Dashtobod
Dashtobod | |
---|---|
shahar | |
40°7′37″N 68°29′40″E / 40.12694°N 68.49444°E G OKoordinatalari: 40°7′37″N 68°29′40″E / 40.12694°N 68.49444°E G O | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Jizzax viloyati |
tuman | Zomin tumani |
Aholisi (2005) |
23 900 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +99870 |
Avtomobil kodi | 10 |
|
Dashtobod — Jizzax viloyati Zomin tumanidagi shahar (1974). 1937 yilgacha Qoratepa qishlogʻi, 1937—74 yillarda Obrucheve shahar posyolkasi, 1974 yildan 1996 yilgacha Ulyanova, oʻsha yildan Dashtobod nomi bilan yuritilgan. Viloyat markazi Jizzax sh.dan 50 km. Tumanning shimoli-sharqiy qismida, Turkiston tizmasining shim. togʻ oldi bilan Mirzachoʻl oraligʻidagi qad. karvon yoʻlida joylashgan. Aholisi 25 ming kishi (2000). Shaharda paxta tozalash zdi, un kombinati, devor qoplama materiallari, lak-boʻyoq, qurilish, avtotransport korxonalari, notoʻqima mato tayyorlash firmasi, dehqon bozori, savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, mehmonxonalar, 5 umumiy taʼlim, sport maktablari, kasalxona, tugʻruqxona, sport majmuasi bor. Dashtoboddan Toshkent — Sa-marqand temir yoʻl va Katta Oʻzbekiston trakti kabi magistral yoʻllar oʻtgan. Zomin—Dashtobod suv kuvuri qurilgan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |