Dadra va Nagar-Haveli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dadra va Nagar-Haveli
hindcha: दादर और नगर हवेली
gujarotcha: દાદરા-નગરહવેલી
inglizcha: Dadra and Nagar Haveli
Ittifoqdosh hudud
Maʼmuriy markazi Silvassa
Yirik shahari Amli
Rasmiy tili Gujarot tili
Aholi (2011) 342 853
Zichligi 698,27 kishi./km²
Maydoni 491 km² (4-oʻrin)
Kod ISO 3166-2 IN-DN
Rasmiy sayti http://dnh.nic.in/ dnh.nic.in
Xaritada
Dadra va Nagar-Haveli xaritada
Koordinatalari: 20.27°0′0″N 73.02°0′0″E / 20.27000°N 73.02000°E / 20.27000; 73.02000 G O

Dadra va Nagar-Haveli (hindcha: दादर और नगर हवेली; gujarotcha: દાદરા-નગરહવેલી, Dādrā-Nagarhavelī, inglizcha: Dadra and Nagar Haveli) - Hindistondagi ittifokdosh hudud. Arabiston dengizi sohilida. Maydoni 0,5 ming km². Aholisi 220,4 ming kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Silvassa shahri. Hindiston yarim orolining shimoli-gʻarbiy qismida, Maharashtra va Gujarot shtatlari oraligida joylashgan. Asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiriladi. Sanoat tarmoqlari ham qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Silvassada palma tolasi ishlab chiqariladi. Meʼmoriy yodgorliklaridan Portugaliya mustamlakachilik davrida yevropacha qurilgan binolarning baʼzilari saqlanib qolgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Dadra va Nagar-Haveli" OʻzME. D-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil