Taktak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Taktak (Hordeum bulbosum Torn.), xarduma, togʻarpa — boshoqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik, begona oʻt. Boʻyi 50—190 sm. Boshogʻi 6—13 sm, eni 6—7 mm, qalami, moʻrt. Ostki gul qipigʻining qiltigi 4— 6 sm, T.ning yer osti qismi kichikroq piyozga oʻxshash tuganak hosil qiladi. May—iyun oylarida gullab, meva tugadi. Adir va togʻ yonbagʻirlarida, vohalardagi gʻalla ekinlari orasida va marzalarda, yoʻl yoqalarida oʻsadi. Pichanbop oʻsimlik hisoblanadi. Baʼzan doni oziq-ovqat uchun ishlatiladi. Poyasi tez dagʻallashgani va serqiltiqligi tufayli boshoqlagunga qadar oʻrib olinadi. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida tarqalgan.