Kontent qismiga oʻtish

Hind-Gang tekisligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Hindgang tekisligidan yoʻnaltirildi)
Hindgang tekisligi
Hindgang tekisligi

Hindgang tekisligi — Shim da Himolay togʻlari bilan janubida dekan yassitogʻligi oraligʻidagi allyuvial tekislik, Hindiston, Pokiston va Bangladash hududida. Arabiston dengizidan Bepgaliya qoʻltigʻigacha 3000 km ga choʻzilgan. Kengligi 250– 350 km. Hindgang tekisligi alp togʻ oldi bukilmasi boʻlib, usti qadimiy va hozirgi allyuviy jinslar bilan toʻlgan. Yer yuzasi tekis, suvayirgich qismidan (balandligi 270 m) Hind va Gang daryolari deltalari tomon pasayib boradi. Hindgang tekisligini baʼzi yerlarda jarlik va daryo terrasalari parchalangan. Iqlimi sharqida subekvatorial mussonli, gʻarbiy qismida tropik. Oʻrtacha temperaturalar yanvarda 12 20°. iyuluta 30 — 36°. Yillik yogʻin janubiy-sharqida 1500 mm dap janubi-gʻarbida 100150 mm gacha kamayib boradi. Yogʻin, asosan, yoz oylarida yogʻadi. Daryo sistemasi zich va sersuv, ayniqsa sharqida. Asosiy daryolari: Hind va Gang hamda ularning irmoqlari. Gazli mussonlar va qorning erishi natijasida suv oqimi koʻpayadi. Mexanik tarkibli allyuvial tuproq keng tarqalgan. Sharqiy qismida, Gang va Brahmaputra darslari deltalarida mangazorlar va doim yashil oʻrmonlar zich joylashgani. Tekislikning markaziy qismida barg toʻkuvchi oʻrmon va savannalarbor. Gʻarbida shoʻrxok na qumlp choʻl landshafti ustup. Hududining katta qismi ekinyurtlariga aylantirilgan, pyuli, bugʻdoy, paxta va boshqa ekiplar jiladi. H.-Hindgang tekisligi jahon sivilizatsiyasining qadimiy markazlaridan. Aholi zich joylashgan. H.-Hindgang tekisligida yirik shaharlarlan Dshli. Kalkutta (Hindistop). Karochi, Laxrr (Pokiston) joylashgan.