Kontent qismiga oʻtish

Bobomurot Ahmedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bobomurot Joʻraevich Ahmedov

Bobomurot Joʻraevich Ahmedov 2024-yilda
Tavalludi 4-iyun 1963-yil (1963-06-04) (61 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Fizika
Faoliyat yillari 1985 – bugun
Unvoni Akademik
Mukofotlari

Mehnat shuhrati ordeni

Oʻzbekiston fan arbobi


Bobomurot Joʻraevich Ahmedov – (1963 y. 4-iyun Samarqand viloyatida tugʻilgan) fizika-matematika fanlari doktori, professor, Fanlar Akademiyasi aʼzosi – akademik.

Bobomurot Joʻraevich Ahmedov —

  • 1963 y. 4-iyun Samarqand viloyatida tugʻilgan.
  • 1963–1966-yy. Jizzax viloyat, Jizzax shahrida yashagan.
  • 1966-1970-yy. Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi maktabgacha taʼlim muassasasiga borgan.
  • 1970-1980-yy. Samarqand shahar 45-son oʻrta maktabda oʻquvchisi.
  • 1980-1985-yy. Samarkand Davlat universiteti fizika fakulteti talabasi.
  • 1985-2017-yy. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi institutida aspirant, injener, kichik ilmiy xodim, ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, etakchi ilmiy xodim va bosh ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritgan.
  • 2017-y.-h.v. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti Nazariy astrofizika laboratoriyasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Akademik yutuqlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Астрономия instituti nazariy astrofizika boʻlimi mudiri akademik Bobomurot Joʻraevich Ahmedov 2023-yil „Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi“ haqiqiy aʼzoligiga saylangan, fahriy unvoni 2021-yil „ Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi“ fahriy unvoni, 2012-yil „ Mexnat Shuhrati“ ordeni bilan taqdirlangan. Fizika-matematika fanlari doktori, professor. Uning ilmiy yutuqlari jahon miqyosida tan olinib 2018 yilda Butunjahon Fanlar akademiyasi (The World Academy of Sciences, TWAS) va 2020 yilda Islom Dunyosi Fanlar akademiyasi (The Islamic World Academy of Sciences, IAS) aʼzoligiga saylangan. Ahmedov B. J. – 2017 yilda ilmiy ishlariga eng koʻp havola qilingan muallif „Yil olimi-2017“ („Highly Cited Author“, Web of Science), 2018 yilda esa „Yil olimi-2018“ („Researcher of the Year“, Scopus) yuksak unvonlari bilan mukofotlangan. U Dehli Markaziy Universitetining fahriy professori, Italiyaning Triest shahridagi Halqaro nazariy fizika markazining relyativistik astrofizika va gravitatsiya sohasida NT-01 mintaqaviy tarmogʻining koordinatori va doimiy hamkor (Regular Associate), 2022 yilda „Atoqli taqrizchi“ („2022 Distinguished Referee“) (EPJ Yevropa Fizika Jurnallari Jamiyati) sifatida eʼtirof etilgan. Ahmedov B. J. 1996 yildan fundamental ilmiy tadqiqotlar loyixalari rahbari va CNR, DAAD, TWAS, YuNeSKO, ICTP, Volkswagen, Erasmus+, KFUPM, PIFI-CAS kabi bir qator nufuzli tashkilotlarning halqaro grantlari rahbari va 30 dan ortiq halqaro nufuzli xorijiy ilmiy jurnallar taqrizchisi va Germaniyaning | Springer nashrining „Arabian Journal of Mathematics“ jurnalining redaktoridir va „Oʻzbekiston fizika jurnali“[7] bosh muxarriri. B. J. Ahmedov nufuzli Yevropa va Osiyo ilmiy fondlar eksperti, koʻplab Xalqaro ilmiy anjumanlar tashkiliy qoʻmitalar aʼzosi va doimiy ravishda nufuzli Xalqaro ilmiy anjumanlarda plenar maʼruzalar qilib kelmokda. B. J. Ahmedov gravitatsiya, umumiy nisbiylik nazariyasi, yadro va relyativistik astrofizika sohalari boʻyicha yetakchi mutaxassis. Uning ilmiy izlanishlari asosida umumiy nisbiylik nazariyasida aylanayotgan va tebranayotgan kompakt magnitlangan relyativistik gravitatsion obʼektlar elektrodinamikasi rivojlantirildi; kompakt obʼektlar energetik va optik xususiyatlari, va ulardan elektromagnit va gravitatsion nurlanish; umumiy nisbiylik nazariyasi effektlari oʻrganildi; elektromagnit toʻlqinlarning plazma magnitosferasida tarqalishi oʻrganildi va tadbiq etish usullari ishlab chiqildi. U Oʻzbekistonda relyativistik astrofizika va gravitatsion toʻlqinlar astronomiyasi sohasida yangi ilmiy maktab yaratgan boʻlib, ushbu ilmiy maktabdan B. J. Ahmedov ilmiy raxbarligida 16 nafar fan nomzodlari/PhD falsafa doktorlari va 9 nafar fan doktorlari dissertatsiya ishlari muvaffaqiyatli himoya qilingan. B. J. Ahmedov yurtimizning taniqli va obroʻli olimlaridan biridir. U nufuzli Q1 va Q2 jurnallarda 200 dan ortik ilmiy makolalar, 3 ta monografiyalar, 2 ta oʻquv qoʻllanmalar chop etgan. Web of Science maʼlumot bazasiga koʻra uning ilmiy ishlariga xavolalar soni 5200 dan oshgan va Xirsh indeksi Web of Science va Scopus bazalarida 41 va 41 ga teng. B. J. Ahmedov guruh aʼzolari bilan Frankfurt University, MPI fur Gravitational Physics (Golm), DLR (Berlin), Bremen University, Oldenburg University (Germaniya), SISSA, ICTP, ICRA, Neapolitan universiteti (Italiya), STR, TIFR, IUCAA (Hindiston), Stanford University, Rochester University, Penn State University (AQSh), Silesian University in Opava (Chexiya), Fudan University (Xitoy), Nazarboyev universiteti ( Astana), Al Farabi universiteti (Olmaota), King Fahd University of Petroleum and Minerals (KFUPM, Saudiya Arabistoni), NUST (Islomobod) olimlari bilan halqaro xamkorlikda tadqiqotlar olib bormoqda.

Davlat mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]