Dmitriy Ryabichev
Qiyofa
Dmitriy Borisovich Ryabichev (1926.1.9, Malin, Ukraina — 1995.25.4) — haykaltarosh, Oʻzbekiston (1976) va Rossiya Federatsiyasi (1978) xalq rassomi. Leningrad muhandislik qurilishi instituti (1949) va Moskva badiiy sanoat bilim yurti (1954) ni tugatgan. Asosan haykaltaroshlikning monumental yodgorlik sohasida ijod qiladi, asarlarida kompozitsion yaxlitlik, shakl ifodaliligi va ulugʻvorlikka erishgan: "Vladimir shahrining 850 yilligi" (bronza, 1959, Vladimir shahrida), "Oybek" (granit, 1971, Toshkent), "Jasorat" (bronza, granit, 1976, Toshkent), "Xalqlar Doʻstligi" (bronza, granit, 1982, Toshkent) va boshqa monument va yodgorlik haykallarning muallifi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1964)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |