Kontent qismiga oʻtish

Xakaslar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xakaslar (oʻzlarini - xakas deb atashadi; eski nomlari - Abakan yoxud Minusinsk tatarlari) - Xakasiyadagi xalq (62,9 ming kishi), jami RFda - 79 ming kishi (1989). Xakas tilida soʻzlashadi. Dindorlari - pravoslavlar, anʼanaviy eʼtiqodlar saqlangan. Asosan, chorvachilik, ovchilik va dehqonchilik bilan shugʻullanadilar.

Mashhur Xakaslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nikolay Fedorovich Katanov (1862 - 1922) - eng birinchi Xakas olim. U Sibir xalqlarining tarixini o‘rganib, ularning tarixini yorituvchi maqolalar va asarlar yozib qoldirgan.