Kontent qismiga oʻtish

Scopus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Scopus
Tijoratmi Ha
Sayt turi Ilmiy nashrlar boʻyicha qidiruv
Roʻyxatdan oʻtish Majburiy emas
Qaysi tillarda 50 ga yaqin
Muassisi Elsevier
URL https://www.scopus.com/home.uri

Scopus – bu 2004-yilda Elsevier akademik nashriyoti tomonidan taqdim etilgan veb-sayt. Scopusga kirish institutsional obuna orqali taqdim etiladi. 2020-yil yanvar holatiga koʻra Scopus 25 100 dan ortiq nashrlar, 9,8 milliondan ortiq konferensiya maqolalari va 44 million patentdan 77,8 millionga yaqin nashrlarni indekslagan[1][2].

Scopus foydalanuvchilari oʻziga kerakli maʼlumotlarni kalit soʻz, ibora, maqola nomi yoki jurnal sarlavhasi boʻyicha qidirishlari mumkin. Tizim tomonidan yaratilgan natijalar nashr etilgan yil, mavzu, mansublik va hujjat turi boʻyicha filtrlanadi. Maʼlumotlarni kuzatish, tahlil qilish va vizualizatsiya vositalari ham maʼlumotlar bazasiga kiritilgan[3].

Scopus tarkibiga kiritilgan barcha davriy nashrlar Kontent maslahat kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi (inglizcha: Content Selection & Advisory Board). Shu bilan birga, nashriyotlar oʻz nashrlarining yuqori sifatini saqlab qolishlari lozim – ular Hirsch indeksi, CiteScore, SCImago Journal Rank[en] (SJR), Source Normalized Impact per Paper (SNIP) minimal talab qilinadigan koʻrsatkichlariga muvofiqligini taʼminlash uchun har yili tekshirib boriladi[3][2].

  1. Stahlschmidt 2020.
  2. 2,0 2,1 Schottem 2018.
  3. 3,0 3,1 Solomon 2013.