMedicine med/626/{{{eMedicineTopic}}}
MeSH D019142


Ebola gemorragik isitmasi (inglizcha: Ebola Haemorrhagic Fever, EHF yoki inglizcha: Ebola virus disease, EVD; lotincha: Ebola febris haemorrhagica) — ebolavirus urugʻiga kiruvchi virus keltirib chiqaradigan, kishilar va boshqa sut emizuvchilarda uchraydigan kasallik. Kasallikning simptomlari virus yuqqanidan 2 kundan 3 haftagacha boʻlgan muddatda boshlanadi. Odatda harorat koʻtarilishi, tomoq ogʻrishi, muskullar va bosh ogʻrishi kuzatiladi. Bundan keyin qusish, ich ketishi va allergiyalar hamda jigar va buyraklar ishlashining susayishi kuzatiladi. Bu paytga kelib bemorda ham ichki, ham tashqi qon ketish boshlanishi mumkin.[1] Agar bemor halok boʻlsa, u odatda simptomlar boshlanganidan keyin 6 kundan 16 kungacha boʻlgan muddatda, asosan koʻp suyuqlik yoʻqotish sabab kelib chiqqan past qon bosimi tufayli oʻladi.[2]

Etiologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1979 yildan 2008 yilgacha Afrikada Ebola bilan kasallanganlar

Ebola virusi (EHF) birinchi marta 1976 yilda mikrobiolog Jan-Jak Muembe-Tamfum tomonidan Sudanning ekvatorial provinsiyasi va unga tutash Zair (hozirgi Kongo Demokratik Respublikasi) hududlarida aniqlangan. Sudanda 284 kishi kasallangan, shundan 151 kishi vafot etgan.Zairda 318 kishi (280 kishi vafot etgan). Virus Zairdagi Ebol daryosi yaqinida ajratib olingan va shu daryo nomiga qoʻyilgan. O 'zining morfologik xususiyatiga ko‘ra Ebol virusi Marburg virusidan farq qilmaydi. Faqat antigen xususiyati bilan farqlanadi. Rabdoviruslar oilasi lissaviruslar avlodiga kiradi.

Epidemiologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholi yashash joyiga yaqin hududdagi kemiruvchilar tabiatdagi virus rezervuarlari hisoblanadi. Bemor atrofdagilar uchun xavfli hisoblanadi. Asosan shifoxona xodimlari orasida infeksiyaning ikkilamchi va uchlamchi tarqalishi hollari kuzatilgan.

Virus bemorlardan 3 haftaga yaqin vaqt davomida ajraladi. Infeksiya yetarlicha sterilizatsiya qilinmagan igna va boshqa asboblar orqali

yuqadi.

Patogenezi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Infeksiyaning kirish darvozasi respirator trakt va teridagi mikrotravmalar hisoblanadi. Kirish darvozasida oʻzgarishlar rivojlanmaydi. Infeksiyaning umumiy intoksikatsiya va trombogemorragik sindrom rivojlanishi bilan tez generallashuvi xarakterli. Endemik rayonlarda yashovchi aholini tekshirganda 7 % da Ebol virusiga qarshi antitanachalar topilgan. Bu infeksiyaning yengil va simptomsiz kechishi mumkinligini koʻrsatadi.

Klinikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yashirin davri 4—6 kun davom etadi. Klinik simptomatikasi Marburg isitmasiga o ‘xshash. Turli hududlardagi epidemiya

xurujlarida kasallik ogʻirligi va letal oqibat chastotasining turliligi ajratib olingan virus shtammlarining biologik va antigen farqi bilan bogʻlanadi. Kasallik oʻtkir boshlanadi. Bemorlarni kuchli bosh ogʻrigʻi bezovta qiladi. Mushaklarda va qorinda ogʻriq kuzatiladi, ichi ketadi. Biroz keyin quruq yoʻtal va koʻkrak qafasida sanchuvchi ogʻriqlar paydo boʻladi. Degidratatsiya belgilari rivojlanadi. Kasallikning 5—7 kuni makulo-papulez toshm a paydo boʻladi. Toshm adan soʻng qipiqlanish kuzatiladi. Gemorragik sindrom burundan qon ketishi, qon qusish, bachadondan qon ketishi koʻrinishida namoyon boʻladi. Homiladorlarda bola tashlash kuzatiladi. Qonda neytrofil leykotsitoz, anemiya aniqlanadi. Oʻlim kasallikning 2-haftasidan qon ketish va shok fonida yuzaga keladi.

Tashxisi va qiyosiy tashxisoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ebola virusi virionining elektron mikroskopda olingan tasviri

Epidemiologik ma'lumotlarga (endemik oʻchoqda boʻlganligi, bemor bilan muloqot va b.) va xarakterli klinik simptomlariga asoslangan holda qoʻyiladi. Spetsifik laborator tekshirishlar faqatgina jixozlangan laboratoriyalarda oʻtkaziladi.

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ebola virusining tabiatda aylanishi va odamlarga yuqishi

Bemorlarni erta gospitalizasiya qilish va parvarish muhim ahamiyatga ega. Yotoq tartibi kasallikning nafaqat boshlangʻich davri, avj davrida, balki rekonvalessensiya davrida yana 2 hafta davom ettrilishi lozim. Parhez — sutli-oʻsimlikli taomlar. Ovqatlar boʻtqasimon holatda va vitaminlarga (ayniqsa S va R guruh vitaminlar) boy bolishi lozim. Suyuqlik yetarli miqdorda berilishi kerak (mineral suv, sok, koʻk choy). Virusemiya davri 10 kungacha davom etishini hisobga olgan holda etiotrop davo sifatida gemorragik isitma oʻtkazgan odamlar qoni zardobi yoki plazmasi 150—200 ml yuboriladi. Ogʻir bemorlarga (kasallikni boshlangʻich va kechki davrlarida) plazma vena ichiga 400- 600 ml miqdorida yuboriladi. Kasallikning 1-kunlaridan sutkasiga 500— 600 mg miqdorida askorbin kislotasi rutin bilan birga yuboriladi. B guruh vitaminlar odatdagi dozalarda beriladi. Kuchli bosh ogʻirishi, m ushaklar ogʻrigʻi, boʻgʻim lar ogʻrigʻida antipiretiklar, analgetiklar va antigistamin preparatlar buyuriladi. Dezintoksikatsion davo oʻtkaziladi. Poliglyukin, reopoliglyukin, zarur boʻlganda 5 %, 20 % li albumin yuboriladi. Suyuqliklar kattalarga 500 ml dan vitaminlar bilan birga quyiladi. Bolalarga 10 m l/kg/sutka kunduzgi vaqt bir marta vena ichiga yuboriladi. 5 % glyukoza eritmasi vitamin C va B vitamin bilan quyiladi. Suyuqlik miqdori intoksikatsiya darajasiga bogiiq. Kislota-ishqor va elektrolit muvozanatiga e ’tibor berish kerak va kerak hollarda korreksiya qilinadi. Ogʻir bemorlarga sutkasiga 4 —5 m arta 30—40 daqiqa davomida kislorodoterapiya oʻtkaziladi. Kortikosteroidlar buyuriladi (prednizolon 70—110 m g/sutka)[3]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ebola virus disease Fact sheet N°103“. World Health Organization (1-mart 2014-yil). Qaraldi: 12-aprel 2014-yil.
  2. Ruzek, edited by Sunit K. Singh, Daniel. Viral hemorrhagic fevers. Boca Raton: CRC Press, Taylor & Francis Group, 2014 — 444 bet. ISBN 9781439884294. 
  3. A.ZAKIRXODJAYEV. Yuqumli kasalliklar. Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2011.