Damat Rustam Posho

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Damat Rustam poshodan yoʻnaltirildi)
Damat Rustam posho
Damat Rüstem Paşa
Usmonlilar imperiyasi Buyuk vaziri
Mansab davri
1544-yil – 1553-yilgacha
Monarx Sulaymon I
Oʻtmishdoshi Hadim Sulaymon posho
Vorisi Qora Ahmad posho
Mansab davri
1555-yil – 1561-yilgacha
Monarx Sulaymon I
Oʻtmishdoshi Qora Ahmad posho
Vorisi Semiz Ali posho
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-may 1500-yil
Sarayevo
Vafoti 10-iyul 1561-yil(1561-07-10)
(61 yoshda)
Istanbul, Usmonlilar imperiyasi
Bolalari Qosim, Holid, Oysha Humoshoh Sulton

Damat Rustam posho (turk tilida - Damat Rüstem Paşa; Usmonli xonadoniga kuyov boʻlganlar “Damat” deyilgan) 15001561) — Usmonlilar imperiyasining 35- va 37-Bosh vaziri, hukmdor Sulaymon I Qonuniyning kuyovi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Damat Rustam posho Sarayevodagi Opukovichlar oilasidan ekanligi aytiladi[1][2][3]. Ammo baʼzi tarixchilar uni[4][5][6] Skradinalik xorvat deydilar[7], shuningdek, alban ekanligi ham aytiladi[8][9]. 1557 va 1561-yilgi hujjatlarda uni otasining ismi Abdurrahmon deyilgan. Ikki nafar ukasi va singlisi bor[10]. Ukasi Sinon bilan birga Istanbulga kelib, Enderunda tahsil oladi. 1526-yil i Mohachi jangida silohdor (podshoh qurolbardori) sifatida qatnashadi. Birozdan soʻng miroxurlikka tayinlanadi. 1533-yili Tekka sanjoqbeyi, keyinroq Diyorbakirda va Anatoliyada beklarbegi boʻladi. 1539-yili Sulton Sulaymon I Qonuniyning qizi Mehrimoh Sultonga uylanadi. 1541-yili devon vaziri boʻladi va 1544-yilda Bosh vazir (Vaziri Aʼzam) etib tayinlanadi[9]. 1553-yilda Shahzoda Mustafo qatl qildiriladi. Yanicharlar bunda Rustam poshoni ayblaydilar va natijada u lavozimidan boʻshatiladi. Uning oʻrniga Qora Ahmad poshoni tayinlaydi.[11] 1555-yilda Hurram Sulton yordami bilan Damat Rustam posho qaytib keladi va Qora Ahmadni poraxoʻrlikda ayblab, Sulaymon I tomonidan qatl qildirilishiga erishadi.[12]. Shunday qilib Rustam vaziri aʼzamlikka qaytadi. 1561-yilda vafot etadi. Xoja Sinon tomonidan barpo qilingan Shahzoda masjidiga dafn qilingan.

Kinoda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Christine Woodhead: Rüstem Pasha. In: Энциклопедия ислама.
  2. Ş. Altundağ, Ş. Turan İslâm Ansiklopedisi
  3. Topaloğlu, Aydın. Yaşamları ve Yapıtlarıyla Osmanlılar Ansiklopedisi. Rüstem Paşa
  4. Lybyer, Albert Howe. The government of the Ottoman empire in the time of Suleiman the Magnificent. Cambridge, Massachusetts: Harvard University Press, 1913. OCLC 1562148. 
  5. Joseph von Hammer-Purgstall. Geschichte des Osmanischen Reiches 10 vols
  6. Ibrâhîm Peçevî. Maṭbaʿa-ʾi ʿĀmire
  7. John Van Antwerp Fine. When Ethnicity Did Not Matter in the Balkans. A Study of Identity in Pre-Nationalist Croatia, Dalmatia, and Slavonia in the Medieval and Early-Modern Periods. isbn=0-472-11414-X
  8. [1]
  9. 9,0 9,1 Erhan Afyoncu. Türkiye Diyanet Vakfı İslâm Ansiklopedisi. Rüstem Paşa. Istanbul: TDV Yayınları, 2008 — 288–290 bet. 
  10. Gülru Necipoğlu. The Age of Sinan. Architectural Culture in the Ottoman Empire. London: Reaktion Books, 2005 — 317 bet. 
  11. „TOPKAPI / GAZI KARA AHMET PASA CAMII“. 2013-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-aprel.
  12. „Türk Nostalji - Kara Ahmet Paşaʼnın Öldürülmesi - Topkapı Sarayı Cinayetleri Dizisi - 2“. 2013-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-aprel. (WebCite saytida 2013-04-30 sanasida arxivlangan)

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pargalı Ibrohim Posho