Frankenweenie (film, 1984)
| Frankenweenie | |
|---|---|
|
Film posteri | |
| Rejissyor(lar) | Tim Burton |
| Prodyuser(lar) |
Julie Hickson Rick Heinrichs |
| Ssenariy muallif(lar)i |
Lenny Ripps Tim Burton |
| Rollarda |
Shelley Duvall Daniel Stern Barret Oliver |
| Bastakor(lar) |
David Newman Michael Convertino |
| Operator(lar) | Thomas E. Ackerman |
| Montajyor(lar) | Ernest Milano |
| Studiya | Walt Disney Pictures |
| Distribyutor | Buena Vista Distribution |
| Premyera sanasi |
14-dekabr, 1984-yil |
| Davomiylik | 30 daqiqa |
| Mamlakat |
|
| Til | inglizcha |
| Byudjet | $2 million |
Frankenwennie 1984-yilda suratga olingan amerikancha ilmiy fantastika komedik-horror qisqa metrajli film boʻlib, rejissyor Tim Burton tomonidan suratga olingan va Lenny Ripps tomonidan Burtonning asl hikoyasi asosida yozilgan. Film 1931-yilda ishlangan Frankenstein filmiga, yaʼni Mary Shelleyning 1818-yilda yozilgan Frankenshteyn yoki Zamonaviy Prometey romaniga asoslangan filmga ham parodiya, ham kuchli ehtirom sifatida yaratilgan. Burton keyinchalik 2012-yilda chiqarilgan mazkur filmning toʻliq metrajli stop-moushn animatsion remeykni ham suratga olgan[1].
Syujet
[tahrir | manbasini tahrirlash]Victor Frankenstein roli Bull Terrier tomondan oʻynalgan boʻlib, u oʻzining sevimli iti Sparky bosh rol oʻynaydigan filmlar yaratadigan yosh bola. Sparkyni mashina urib ketib oʻlib qolgach, Victor maktabda mushaklardagi elektr impulslar haqida bilib oladi va oʻz jonivorini qayta tiriltirish gʻoyasini ishlab chiqadi. U chordoqda murakkab moslamalar yaratadi va ularning yordamida chaqmoq chaqirtirib, itni tiriltiradi. Victor bundan xursand boʻladi, biroq bir kuni Sparki uyidan yashirincha chiqib ketadi va Frankensteinlarning qoʻshnilarini qoʻrqitadi. Qoʻshnilar Sparkyni aniq koʻrmasalar ham, Frankensteinlar uyida qandaydir maxluq yashayotganini taxmin qilib, oila haqida shubhalana boshlaydilar. Victorning ota-onasi qayta tirilgan Sparkini topib olishadi va oxir-oqibat qoʻshnilarining shubha va mish-mishlarini bosdi-bosdi qilish uchun uni ularga tanishtirishga qaror qilishadi. Biroq rejalashtirilgan tanishtirish tartibsizlik bilan yakunlanadi: qoʻshnilar Sparkini oʻsha maxluq deb oʻylashadi va vahimaga tushishadi.
Sparky qochib ketadi, Victor esa uning orqasidan quvadi. Ular tashlab qoʻyilgan miniatyura golf maydoniga yetib borishadi va u yerdagi ramziy shamol tegirmonida berkinishadi. Frankensteinlarning qoʻshnilari, endi gʻazablangan olomon bilan bu yerga yetib keladi va tegirmon ichini koʻrish uchun zajigalkadan foydalanishga uringanlarida, tegirmon tasodifan yonib ketadi. Victor yiqilib, hushidan ketadi, biroq Sparky uni alangadan qutqaradi, lekin oʻzi yonayotgan tegirmon ostida qolib halok boʻladi. Xatolarini anglab yetgan qoʻshnilar oʻz mashinalari va starter kabellaridan foydalanib, Sparkyni „qayta zaryadlashadi“. U yana tiriladi va hamma quvonadi. Sparky moʻynasi „Frankenstein kelini“ soch turmagiga juda oʻxshash boʻlgan bir pudelga oshiq boʻladi.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Barret Oliver — Victor Frankenstein
- Shelley Duvall — Susan Frankenstein
- Daniel Stern — Ben Frankenstein
- Joseph Maher — janob Chambers
- Roz Braverman — Epstein xonim
- Paul Bartel — janob Walsh
- Sofia Coppola — Anne Chambers
- Jason Hervey — Frank Dale
- Paul C. Scott — Mike Anderson
- Helen Boll — Curtis xonim
- Rusty James — Raymond
- Sparky — oʻzi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Wheeler, Jeremy. „Frankenweenie“. Allmovie. 2012-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-sentyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| Filmga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |