Mialgiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mialgiya (yun. mys — muskul va algos — ogʻriq) — muskullardagi ogʻriq. U oʻtkir va kucheiz boʻlib, koʻpincha, boʻyin, koʻkrak qafasi, tana, bel, oyoq-qoʻl muskullarida kuzatiladi. Kasallik keskin harakat qilganda, sovuq kotganda, muskullar zoʻriqqanda, shikastlanishda va boshqa hollarda paydo boʻladi. Bemor harakatlanganda yoki ogʻir yuk koʻtarganda ogʻriq zoʻrayadi.

Davosi M.ga sabab boʻlgan omilni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. Asosan, quruq issiq qilinadi. MIASS — RF Chelyabinsk viloyatidagi shahar. Miass daryosi sohilida. Aholisi 166,9 mingkishi (1998). M. 1773 yilda mis zavodi qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan (19-asr boshida yopilgan), shuningdek, oltin qazib olish markazi sifatida ham mashxur. Ikkinchi jahon urushi yillarida (1941—45) Moskvadan evakuatsiya qilingan uskunalardan birinchi Ural avtomobilsozligi — yuk avtomobillari zavodi qurilgan. Shuningdek, "Miasselektroapparat", yogʻochsozlik va boshqa zavodlar bor. Shahar atrofidan oltin, talk, marmar qazib chiqariladi. Chelyabinsk politexnika institutining kechki fakulteti, geologiyaqidiruv va avtomexanika texnikumlari, ped. va musiqa bilim yurtlari, oʻlkashunoslik va mineralogiya muzeylari hamda M. yaqinida Ilmen mineralogiya qoʻriqxonasi mavjud.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil