Andaman va Nikobar orollari (hindcha: अंडमान और निकोबार द्वीप; inglizcha: Andaman and Nicobar Islands) — Hindistondagi ittifoqdosh hudud, 2 ta arxipelag (Andaman va Nikobar orollari)dan iborat. Bengaliya qoʻltigʻi bilan Andaman dengizi oraligʻida joylashgan. Maydoni 8,3 ming km². Aholisi 279 ming kishi (1991). Markazi — Port-Bler shahri Orollar suv osti togʻlarining choʻqqilari boʻlib, harakatdagi vulkanlar ham bor. Marjon riflari bilan oʻralgan. Balandligi 732 m gacha. Tropik musson oʻrmonlari bilan qoplangan. Aholisi yogʻoch kesish, tayyorlash, kokos palmasi oʻstirish, baliqchilik va ovchilik bilan shugʻullanadi.[1]