Kontent qismiga oʻtish

Boʻkon

Koordinatalari: 36°30′54″N 46°12′27″E / 36.51500°N 46.20750°E / 36.51500; 46.20750
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boʻkon

forscha: بوکان
Shahar
36°30′54″N 46°12′27″E / 36.51500°N 46.20750°E / 36.51500; 46.20750
Mamlakat Eron
uston Gʻarbiy Ozarbayjon
shahriston Boʻkon
baxsh Markaziy tuman
Hukumat
Markazi balandligi 1365 m
Rasmiy til(lar)i fors tili
Aholisi
 (2016)
193 501[1]
Vaqt mintaqasi UTC+3:30
Telefon kodi +98 44-462
Boʻkon xaritada
Boʻkon
Boʻkon

Boʻkon (forscha: بوکان)[lower-alpha 1] Eronning Gʻarbiy Ozarbayjon ustoni Boʻkon shahristoni Markaziy tumandagi shahar boʻlib, ham shahriston, ham tuman markazi vazifasini bajaradi[3].

2006-yilgi aholini milliy roʻyxatga olish vaqtida shahar aholisi 32 588 xonadonda yashovchi 149 340 kishini tashkil qilgan[4]. 2011-yilgi aholini roʻyxatga olishda 43 269 ta xonadondan iborat 170 600 kishi bor edi[5]. 2016-yilgi aholini roʻyxatga olish vaqtida 56 944 ta xonadonga boʻlingan 193 501 kishi istiqomat qilgan[1]. Shahar Siminarud daryosining sharqida joylashgan. Butun shahristonda soroniy kurd tilida gaplashadigan shofiiy kurdlar yashaydi[6].

Qojarlar sulolasi davrida Azizxon Mukri va oilasining eʼtibori va qarorgohi tufayli Boʻkon muhim ahamiyat kasb etadi[7]. Bu shaharning tarixi Sardor Azizxon oilasi nomi bilan mashhur boʻlgan toʻrtta davlat arbobi bilan bogʻliq. Boʻkon boshqaruv markazi va ularning qarorgohi edi. 1978-yilgi inqilobdan keyin u ijtimoiy, madaniy, sport, iqtisodiy va siyosiy koʻrsatkichlarda gullab-yashnadi. Bu shahar Eronning eng muhim va samarali shaharlaridan biridir[8].

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boʻkon nomining kelib chiqishi munozarali. Baʼzilar buni kurdchakelinlar“ soʻzidan olingan deb hisoblashsa-da, bu daʼvoni tasdiqlovchi hech qanday dalil yoʻq. Kurd tilida shahar nomi Bukan emas, balki „Bokan“ deb talaffuz qilinadi. Shuning uchun u kurdcha kelin soʻzi „Bûk“ bilan mos kelmaydi. Boʻkon shahar nomining faqat forscha oʻzgarishi boʻlib, mahalliy kurdlarning talaffuzi emas. Biroq, Rashiduddin Hamadoniy bu nom Merkit shahzodasining nomi ekanligini yozgan[9]. Faqat Qojarlar davrida bu nom hujjatlashtirilgan[6].

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Togʻlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Nalishkêne togʻi Zagros togʻ tizmasi tarkibiga kiradi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islomgacha boʻlgan davr[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boʻkonda miloddan avvalgi 4100—4400-yillarga oid bir qancha artefaktlar topilgan. Bu osori-atiqalar Boʻkonda Eron togʻligidagi birinchi aholi manzilgohlaridan biri boʻlganligini tasdiqlaydi[10].

Islom davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar 14-asr oxiridan 19-asrgacha Mukriyon bekligi tarkibida boʻlgan. Beklik tanazzulga uchragach, atrofdagi koʻplab qishloqlarni nazorat qilgan aristokratlar (ogʻa) Dehbokri kurdlari shaharni oʻz nazoratiga oldilar. Dehbokrilar Mukriyon bekligiga astoydil qarshi chiqdilar. Kichik boʻlishiga qaramay, Boʻkon mintaqada madaniy va siyosiy jihatdan katta rol oʻynagan. 1940-yillarning oʻrtalarida shahar qisqa umr koʻrgan Mahobod respublikasi tarkibiga qoʻshildi va bosmaxona sotib oldi, kurd tilida kitob va jurnallar chop etila boshlandi. Keyinchalik shaharda dehqonlar qoʻzgʻoloni koʻtarilib, aristokratlarni quvib chiqarishga muvaffaq boʻlishdi. Qoʻzgʻolon oxir-oqibat qoʻshin tomonidan shafqatsizlarcha bostirildi[6].

1950-yillargacha Boʻkon katta qishloq hisoblangan, ammo oʻshandan beri tez oʻsish kuzatilgan[6]. Aholisi 1956-yildagi 5307 kishidan 1976-yilda 20579 kishiga[6] va 2006-yilda 149340 kishiga koʻpaydi[6][12].

Boʻkon xalqi 1979-yilgi Eron inqilobida va undan keyin kurdlarning muxtoriyat uchun harakatida qatnashgan[6][1]. U kurd muxolif guruhlari nazorati ostiga oʻtdi, biroq 1984-yil 1-yanvarda Eron armiyasi tomonidan qayta qoʻlga kiritildi. Islom inqilobi gvardiyasi korpusiga koʻra, Boʻkon Erondagi kurdlarning oxirgi qoʻlga kiritilgan shahri boʻlgan[11]. 1988-yil 15-aprelda Boʻkon Iroq havo kuchlari tomonidan bombardimon qilindi, buning natijasida 19 kishi halok boʻldi, 160 kishi yaralandi[12].

Tarixiy joylari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sardor qasri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fors taqvimi boʻyicha 1247-yilda Sardasht viloyatidan boʻlgan Sardor Azizxon Mukri Boʻkonning katta suv ombori yonida qasr qurdirdi va bu qasr hozir ham uning asoschisi Sardor Azizxon qasri nomi bilan ataladi. Qasrning diametri 50x60 metr, balandligi 13 metr boʻlgan tepalik ustiga qurilgan boʻlib, uning asosiy qurilish materiali 20x20 sm oʻlchamdagi gʻisht, gil ohak va yogʻochlardan iborat. Qasrning oʻlchami 25x30 metr boʻlib, balandligi 2 metr va diametri 1 metr boʻlgan 9 qavatli ustunlar ustiga oʻrnatilgan 6 ta gulxandan iborat.

1325-1351 (hijriy) yillarda qasr politsiya qarorgohi, pochta boʻlimi va maktabga aylantirildi va nihoyat hijriy 1361-yilda butunlay vayron boʻldi va uning oʻrniga Basidj (mobilizatsiya) stansiyasi sifatida foydalanilgan yangi bino qurildi.

Sporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbol shahardagi eng mashhur sport turi. 2000-yildan buyon Boʻkon „Sardar Bukan F. C.“ professional klubiga mezbonlik qiladi. Eron 2-ligasida oʻynaydigan (uchinchi daraja). 2017-yilda Sardor Bukan boʻkonliklar tomonidan qoʻllab-quvvatlangani bilan butun mamlakat boʻylab shuhrat qozondi[13].

Mashhur kishilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sardor Azizxon Mukri
  • Faiq Elxoniyzoda
  • Hasan Zirak
  • Misbaholdiwan Adab
  • Darbadar Haqiqiy
  • Sodiq Sharafkandiy
  • Abdurahmon Sharafkandiy
  • Jamoliy Serqat
  • Qodir Abdullazoda

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Bukân shaklida ham romanizatsiya qilinadi; Bokan (kurdcha: بۆکان) nomi bilan ham mashhur[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Census of the Islamic Republic of Iran, 1395 (2016)“ (fa) (Excel). AMAR. The Statistical Center of Iran. 2019-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-dekabr.
  2. Boʻkon can be found at GEOnet Nom Serveri, at this link, by opening the Advanced Search box, entering "-3057083" in the "Unique Feature Id" form, and clicking on "Search Database".
  3. Habibi, Hassan „Approval of the organization and chain of citizenship of the elements and units of the country divisions of West Azerbaijan province, centered in the city of Urmia“ (fa). Lamtakam. Ministry of Interior, Council of Ministers (1369-yil 7-iyul). 2023-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-dekabr.
  4. „Census of the Islamic Republic of Iran, 1385 (2006)“ (fa) (Excel). AMAR. The Statistical Center of Iran. 2011-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
  5. „Census of the Islamic Republic of Iran, 1390 (2011)“ (fa) (Excel). Syracuse University. The Statistical Center of Iran. 2023-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-dekabr.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 6,6 Hassanpour, Amir (1989). "BŪKĀN". Encyclopedia Iranica. doi:10.1163/2330-4804_EIRO_COM_7182. https://referenceworks.brillonline.com/entries/encyclopaedia-iranica-online/bukan-COM_7182?s.num=0&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-iranica-online&s.q=kurd. 
  7. „Bukan, Great Islamic Encyclopaedia‌“ (2023-yil 17-yanvar).
  8. „Bukan, Hanakhabar“ (2023-yil 17-yanvar).
  9. Minorsky, Vladimir. The Turks, Iran and the Caucasus in the Middle Ages. Variorum Reprints, 1978 — 68 bet. ISBN 9780860780281. 
  10. „بوكان“ (2015-yil 16-sentyabr). 2015-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  11. „Fars News Agency : بازسازی تمام عملیات‌‌های دفاع مقدس‌/ نقش خراسانی‌ها ‌در آزادسازی بوکان‌“ (2015-yil 16-sentyabr). 2015-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  12. „برگزاری جلسه هماهنگی به منظور یادواره شهدای بمباران شهدای بوکان“ (2016-yil 10-aprel). 2016-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  13. „پایگاه خبری تحلیلی کانی پرس - اخبار > وضعیت مالی تیم سردار بوکان نامعلوم است“ (2015-yil 15-sentyabr). 2015-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]