Qora Ahmad posho
Qora Ahmad posho Kara Ahmed Paşa | ||
| ||
---|---|---|
1553-yil 6-oktyabrdan — 1553-yil 30-sentyabrgacha | ||
Monarx: | Sulaymon I | |
Oʻtmishdoshi: | Damat Rustam posho | |
Vorisi: | Damat Rustam posho | |
Vafoti: | 1555-yil Istanbul |
Qora (Gʻoziy) Ahmad posho (Turkcha: Kara Ahmed Paşa;? – 1555-yil, Istanbul) – 1553-yildan 1555-yilgacha Usmonlilar imperiyasining 36-Bosh vaziri. U Hukmdor Sulaymon Ining singlisi Fotima Sultonga uylangan.
Biografiyasi[tahrir]
Bunga qadar Rumeliya beklarbegisi lavozimida ishlagan. 1553-yil 6-oktyabr kuni Sulaymon I Qonuniy oʻz oʻgʻli Shahzoda Mustafoni qatl qildirgach, yanicharlar orasida noroziliklar kuchayadi. Qoʻzgʻolonchilar Podshohning kuyovi Damat Rustam poshoni marhum shaxzodaga tuhmat qilganlikda ayblab, uni ham qatl qildirishni talab qilishadi. Sulaymon I Qonuniy ahvol yaxshilanishi uchun kuyovini lavozimidan ozod qiladi. Uning oʻrniga Qora Ahmadni tayinlaydi.[1] 1555-yilda Hurram Sulton yordami bilan Damat Rustam posho qaytib keladi va Qora Ahmadni poraxoʻrlikda ayblab, Sulaymon I tomonidan qatl qildirilishiga erishadi.[2] Qora Ahmad sharafiga masjid qurdirilgan.[3].
Qoʻshimcha maʼlumotlar[tahrir]
Sulaymon I Qonuniy haqidagi “Muhtasham yuz yil” serialida Qora Ahmad posho rolini aktyor Cansel Elçin ijro etgan.
Manbalar[tahrir]
- ↑ TOPKAPI / GAZI KARA AHMET PASA CAMII. Asl nusxadan arxivlandi (2013-04-30). 2013-04-20.
- ↑ Türk Nostalji - Kara Ahmet Paşaʼnın Öldürülmesi - Topkapı Sarayı Cinayetleri Dizisi - 2. Asl nusxadan arxivlandi (2013-04-30). 2013-04-20.
- ↑ Milta.com - Kara (Gazi) Ahmet Paşa Külliyesi. Asl nusxadan arxivlandi (2013-04-30). 2013-04-20.
![]() |
![]() |