Bugʻdoyiq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Bugʻdoyiq
Kweek Elytrigia repens.jpg
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

BUGʻDOYIQ — bugʻdoydoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar. Ildiz poyali, qalin chim hosil qiladigan yemxashak oʻsimliklari, boʻyi 60—100 sm, gullari boshoqchalar, boshoqchalar esa poya uchida toʻplanib, boshoq hosil qiladi. Deyarli hamma yerlarda — dala, bogʻ, choʻl, oʻtloqzor, dasht, oʻrmon, adir va togʻlarda uchraydi. B.ning 30 ga yaqin turi bor. Ayrim turlari begona oʻt sifatida zararli. Oʻzbekistonda 9 turi bor. 2 turi: s ye r tuk (Ye. trichophora) va tuke iz B. (Ye. repens) chorva mollariga yaxshi ozuqa hisoblanadi. Mayiyunda boshoq tortadi. Adir va quruq tuproqli togʻ qiyaliklarida oʻtloq va pichanzorlar hosil qiladi. Pichani qishda ham. xushxoʻr boʻladi. Tabiiy bugʻdoyiqzorlarning har gektaridan 18—20 s dan pichan olinadi. 100 kg pichanida 51,7 ozuqa birligi va 6,7 kg hazm boʻladigan protein bor. Ekinzorlarda bugʻdoyiq ildizi tuproqqa 1,5—2 m chuqurlikda kirib boradi. Yerni chuqur haydash va gerbitsidlar qoʻllash yoʻli bilan yoʻqotiladi. Ildizpoyasining qaynatmasi baʼzan siydik haydovchi dori sifatida, shuningdek koʻkrak qafasi va jigar kasalliklariga davo qilishda ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil