Doʻlgonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Doʻlgonlar, dolganlar (oʻzlarini dulgaan, tiakixi, saxa deb ataydilar) — elat, Taymir milliy okrugining asosiy aholisi. Umumiy soni 7 ming kishi (1992). Yoqut tilining doʻlgon shevasida gaplashadilar. Dindorlari — pravoslavlar. D.ning ajdodlari Taymir yarim oroldan uzoqda, Lena daryosining Vilyuy va Muna irmoqlari rnida yashagan. 18-asr davomida shim.-gʻarbga siljib, hozirgi yashaydigan joylariga koʻchib kelganlar. "Doʻlgon" 19-asrdagi urugʻlardan birining nomi. D.ning oʻzagini asli tungus boʻlgan doʻlgon, ejen, karintuo, dongot urugʻlari tashkil etgan. D. bugʻuchilik, ovchilik (moʻyna tayyorlash), balikchilik bilan shugʻullanadilar.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil