Kontent qismiga oʻtish

Dmitriy Voronovskiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dmitriy Georgiyevich Voronovskiy
Tavalludi 23-may 1908-yil
Yangi Buxoro (Кogon) Buxoro amirligi
Vafoti 23-yanvar 1984-yil (75 yosh)
Toshkent O'zbekiston SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Sohasi Tarix, Tarixchi-sharqshunos
Ilmiy darajasi Tarix fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni Katta ilmiy xodim

Dmitriy Georgievich Voronovskiy (1908-yil 23-may, Yangi Buxoro — 1984-yil 23-yanvar, Toshkent) — sovet tarixchisi va sharqshun olimi. Markaziy Osiyo va qoʻshni Sharq mamlakatlari xalqlari tarixi, adabiyoti va madaniyati tarixi boʻyicha koʻzga koʻringan mutaxassis edi.

D. G. Voronovskiy 1908-yil 23-mayda Yangi Buxoroda (Kogon) tugʻilgan. 1938-yilda Toshkent chet tillar pedagogika instituti (hozirgi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti)ning kechki taʼlim yoʻnalishini tamomlagan[1].

D. G. Voronovskiyning ilmiy faoliyati 1937-yilda Toshkentdagi Davlat kutubxonasining toʻplamlarni jamlash boʻlimida boshlangan. 1942-yilda esa kutubxonaning sharshunoslik boʻlimiga oʻtgan, 1943-yildan bu boʻlim Sharq qoʻlyozmalarini oʻrganish instituti (hozirgi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti) kadrlar bazasiga aylantirilgan[1].

1949-yilda D. G. Voronovskiy „Muhammad Yoqub Buxoriyning „Gulshan al-muluk“ asari Oʻrta asrlar Markaziy Osiyo tarixini oʻrganishda qimmatli manba“[1] mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

D. G. Voronovskiy Oʻrta Osiyo va qoʻshni Sharq mamlakatlari xalqlari tarixi, adabiyoti va madaniyati tarixi boʻyicha koʻzga koʻringan mutaxassis boʻlib, oʻzining butun ilmiy faoliyati davomida Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharq xalqlarining boy qoʻlyozma merosini oʻrganish, ilmiy tavsiflash va kataloglashtirish ustida izlanishlar olib borgan. U ustozi professor A. A. Semyonov tomonidan asos solingan „Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Sharq qoʻlyozmalari toʻplami“ (I-VI, VII, X jildlar) turkum izohli katalogi ustida izlanishlar olib borilayotgan guruhning faol aʼzolaridan biri, tuzuvchisi va muharriri boʻlgan.Voronovskiy, shuningdek SVRning VIII va X toʻplamlari ilovalarida chop etilgan barcha jildlar va ularga kiritilgan qoʻlyozmalarning indekslarini ham tuzgan[1].

D. G. Voronovskiy Sharq xalqlari yozma merosini yanada rivojlantirish maqsadida mazkur xalqlar qoʻlyozmalarini aniqlash va qoʻlga kiritish boʻyicha ilmiy ekspeditsiyalarda faol qatnashib, qoʻlyozmalar fondini yanada boyishiga ulkan hissa qoʻshgan.[1].

D. G. Voronovskiy oʻrta asr Sharq olimlari va mutafakkirlarining ijodiy merosiga bagʻishlangan Abu Ali Ibn Sinoning „Tib qonunlari“, „Muhammad al-Xorazmiydan Ulugʻbek va uning maktabigacha boʻlgan Oʻrta Osiyo astronomlari“ nomli maqolalar, „Sovet Ittifoqi yirik kutubxonalarining Sharq fondlari“, „Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Sharq qoʻlyozmalari“ nomli toʻplam hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi „Qoʻlyozmalar“ toʻplamida chop etilgan „Kuniyat al-muniya“ va boshqa maqolalar muallifidir. Uning muharrirligida Oʻrta Osiyo tarixiga oid eng qimmatli manba „Muqimxon tarixi“ nashr etilgan (tarjimon A. A. Semyonov). D. G. Voronovskiy sharqshunoslarning XXV xalqaro kongressi (Moskva, 1960) aʼzosi boʻlgan[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Общественные науки в Узбекистане 1984.
  • Dmitriy Georgievich Voronovskiy (1908—1984) // Obщestvennie nauki v Uzbekistane. — 1984. — № 3.