Baxtiyor Gʻulomov (diplomat)
Baxtiyor Toʻrajonovich Gʻulomov | |
---|---|
Baxtiyor Gʻulomov Sayg'oq antilopalari bo'yicha o'zaro anglashuv memorandumini imzolamoqda | |
Oʻzbеkistоn AQShdagi elchisi | |
Mansab davri 2013-yil 4-iyuldan — 2017-yil 27-aprelgacha | |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Ilhom Neʼmatov |
Vorisi | Javlon Vahobov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
18-fevral 1964-yil Moskva |
Mukofotlari |
![]() |
Baxtiyor Toʻrajonovich Gʻulomov — oʻzbek filolog-tarixchisi, diplomat. 2013-2017-yillarda Oʻzbekistonning AQSh, Kanada va Braziliyadagi elchisi boʻlgan[1].
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Maʼlumoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
1986-yilda Toshkent davlat universitetini Arab mamlakatlari tarixi fakultetini tamomlagan. 1999-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan va xalqaro munosabatlar magistri darajasini olgan.
Arab, ingliz va rus tillarini biladi.
Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
1986-1989 — SSSR Mudofaa vazirligida harbiy tarjimon.
1989-1992 — Toshkent politexnika instituti xalqaro aloqalar bo‘limi katta inspektori.
1992-1995 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi katta inspektori, ikkinchi kotib, bo‘lim boshlig‘i.
1995-1998 — Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasi ikkinchi kotibi.
1998-2001 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Siyosiy tahlil va prognoz bosh boshqarmasi birinchi kotibi.
2001-2003 — Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi birinchi kotibi.
2003-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi BMT va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.
2005-2009 — Oʻzbekiston Respublikasining Olmoniya, Shveytsariya, Shvetsiya va Chexiyadagi favqulodda va muxtor elchisi.
2010-2013 — O‘zbekiston Respublikasining Belgiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, Yevropa Ittifoqi va NATOdagi vakolatxonalar rahbari.
2013-2017 — O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
2017-yil aprelda Toshkentga chaqirtirilgan va elchilikdan ozod etilgan.
Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oilali, ikki nafar farzandi bor. Ukasi — Shuhrat Toʻrajonovich Gʻulomov, 2005-2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan. 2017-yil 12-avgustda umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan[2][3].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Министерство иностранных дел Республики Узбекистан“. 22-noyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-yanvar 2023-yil.
- ↑ „General Shuhrat G‘ulomov MXX raisining 1-o‘rinbosari lavozimidan bo‘shatildi“.
- ↑ „MXX (SNB) generali Shuhrat G‘ulomov umrbod qamoqqa hukm qilindi“.
- 18-fevralda tugʻilganlar
- 1964-yilda tugʻilganlar
- Kishilar
- Moskvada tugʻilganlar
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonning Kanadadagi elchilari
- Oʻzbekistonning Braziliyadagi elchilari
- Oʻzbekistonning AQShdagi elchilari
- Oʻzbekistonning Belgiyadagi elchilari
- Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchilari
- Oʻzbekistonning Shveytsariyadagi elchilari
- Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi elchilari
- Oʻzbekistonning Chexiyadagi elchilari
- Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar
- Yashayotgan insonlar