Wednesday

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Wednesday

Serial posteri
Janri
Muallif(lar) Alfred Gough va Miles Millar
Rollarda
Bastakor(lar) Danny Elfman va Chris Bacon
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Mavsumlar soni 1
Qismlar soni 8
Ishlab chiqarish
Ijrochi prodyuser(lar)
  • Alfred Gough va Miles Millar
  • Tim Burton
  • Steve Stark
  • Andrew Mittman
  • Gail Berman
  • Kayla Alpert
  • Jonathan Glickman
  • Tommy Harper
  • Kevin Lafferty
  • Kevin Miserocchi
Prodyuser(lar) Carmen Pepelea
Kinematografiya
  • David Lanzenberg
  • Stephan Pehrsson
Muharrir(lar)
  • Jay Prychidny
  • Ana Yavari
  • Paul Day
Qism davomiyligi 47-59 daqiqa
Studiya(lar)
  • Millar Gough Ink
  • 1.21 Films
  • Glickmania Media
  • Tee and Charles Addams Foundation
  • The Jackal Group
  • Tim Burton Productions
  • Toluca Pictures
  • MGM Television
Efirga uzatilishi
Telekanal Netflix
Translyatsiya davri 23-noyabr, 2022-yil(2022-11-23)

Wednesday — Charles Addams yaratgan Wednesday Addams qahramoniga asoslangan dahshatli komediya janridagi teleserial. Serial Alfred Gough va Miles Millar tomonidan yaratilgan. Bosh rollarni Jenna Ortega, Catherine Zeta-Jones, Luis Guzmán, Isaak Ordonez, Hunter Doohan, Gwendoline Christie, Riki Lindhome, Jamie McShane, Fred Armisen va Christina Ricci ijro etgan. Serialning sakkiz qismidan toʻrttasiga Tim Burton rejissyorlik qilgan. Serial sujeti oʻz maktabida dahshatli sirni bilishga intilayotgan qahramon atrofida aylanadi.

Suratga olish ishlari 2021-yil sentabridan 2022-yil martigacha Ruminiyada olib borilgan. „Wednesday“ premyerasi 2022-yil 16-noyabrda boʻlib oʻtgan[1]. Serial chiqarilganidan keyin ikki hafta ichida ingliz tilidagi Netflix’ning eng koʻp tomosha qilingan uchinchi serialiga aylandi.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Serialning bosh qahramoni — Wednesday Addams, Addamslar oilasi aʼzolaridan biri, Gomez va Morticia Addamsning yagona qizi, Nevermore akademiyasining talabasi boʻladi. U oʻzining ruhiy qobiliyatlarini egallashga, Jericho shahrini qoʻrquvga solgan maxluqning dahshatli qotilliklarini toʻxtatishga va 25 yil oldin ota-onasi aralashgan sirni aniqlashga harakat qiladi hamda bularning barchasi uning Nevermore akademiyasidagi yangi va juda chalkash munosabatlari fonida yuz beradi.

Aktyorlar tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bosh qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Jenna Ortega — Wednesday Addams, gʻayritabiiy kuchlarga ega boʻlgan 16 yoshli qiz[2]. Shuningdek, Ortega mahalliy amerikalik jodugar va Wednesdayning uzoq ajdodi Goody Addams rolini ijro etadi.
    • Karina Varadi — yosh Wednesday
  • Gwendoline Christie — Larissa Weems, Nevermore akademiyasining direktori va Morticia Addams bilan xonadosh boʻlgan sobiq talaba.
    • Oliver Wickhem — yosh Larissa Weems
  • Riki Lindhome — psixolog Valeri Kibott, Jericho shahridagi terapevt doktor
  • Jamie McShane — Donovan Galpin, Jericho shahrining sherifi, Tylerning otasi
  • Hunter Doohan — Tyler Galpin, sherif Galpinning oʻgʻli, Wednesdayga ishqiy qizqish uygʻotgan. Dahshatli sirni saqlaydi.
  • Percy Hynes White — Xavier Thorpe, Nevermore akademiyasining talabasi, oʻzining sanʼat asarlarini jonlantirish qobiliyatiga ega. Biancaning sobiq sevgilisi.
  • Emma Myers — Enid Sinclair, Nevermore akademiyasining oʻquvchisi, boʻri-odam. Xonadoshi Wednesday bilan dugona boʻlishga jon-jahdi bilan harakat qiladi.
  • Joy Sunday — Bianca Barclay, Nevermore akademiyasining aʼlochi talabasi, sirena. Xavierning sobiq sevgilisi.
  • Georgie Farmer — Ajax Petropolus, gorgon va Nevermore akademiyasining talabasi.
  • Naomi J. Ogawa — Yoko Tanaka, vampir. Nevermore akademiyasining talabasi
  • Christina Ricci — Marilyn Thornhill, Nevermore akademiyasining botanika oʻqituvchisi.
  • Moosa Mostafa — Eugene Otinger, asalarilarni boshqarish kuchiga ega. Nevermore akademiyasining talabasi.

Ikkinchi darajali rollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Victor Dorobantu Thing rolida, qoʻl koʻrinishida, Wednesdayning qarindoshi
  • Luyanda Unati Lewis — Nyawo — Ritchie Santiago, Sherif Galpinning oʻrinbosari
  • Iman Marson — Lucas Walker rolida, Noble Walkerning oʻgʻli, uning oʻrtoqlari Wednesdayni tez-tez haqorat qiladi.
  • Tommie Earl Jenkins — Noble Walker, mer va Jericho shahrining sobiq sherifi
    • Ismail Kesu — yosh Noble Walker

Epizodlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Isaac Ordonez — Pugsley Addams, Wednesdayning ukasi
  • Catherine Zeta-Jones — Morticia Addams, yoshligida Nevermore akademiyasida oʻqigan, Wednesdayning onasi
    • Gwen Jones — yosh Morticia Addams
  • Luis Guzmán — Gomez Addams, qotillikda gumon qilingan, Wednesdayning otasi.
    • Lucius Hoyos — yosh Gomez Addams
  • George Burcea — Lurch, Addamslar oilasining xizmatkori[3]
  • William Houston — Joseph Crackstone
  • Calum Ross — Rowan Laslow, Nevermore talabasi. Telekinetik kuchga ega
  • Fred Armisen — Fester amaki, Wednesdayning amakisi va Gomezning akasi

Qismlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Wednesday’s Child Is Full of Woe“
  2. „Woe Is the Loneliest Number“
  3. „Friend or Woe“
  4. „Woe What a Night“
  5. „You Reap What You Woe“
  6. „Quid Pro Woe“
  7. „If You Donʼt Woe Me by Now“
  8. „A Murder of Woes“

Ishlab chiqarish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Serial ustida ish boshlanishi haqidagi dastlabki maʼlumotlar 2020-yilning kuzida paydo boʻlgan[4]. Loyihada aniq kimlar ishtirok etayotgani hali maʼlum emas edi hamda OAV Morticia va Gomez rolini Helena Bonham Carter va Johnny Depp ijro etishi mumkinligi haqida xabar tarqatgan (bu maʼlumot tasdiqlanmagan).

2021-yil fevral oyida Netflix 8 qismdan iborat boʻlgan serial loyihasini rasman eʼlon qilgan[5]. Alfred Gough va Miles Millar loyihaning bosh prodyuseri, Tim Burton esa rejissyori etib tayinlangan. Keyinchalik Jenna Ortegaga bosh rol, Catherine Zeta-Jonesga Morticia roli, Louis Guzmanga esa Gomez rollari berilgan[6].

Serialni suratga olish ishlari 2021-yil 13-sentabrda Ruminiyaning Buxarest shahrida boshlangan va 2022-yil 30-martda oʻz yakuniga yetgan. 17-avgust kuni Netflix oʻzining YouTube kanalida serialning birinchi tizerini chiqargan[7].

Ma'lumot o'rnida: Serial suratga olingan Nevermore akademiyasi Ruminiya joylashgan tarixiy inshoot bo'lib, turistlar tashrifi uchun mo'ljallangan obyekt hisoblanadi.

Musiqasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Serialda Rolling Stones tomonidan ijro etilgan „Paint It Black“, Metallicaning „Nothing Else Matters“ va Dua Lipaning „Physical“ treklari kabi bir nechta pop qoʻshiqlardan foydalanilgan[8][9].

Relizi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Wednesday“ serialining birinchi treyleri 2022-yil 17-avgustda[10] chiqarilgan, undan soʻng toʻliq treyler 9-oktabrda[11] namoyish etilgan. „Wednesday“ premyerasi 2022-yil 16-noyabr kuni Los-Anjelesdagi „Hollywood Legion Theater“ teatrida boʻlib oʻtgan[12][13]. Uning sakkizta epizodi Netflix’da 2022-yil 23-noyabrda chiqarilgan[14].

Ommalashishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tomoshabinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Whip Media kompaniyasi tomonidan yigʻilgan TV Time ijtimoiy televideniye tarmogʻi foydalanuvchilarining maʼlumotlariga koʻra, „Wednesday“ platformadagi har qanday Netflix original seriyasining ikkinchi eng koʻp tomosha qilish uchun oldindan obuna boʻlgan tomoshabinlari bor serial boʻlgan ("The Witcher" dan keyin)[15]. Serial ingliz tilidagi Netflix seriali uchun soatlar boʻyicha haftada eng koʻp koʻrilgan rekordga ega boʻlib, uning birinchi haftasida soatiga jami 341,2 million marta tomosha qlingan va avvalgi rekordchi „Stranger Things 4“ filmidan (soatiga 335.01 million marta) oldinga chiqib olgan[16]. „Wednesday“ 6-dekabr kuni platforma tarixida eng koʻp tomosha qilingan ingliz tilidagi Netflix seriali sifatida uchinchi oʻrinni egallagan[17]. „The Independent“ nashrining egasi Jacob Stolworthy serialning mashhurligini „misli koʻrilmagan“ deb atagan va bu boshqa bir nechta spin-off teleseriallarining rivojlanishini tezlashtirishi mumkinligini aytgan[18].

Ommaviy madaniyatda[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Wednesday“ chiqqandan soʻng, Wednesday Addamsning raqsi TikTok’da muxlislar tomonidan Lady Gaga ijro etgan „Bloody Mary“ qoʻshigʻiga moslashtirilgan va raqs trendga aylangan. Trendda Kim Kardashian, Amelia Dimoldenberg, Marina Diamandis va Lady Gaganing oʻzi ham ishtirok etgan[19][20]. Bu holat Spotify’da „Bloody Mary“ qoʻshigʻi tinglovlari sonining yuqori suratda oʻsishiga olib keldi[21]. Serialning toʻrtinchi qismidagi original raqsda ijro etilgan 1981-yilgi The Cramps tomonidan aytilgan „Goo Goo Muck“ qoʻshigʻining ham mashhurligi oshib bordi. Billboard maʼlumotlariga koʻra, Amerika Qoʻshma Shtatlarida qoʻshiqning tinglov soni 2,500 dan 134 000 ga yetgan[22].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Fuge. Wednesday Reviews Praise Jenna Ortega as the Titular Addams Family Member“. MovieWeb (18-noyabr 2022-yil). 2022-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-noyabr 2022-yil.
  2. Bahr. „Jenna Ortega Knows What Wednesday Addams Wants“. The New York Times (23-noyabr 2022-yil). 2022-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-noyabr 2022-yil.
  3. „Who Plays Lurch In The Wednesday Show?“. Screenrant (23-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 28-noyabr 2022-yil.
  4. Breznican, Anthony „Meet the New Addams Family From Tim Burton's Wednesday. Vanity Fair (16-avgust 2022-yil). 2022-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-noyabr.
  5. Zarnosa, Laura Wednesday Reboots the Addams Family With a Biting Condemnation of Colonialism—Just in Time For Thanksgiving“. Time (23-noyabr 2022-yil). 2022-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-dekabr 2022-yil.
  6. Odman, Sydney „Jenna Ortega, 'Wednesday' Cast on Working With „Visionary“ Director Tim Burton“. The Hollywood Reporter (18-noyabr 2022-yil). 2022-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-noyabr.
  7. Kroll, Justin 'Addams Family' Live-Action TV Series From Tim Burton Heats Up TV Marketplace“. Deadline Hollywood (22-oktabr 2020-yil). 2022-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-fevral.
  8. Gomez. „Here Are All the Songs in Netflix's 'Wednesday'. TheWrap (23-noyabr 2022-yil). 2022-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-noyabr 2022-yil.
  9. 'Wednesday' Soundtrack Album Details“. Film Music Reporter (21-noyabr 2022-yil). 2022-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-noyabr 2022-yil.
  10. Zee. 'Wednesday' Trailer: Tim Burton Unveils His Bloody Reimagining of 'The Addams Family' for Netflix“. Variety (17-avgust 2022-yil). 2022-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-noyabr 2022-yil.
  11. Curto. „Fred Armisen Of Course Stars as Uncle Fester in New Wednesday Trailer“. Vulture (9-oktabr 2022-yil). 2022-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-noyabr 2022-yil.
  12. Chuba. „Events of the Week: Disenchanted,' 'Glass Onion' and More“. The Hollywood Reporter (18-noyabr 2022-yil). 2022-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-noyabr 2022-yil.
  13. „Jenna Ortega, Christina Ricci, more kooky and spooky fashions from Netflix's 'Wednesday' premiere“. USA Today (18-noyabr 2022-yil). 2022-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-noyabr 2022-yil.
  14. Lash. „Tim Burton's 'Wednesday' Netflix Series Gets November Premiere Date“. TheWrap (23-sentabr 2022-yil). 2022-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.
  15. „Why 'Wednesday' Could Be Netflix’s Next Big Hit“. TheWrap (23-noyabr 2022-yil). 2022-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-noyabr 2022-yil.
  16. Bell. „Netflix Top 10: 'Wednesday' Snaps 'Stranger Things 4' Record for Most Hours Viewed in a Week With 341 Million“. Variety (29-noyabr 2022-yil). 2022-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-noyabr 2022-yil.
  17. Hailu. 'Wednesday' Has Already Become Netflix’s Third Most Popular English-Language Series of All Time“ (inglizcha). Variety (6-dekabr 2022-yil). Qaraldi: 6-dekabr 2022-yil.
  18. Stolworthy. Wednesday is a Netflix success story we could come to regret“. The Independent (3-dekabr 2022-yil). 2022-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-dekabr 2022-yil.
  19. Jeffrey. „Lady Gaga just re-created the Wednesday Addams dance and it's chillingly good“. Today (9-dekabr 2022-yil). 2022-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2022-yil.
  20. „All The Stars Reenacting Wednesday Addams' Iconic Dance From Kim Kardashian To Amelia Dimoldenberg“. Capital (8-dekabr 2022-yil). 2022-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-dekabr 2022-yil.
  21. Roberts. „Netflix's 'Wednesday' Has Everyone Streaming Lady Gagaʼs 'Bloody Mary'“. Capital (29-noyabr 2022-yil). 2022-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-dekabr 2022-yil.
  22. Dick. Wednesday's Dance Scene Brings Renewed Popularity to The Cramps Song 'Goo Goo Muck'“. MovieWeb (3-dekabr 2022-yil). 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-dekabr 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]