Manipur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Manipur — Hindistonning shim.-sharqiy qismidagi shtat, Myanma bilan chegaradosh. Maydoni 22,4 ming km². Axoliyey 2,4 mln. kishi (2001), koʻp qismi manipur xalqi. Rasmiy tili — mani-puri tili. Maʼmuriy markazi — Impxal shahri M. hududida miloddan avvalgi 33 yildan 1391 yilgacha Pakxangba sulolasi hukmronlik qilgan. Oʻrta ayerlarda M. mustaqil hokimlik boʻlib, bir necha bor myanmaliklar hujumiga uchragan. 1826—1949 yillarda inglizlar qoʻl ostida boʻldi. 1963 yildan ittifokdosh hudud, 1972 yil yanvardan Hindistonning mustaqil shtati.

Yer yuzasi togʻlik, eng baland joyi 2500 m. Togʻ oralarida balandligi 800–1000 m li keng vodiylar bor. Iqlimi iliq, moʻʼtadil iqlim. Yillik yogʻin vodiylarda 1500 mm, togʻlarda 2500 mm gacha. Yon bagʻirlarda sernam tropik va igna bargli oʻrmonlar hamda oʻtloqlar bor.

M. — agrar shtat. Asosiy ekini — sholi. Shuningdek, makkajoʻxori, bugʻdoy, shakarqamish, sabzavotlar, paxta, tamaki ekiladi. Bogʻlar bor. Ipak qurti boqiladi. Qoʻlda gazlama toʻqiladi. Hunarmandchilikda uy-roʻzgʻor buyumlari tayyorlanadi. Metallni qayta ishlash, zargarlik buyumlari, oʻyin-choqlar yasaladigan korxonalar, sement, elektronika, plastmassa zavodlari mavjud. M. boshqa shtatlar bilan avtomobil yoʻllari orqali bogʻlangan. Im-pxalda aeroport, universitet bor. Turizm rivojlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil