Zarbulmasal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

,,Zarbulmasal" arabcha zarb va masal so'zlarining qo'shilishidan hosil bo'lgan bo'lib, ,,masallar yig'indisi" ma'nosin beradi. Masal so'zi o'tmishda biz hozir qo'llaydigan maqol ma'nosida ishlatilgan. Zarbulmasal maqol, matal va ramzli hikoyalar asosida yaratilgan taʼlimiy hikoyalar. Bunday hikoyalar koʻpincha pand-nasihat maʼnosida boʻlib, maʼlum gʻoyani yoritish uchun xizmat qiladi. Zarbulmasallarda majoziy maʼno, kinoya, razm yetakchi badiiy vosita sifatida qoʻllaniladi.
«Kalila va Dimna», «Marzbonnoma», «Sindbodnoma», «Qobusnoma», Saʼdiy Sheroziyning «Guliston»i, Muhammad Ali Habaliyning «Jome ut-tamsil» asari zarbulmasalga misol boʻladi. Gulxaniyning «Zarbulmasal» asari ushbu janrning mukammal namunalaridan biri hisoblanadi.

Zarbulmasal — maqol, matal va ramzli hikoya asosida yaratilgan taʼlimiy hikoyalar. Z.da muayyan hikoyalar tarkibida, ularning xulosasi sifatida matallar keltiriladi. Baʼzan masal, matallarning mazmuni asosida hikoyalar yaratiladi. Bunday hikoyalar koʻpincha pandnasihat maʼnosida boʻlib, maʼlum gʻoyani yoritish uchun xizmat qiladi. Z.da majoziy maʼno, kinoya, ramz yetakchi badiiy vosita sifatida qoʻllaniladi. "Kalila va Dimna", "Marzbonnoma", "Sindbodnoma", "Qobusnoma" va Saʼdiy Sheroziyning "Guliston"i, Muhammad Ali Habaliyning "Jome uttamsil" asari Z.ga misol boʻladi. Gulxaniy va Rojiyning "Zarbulmasal" lari, Z.ning mukammal namunalari hisoblanadi.[1]


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil