Cho‘l burguti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Cho‘l burguti
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Oila: Qarchigʻaysimonlar
Urugʻ: Aquila
Turlari: Cho‘l burguti
Xalqaro ilmiy nomi
Aquila nipalensis Hodgson, 1833

Cho‘l burguti[1] ( lotincha: Aquila nipalensis) — qarchig‘aylar oilasiga mansub yirtqich qush.

Eng so‘nggi ilmiy ma’lumotlarga va DNK tahliliga ko‘ra, tashqi ko‘rinishi bo‘yicha cho‘l burgutiga (Aquila nipalensis) o‘xshash yana bir tur - tosh burguti  (Aquila rapax) Afrika va Hindistonda doimo yashaydi. Ilgari bu turlar ayrim olimlar tomonidan taksonomik jihatdan ajratilmagan.

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umumiy uzunligi 60-85 sm, qanotlari uzunligi  51-65 sm, qanotlarini yoyganda 220-230 sm bo‘lib, bu qushlarning vazni 2,7-4,8 kg.ni tashkil etadi. Urg‘ochilarining ko‘rinishi erkaklarnikidan yirikroq bo‘ladi.

Voyaga etgan qushlarning rangi (to‘rt yosh va undan kattasi) to‘q jigarrang, ko‘pincha boshning ensa qismida malla tusli dog‘i, birlamchi momiq patlari qora-jigarrang ton uyqash bo‘lib, uning ichki qavatida kulrang-jigarrang chiziqlar mavjud; uchish qanot patlari to‘q qo‘ng‘ir ko‘ndalang chiziqlar bilan zangori tus uyg‘unlashib ketgan. Ko‘z kamalagi yong‘oq kabi jigarrang, tumshug‘i qora-kulrang, tirnoqlari qora, manglayi va oyoqlari sariq. Voyaga yetmagan cho‘l burgutining ilk pat va dumining ustki tomoni och qo‘ng‘ir-sarg‘ish jigarrang chiziqlari ifodalangan; uchish qanot patlari qo‘ng‘ir-sarg‘ish tusga ega.

Tarqalishi va uyalash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Astraxan qo'riqxonasidagi сho‘l burguti
Stamps of Kazakhstan, 2013-62.jpg
Belarus Respublikasining pochta markasi (2016)

Uyalash maydoni Rossiya Federasiyasining janubidagi dashtlarni (Stavropol o‘lkasining dasht hududlari, Orenburg viloyati, Qalmiq, Astraxan, Volgograd va Rostov viloyatlari, Ural janubi, Janubi-Sharqiy va Janubi-Gʻarbiy Sibir).  Old, O‘rta va Markaziy Osiyo hamda Xitoyning g‘arbiy cho‘llarini qamrab oladi. Afrikaning shimoli-sharqiy, sharqiy, markaziy va janubiy qismlari, Hindiston, Arabiston yarim orolida qishlaydi. Uyalarni yerga, mayda butalar va qoyalar, pichanlar, kamroq daraxtlar bo‘lgan joylarga va elektr uzatish ustunlariga quradi. Rossiya hududida bu tur yo‘q bo‘lib ketish arafasida.

SSSR pochta markasi 1965 yil Yirtqich qushlar. Cho‘l burguti

Ozuqasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cho‘l burguti o‘rtacha kattalikdagi kemiruvchilar, asosan yerqazirlar, shuningdek quyonlar, mayda kemiruvchilar yoki qushlarning yangi tug‘ilgan polaponlari bilan oziqlanadi, ba’zan o‘laksalarni, ba’zan sudraluvchilarni bajonidil paqqos tushiradi.

Yashash tarzi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuxum qo‘yish : g‘arbiy qismlarda - aprelda (ikkinchi yarmi), sharqiy qismlarda - may oyining o‘rtalarida. Bolalashda 1-2 dona oq, salgina qo‘ng‘ir tusli tuxum qo‘yadi. Tuxumni bosib yotish 40-45 kun davom etadi, tuxum ochish vaqti - taxminan 60 kun. Avgust oyida polaponlpr uchishni boshlashadi.

Soni[tahrir | manbasini tahrirlash]

1948 yilda bir necha donasi uyalagani qayd etilgan. Yakka holda va guruh (2-3) bo‘lib, o‘tmishda ba’zan bir kunda bir necha yuztasi uchib o‘tgan. Bir necha o‘ntagachasi ko‘chib yuradi. Sanoqli cho‘l burgutlari Mirzacho‘l va Termizdagi Amudaryo qayirlarida nomuntazam qishlaydi. 2000 yilda qishki hisobga olish materiallariga ko‘ra 23 ta, 2005 yilda esa 2 ta qishlagan. Dunyodagi populyasiyasi tez sur’atda kamayib bormoqda, ayni paytda 100-400 mingtani tashkil qiladi.

Cheklovchi omillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qo‘riq yerlarning xo‘jalik maqsadida o‘zlashtirilishi. Ko‘pi elektr uzatish liniyalarida nobud bo‘ladi. Odam tomonidan ta’qib qilinishi ham jiddiy xavflardan biri sanaladi[2].

Muhofaza choralari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ovlash taqiqlangan. SITESning II Ilovasiga kiritilgan. Kichik tur, soni deyarli butun diapazonda kamayishda davom etmoqda. Ko‘pgina qushlar, ayniqsa yosh qushlar elektr uzatish liniyalarida nobud bo‘lishadi[3] . Qozog‘iston, O‘zbekiston, Rossiya Federasiyasi Qizil kitoblariga kiritilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Коблик 2001.
  2. ЧЎЛ БУРГУТИ Redbook.uz
  3. „BirdLife Data Zone“. www.birdlife.org. 2-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-noyabr 2019-yil.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Коблик Е. А. Часть 1 // Разнообразие птиц (по материалам экспозиции Зоологического музея МГУ). — M.: Издательство МГУ, 2001. — ISBN 5-211-04072-4