Chumqor togʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Chumqor togʻiJizzax viloyatining janubidagi togʻ. Turkiston tizmasining bevosita davomi. Oʻzbekistonning Jizzax viloyati va Tojikistonning Sugʻd viloyati xududlarida joylashgan. Togʻning suvayirgʻich qismidan Oʻzbekiston va Tojikistonning davlat chegarasi oʻtgan. Chumqor togʻi, asosan, kenglik boʻylab choʻzilgan, faqat Qoshtepa dovonidan gʻarbdagi qismi janubi-gʻarbga yoʻnalgan. Chumqor togʻi sharqsa Guralash dovonidan boshlanib, shimoli-gʻarbda Zarafshon daryosi yaqinida (Gʻubdintogʻda) tugaydi. Umumiy uz. 80 km dan ziyod. Kengligi oʻrtacha 16 km. Bal. 2000–3000 m. Eng baland joyi 3405 m (Bozorxonim choʻqkisi). Chumqor togʻi Lattaband dovoniga yetgach, ikki tarmoqqa ajralgan, janubiy qismi — Qizilqanor togʻi (Tojikiston hududida), shimoliy qismi — Lattaband togʻi.

Chumqor togʻi gersin burmalanishida shakllangan antiklinal. Asosan, paleozoyning gilli slanetslari, qumtoshlari, ohaktoshlaridan tashkil topgan. Suvayirgʻich qismi oʻtkir, qoyali. Janubiy yon bagri nisbatan nishabroq, Sangzor daryosi va uning chap irmoklari bilan kesilgan. Togʻning etaklarida boʻz, yon bagʻirlarida togʻoʻrmon jigarrang, qoʻngʻir, togʻ oʻtloq dasht tuproqlar tarqalgan. Boʻz tuproqlarda rang, yaltirbosh, chalov, bugʻdoyiq, karrak, oq kovrak, gulhayri, betaga va boshqa oʻsadi. Butalardan doʻlana, pista uchraydi. 1800–3000 m balandliklar orasi archazor. Togʻoʻrmon jigarrang, qoʻngʻir tuproklar tarqalgan. Pista, irgʻay, zirk, baland boʻyli oʻtlar ham oʻsadi. 3000 m dan yuqorida subalp oʻtlokdari (qoʻngʻirbosh, rang, taran, anjabor, taktak) boshlanadi. Togʻ etagida lalmikor dehqonchilik, mevachilik, sabzavotchilik rivojlangan. Chorvachilik bilan ham shugʻullaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. Mamatqulov, Murod. "Chumqor togʻi" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil