Parhez (dieta) — miqdori, kimyoviy tarkibi, kaloriyaliligi (quvvati) va pishirib tayyorlanishi jihatidan maxsus tanlangan ovqat ratsioni, sogʻlom kishilar hamda bemorlarga moʻljallangan ovqatlanish rejimi. Parhezda organizmning oziq-ovqatlarga boʻlgan fiziologik ehtiyoji qondiriladi. Bemorlarga parhez buyurilganda moddalar almashinuvi yoki biror aʼzo funksiyasi buzilgan boʻlsa, uning faoliyatini tiklash koʻzda tutiladi. Buning uchun baʼzi oziq-ovqat mahsulotlari maxsus usullar bilan qayta ishlanadi. Yara kasalligi, kolit, yogʻ bosish va boshqa kasalliklarda parhez keng qoʻllanadi. Kasallikning davri, bosqichi va fazasiga qarab, parhezning bir necha varianti tavsiya etiladi. Kasalxonada davolanayotgan bemorga shifokor kam ovqat yeyiladigan kunlarni (masalan, 1-2 kun) belgilaydi. Bu kunlarda bemorni ataylab qisman och qoʻyish uchun alohida ratsiondan foydalaniladi[1].