Wonka (film)
Wonka | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Paul King |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) |
|
Hikoya | Paul King |
Qaysi asarga asoslangan |
Qahramonlar –Roald Dahl |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | |
Kinematografiya | Chung-hoon Chung[lower-alpha 1] |
Muharrir(lar) | Mark Everson |
Studiya(lar) |
|
Distribyutor | |
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 116 minut[4] |
Mamlakatlar | |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $125 million[5] |
Daromadi | $272.1 million[6][7] |
Wonka (oʻzbekcha: Vonka) — 2023-yilgi musiqiy fantastik film, rejissyor Paul King, u King hikoyasi asosida Saymon Farnabi bilan hamkorlikda ssenariy yozgan. U 1964-yilda Roald Dahlning Charli va shokolad fabrikasi romani qahramoni Willy Wonkaning shokolad sotuvchi sifatidagi faoliyatining ilk kunlarini aks ettiradi[8]. Filmda bosh rolni Timothée Chalamet oʻynagan, shuningdek, Calah Lane, Keegan-Michaell Key, Paterson Joseph, Matt Lucas, Mathew Baynton, Sallt Hawkins, Rowan Atkinson, Jim Carter, Natasha Rothwell, Olivia Colman va Hugh Grant kabi aktyorlar ham filmda bir qator rollarni ijro etgan. Bu „Villi Vonka va shokolad fabrikasi“ (1971-yil) va „Charli va shokolad fabrikasi“ (2005-yil) filmlaridan keyin Roald Dalhning romaniga asoslangan holda suratga olingan uchinchi filmdir.
Filmni suratga olish ishlari Warner Bros. Pictures 2016-yil oktabr oyida personajga boʻlgan huquqlarni qayta qoʻlga kiritgandan soʻng boshlangan va filmda personajning kelib chiqish tarixi haqida hikoya qilinishi eʼlon qilindi. Paul King Wonkani 1971-yilgi filmga „yordamchi qism“ sifatida ishlab chiqqan va shuning uchun Oompa Loompalarning baʼzi musiqalari, tematik elementlari va vizual dizaynlari bu filmda takrorlanadi[9]. 2021-yil may oyida Timothée Chalamet Wonka rolini oʻynashi tasdiqlanadi va oʻsha yilning sentabr oyida yordamchi aktyorlar tarkibi ham eʼlon qilinadi. Asosiy suratga olish ishlari Buyuk Britaniyada 2021-yil sentyabr oyida boshlangan. Suratga olish ishlari Watfordning Livsden hududidagi Warner Bros. Studios, shuningdek, Oxford, Lyme Regis, Bath, Sent-Albans va Londonning Crofton Parkdagi Rivoli Ballroom zalida amalga oshirilgan. Film uchun tanlangan qoʻshiqlar Neil Hannon tomonidan kuylangan, qoʻshiq kompozitori esa Joby Talbot hisoblanadi.
2023-yil 28-noyabr kuni Londondagi Southbank Centerdagi Royal Festival Hall zalida Wonka filmining jahon premyerasi boʻlib oʻtdi. U Buyuk Britaniyada 8-dekabrda, AQShda esa 15-dekabrda Warner Bros. Pictures tomonidan premyera qilingan. Film butun dunyo boʻylab 272 million dollar miqdorida daromad yigʻdi va tanqidchilardan umuman holatda ijobiy baho olishga erishdi. Oʻzining ijrosi uchun Timothée Chalamet „Oltin globus“ mukofotining „Eng yaxshi aktyor“ – musiqiy yoki komediya filmi nominatsiyasiga nomzod boʻldi.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Willy Wonka intiluvchan sehrgar, ixtirochi va shokolad tayyorlovchi personaj. U Galeries Gourmetda oʻz shokolad doʻkonini ochish uchun Yevropaga keladi. Arzimagan jamgʻarma pullarini ishlatib yuborgach, uni Bleacher oʻz qoʻl ostidagi missis Scrubittning pansionatida qolishga majbur qiladi, sababi Willy yetim Noodlening jarima toʻgʻrisidagi qatʼiy ogohlantirishlariga qaramay, savodsizligi sababli shartnoma imzolagan edi. Shokolad doʻkoniga ega boʻlmagan holatda shirinlik sotgani uchun politsiya boshligʻiga Willyning daromadlarini musodara qilish uchun qoʻngʻiroq qilgan uch raqib shokoladchilarga javoban u raqiblarini mazahlashga yordam bergan „hoverchocs“ nomli odamlarni uchiruvchi shokoladlarni taqdim etadi va shu orqali jarimalarini toʻlash uchun pul jamgʻaradi.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Timothée Chalamet Willy Wonka rolida, izlanuvchan ixtirochi va shokoladchi boʻlib, oʻzining shokolad doʻkonini ochishni orzu qiladi.[10]
- Colin O'Brien Willy Wonkaning yoshligi rolida[10]
- Calah Lane Noodle rolida, Willyning assistanti boʻladigan yetim qizaloq[11]
- Keegan-Michael Key shokolad karteli bilan til biriktirgan nomaʼlum ismli shokoladxoʻr politsiya boshligʻi rolida[11]
- Paterson Joseph Artur Slugvort, korrupsion biznesmen va Shokolad karteli rahbari,[11] Noodlening amakisi rolida
- Matt Lucas Gerald Prodnose,rolida, korrupsion biznesmen va Shokolad kartelining aʼzosi[11]
- Mathew Baynton Felix Fickelgruber rolida, korrupsion biznesmen va Shokolad kartelining aʼzosi[11] „kambagʻal“ soʻziniyoqtirmaydigan personaj.
- Sally Hawkins Willy Wonkaning onasi[10]
- Rowan Atkinson Julius Ota, shokolad karteli bilan ittifoq qiluvchi shokoladga qaram ruhoniy[11]
- Jim Carter Abacus Crunch rolida[11]
- Natasha Rothwell Piper Benz rolida[11]
- Olivia Colman Mrs. Scrubitt rolida[11]
- Hugh Grant Lofty rolida, Wonkaning ittifoqchisi boʻlgan Oompa-Loompa[12]
- Rich Fulcher Larry Chucklesworth rolida[11]
- Rakhee Thakrar Lottie Bell rolida[11]
- Tom Davis Bleacher rolida[11]
- Kobna Holdbrook-Smith ofitser Affable rolida[13][14]
- Simon Farnaby Basil rolida[10]
- Charlotte Ritchie Barbara rolida
- Ellie White Gwennie rolida[10]
- Sophie Winkleman grafinya rolida
- Murray McArthur kema kapitani rolida[15]
- Tracy Ifeachor Dorothy Smith rolida, Noodlening onasi[16]
- Isy Suttie Meva va sabzavotlar sotuvchisi rolida[17]
- Phil Wang Colin rolida[18]
- Tim FitzHigham dahshatli kema kapitani rolida[19]
Musiqa va saundtrek
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilohiy komediyaning solisti Neil Hannon film qoʻshiqlarini kuylagan[20]. Qoʻshiqlar kompozitor Joby Talbot tomonidan yaratilgan[21]. Filmdagi qoʻshiqlar va yozuvlardan iborat saundtrek WaterTower Music tomonidan 2023-yil 8-dekabrda chiqarilgan[22][23].
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mukofot | Marosim sanasi | Turkum | Qabul qiluvchi(lar) | Natija | Ref. |
---|---|---|---|---|---|
Tanqidchilar tanlovi kino mukofotlari | 2024-yil 14-yanvar | Eng yaxshi yosh aktyor/aktrisa | Calah Lane | Nominatsiya | [24] |
Eng yaxshi kostyum dizayni | Lindy Hemming | Nominatsiya | |||
Oltin globus mukofotlari | 2024-yil 7-yanvar | Eng yaxshi aktyor – komediya yoki musiqiy film | Timothée Chalamet | Nominatsiya | [25] [26] |
Media mukofotlarida Gollivud musiqasi | 2023-yil 15-noyabr | Original qoʻshiq – ilmiy-fantastik/fantastik film | Neil Hannon, Simon Farnaby va Paul King („A World of Your Own (Oʻzingning dunyosi)“) | Nominatsiya | [27] [28] |
Neil Hannon, Simon Farnaby, and Paul King („You've Never Had Chocolate Like This (Sizda hech qachon bunday shokolad boʻlmagan)“) | Nominatsiya | ||||
Eng yaxshi qoʻshiq – Ekrandagi ijro (film) | Timothée Chalamet („A World of Your Own (Oʻzingga tegishli dunyo)“) | Nominatsiya | |||
Musiqiy mavzuli film, biopik yoki musiqiy | Wonka | Nominatsiya |
Eslatmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Seamus McGarvey filmning asosiy operatori edi,[1] lekin filmga ishlov berish jarayonida vazifasini bajara olmagan. Chung uning oʻrniga ishga olingan va faqat filmning operatori sifatidagina eʼtirof etilgan.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „WarnerBros.com | Filming Is Underway on Warner Bros. Pictures' "Wonka" | Press Releases“. warnerbros.com. 2023-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
- ↑ Tartaglione, Nancy „'Wonka': Warner Bros Unveils Extended Trailer Featuring Hugh Grant As An Oompa Loompa“. Deadline Hollywood (2023-yil 25-aprel). 2023-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-aprel.
- ↑ Donnelly, Matt „Warner Bros. Pictures Strikes New Co-Financing Deal With Domain Capital (EXCLUSIVE)“. Variety (2023-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 17-dekabr.
- ↑ „Wonka (PG)“. BBFC (2023-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 2-dekabr.
- ↑ Vary, Adam; Rubin, Rebecca. „Box Office Predictions for 2023: Will Tom Cruise, Super Mario and a Bear on Cocaine Save Movie Theaters?“. Variety (2023-yil 3-yanvar). 2023-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-yanvar.
- ↑ „Wonka (2023)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 2023-yil 27-dekabr.
- ↑ „Wonka — Financial Information“. The Numbers. Qaraldi: 2023-yil 27-dekabr.
- ↑ „Timothée Chalamet as 'Wonka' and Hugh Grant as an Oompa Loompa Wow with CinemaCon First Look“. IndieWire (2023-yil 25-aprel). 2023-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-aprel.
- ↑ Ito, Robert. „Can the Oompa-Loompas Be Saved?“. The New York Times (2023-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 18-dekabr.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 10,3 10,4 „Wonka (2023)“ (de). synchronkartei.de. Qaraldi: 2023-yil 15-dekabr.
- ↑ 11,00 11,01 11,02 11,03 11,04 11,05 11,06 11,07 11,08 11,09 11,10 11,11 Lang, Robert „Wonka Movie Posters: Timothée Chalamet, Rowan Atkinson, Olivia Coleman, Keegan-Michael Key, Hugh Grant, Calah Lane & More“. Deadline Hollywood (2023-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 12-oktyabr.
- ↑ Tinoco, Armando „New Wonka Trailer: Timothée Chalamet Stands Up To The Bullies With Help From Oompa-Loompa Hugh Grant“. Deadline Hollywood (2023-yil 12-oktyabr). 2023-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-noyabr.
- ↑ Roald Dahl, Sibéal Pounder, Paul King, Simon Farnaby. Before Charlie, before the Chocolate Factory, comes a story of invention and imagination.. Random House, December 7, 2023 — 61-bet. ISBN 9780241618141. Qaraldi: 2023-yil 15-dekabr.
- ↑ „Kobna Holdbrook-Smith“. filmstarts.de. Qaraldi: 2023-yil 15-dekabr.
- ↑ „Murray McArthur“. Dalzell & Beresford Ltd. 2021-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-dekabr.
- ↑ Share, Immy „Film set in Eltham Palace reportedly for new Wonka movie“. News Shopper (2021-yil 12-noyabr). 2022-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-yanvar.
- ↑ Travis, Ben „Wonka Trailer Breakdown: Paul King Talks Timothée Chalamet, Oompa-Loompas, And Chocolate Cartels“. Empire. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
- ↑ „The Graham Norton Show series 31 episode 8“. BBC iPlayer. Qaraldi: 2023-yil 2-dekabr.
- ↑ „Tim FitzHigham“ (en). PBJ Management. Qaraldi: 2023-yil 19-noyabr.
- ↑ D'Alessandro. „Wonka: Warner Bros Movie Adds Sally Hawkins, Rowan Atkinson, Olivia Colman & Jim Carter“. Deadline Hollywood (2021-yil 29-sentyabr). 2021-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Joby Talbot Scoring Paul King's 'Wonka'“. Film Music Reporter (2023-yil 26-may).
- ↑ „'Wonka' Soundtrack Album Details“ (en-US). Film Music Reporter. 2023-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-dekabr.
- ↑ „Wonka soundtrack: What songs are in new Timothée Chalamet film?“ (en-GB). Radio Times. 2023-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-dekabr.
- ↑ „FILM NOMINATIONS ANNOUNCED FOR THE 29TH ANNUAL CRITICS CHOICE AWARDS HOSTED BY CHELSEA HANDLER – Critics Choice Awards“ (en-US). Qaraldi: 2023-yil 14-dekabr.
- ↑ Lewis. „Golden Globes: 'Barbie' and 'Succession' Lead Nominations; See Full List“ (en-US). The Hollywood Reporter (2023-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 11-dekabr.
- ↑ „Timothée Chalamet“. Golden Globe Awards. CBS. Qaraldi: 2023-yil 14-dekabr.
- ↑ Grein, Paul (November 2, 2023). „Songs From 'Barbie' Pace 2023 Hollywood Music in Media Awards Nominations (Full List)“. Billboard (ingliz (Amerika)). Qaraldi: November 11, 2023.
- ↑ „2023 HMMA Winners and Nominees“ (en-US). Hollywood Music In Media Awards. Qaraldi: 2023-yil 16-noyabr.