Bahrom Choʻbin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bahrom Chubindan yoʻnaltirildi)
Bahrom Choʻbin

Baxrom Choʻbinning kumush dirhamdagi rasviri
Eron shahanshohi
Mansab davri
590 – 591-yillar
Avvalgisi Xusrav II Parviz
Keyingisi Xusrav II Parviz (qayta taxtga oʻtirgan)
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi VI asr
Vafoti 592-yil
Yangi Margʻilon, Oʻzbekiston

Bahrom Choʻbin (? — 592, Yangi Margʻilon, Oʻzbekiston) — 590—591-yillarda Mehron xonadonidan boʻlgan Eron shahanshohlaridan. Choʻbin sosoniylar oilasiga mansub boʻlmagan.

Bahrom Choʻbin 563—567-yillari sharqda eftaliylar va ashina turklari bilan urush olib borgan. 560—570-yillarda Vizantiya bilan kechgan urushlarda magʻlubiyatga uchragan.

Xusrav I va Hurmuzd IV davrida bir qator maʼmuriy islohotlar oʻtkazilib, badavlat aslzodalarning siyosiy mavqei cheklab qoʻyiladi va buning natijasida Bahrom Choʻbin ham sarkardalikdan chetlatiladi. Uning mansabdan chetlatilishi esa katta qoʻzgʻolonga sabab boʻladi. Choʻbin qoʻshin toʻplab, mamlakat poytaxti Ktesifonga qarab yurish qiladi (590). Aynan shu vaqtda poytaxtda podshohga qarshi fitna uyushtirilib, Hurmuzd IV oʻdiriladi va taxtga uning oʻgʻli Xusrav II Parviz oʻtiradi. Bahrom Choʻbin esa qoʻzgʻolonni davom ettirib, poytaxtni egallaydi va oʻzini podshoh deb eʼlon qiladi. Bundan qoʻrquvga tushgan Xusrav II Parviz Vizantiyaga, imperator Mavrikiy huzuriga qochib ketadi va uning yordamida taxtni qayta qoʻlga kiritadi (591). Bahrom Choʻbin esa turk xoqoni huzuriga qochib, oradan koʻp oʻtmay, oʻsha yerda oʻldiriladi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Harbiy xizmat[tahrir | manbasini tahrirlash]

570-yillarda Bahrom Choʻbin shimoliy hududlar hokimi (yuqori qoʻmondoni) etib tayinlangan va bu lavozimga egalik qilish davrida Mesopotamiyada vizantiyaliklar bilan jang olib borgan.

Baxrom Choʻbin qoʻzgʻoloni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shoh Hurmuzd IV Bahrom Choʻbinga Vizantiyaga qarshi urushga rahbarlik qilishini buyuradi, biroq Choʻbinning qo‘shini Vizantiyaga qarshi kechgan ushbu jangda mag‘lubiyatga uchray boshlaydi. Bundan gʻazablangan Hurmuzd IV Choʻbinni bosh qo‘mondonlik lavozimidan chetlatibgina qolmay, balki masxara uni qilgan holda Choʻbinga ayol libosini ham yuboradi[1]. Abu Hanifa Dinavariy Ahmad ibn Dovudning qo‘shimcha qilishicha, shoh o‘z saroy aʼyonlarining tuhmati tufayli turklar mag‘lubiyati paytida qo‘lga kiritilgan o‘ljalarning katta qismini Bahrom Choʻbin yashirgan deb ham gumon qiladi[2]. Shohning bu qilmishidan g‘azab otiga mingan Bahrom Choʻbin markaziy hukumatga qarshi isyon ko‘taradi, shuningdek, uning bu ishini Hurmuzd IV hukmronligidan norozi boʻlgan qoʻshin ham qoʻllab quvvatlaydi[3].

Qoʻzgʻolonchilar qoʻshini Ktesifonga koʻchib oʻtadi, ammo ular poytaxtga kelishidan oldin ham mamlakatda toʻntarish sodir boʻlgan edi, yaʼni Shahanshoh xotinlaridan birining aka-ukalari Vindoy va Vistaxm Hurmuzd IV ni taxtdan tushiradilar va uning oʻrniga keyinchalik Parviz laqabini olgan jiyani Hurmuzd IV ning oʻgʻli Xusrav II Parvizni koʻtaradilar. Bahrom Choʻbin yangi shoh Xusrav II Parvizning u bilan yarashishga urinishlarini rad etadi va poytaxtga qarshi yurishini davom ettiradi. Yangi podshoh Xusrav II Parviz esa bu vaziyatdan sarosimaga tushgan holda atrofidagilari va qoʻshinlariga ham ishonmay, Vizantiyaga, Mavrikiy imperatorligiga qochib ketadi.

Ktesifonni egallab olgan Bahrom Choʻbin mamlakatga Hurmuzd IV ning oʻgʻillaridan biri Shahriyor nomidan hukmronlik qilishini eʼlon qiladi. U o‘zini qo‘llab-quvvatlamagan zodagonlar vakillaridan Ktesifonni tark etishni talab qilib, itoat etmaganlarning boshini olishi bilan tahdid qiladi. Bundan qoʻrquvga tushgan koʻpchilik zodagonlar oʻzlarining qurollangan tansoqchilari boʻlinmalari hamrohligida shaharni tark etadi.

Keyinchalik yuzaga kelgan vaziyat, Xusrav II Parvizning imperator Mavrikiy qoʻshini yoramida taxtni qayta qoʻlga olish uchun qilgan harakatlari natijasida Bahrom Choʻbin oʻzining oz sonli qoʻshini bilan Xurosonga, u yerdan esa turklar tomon qochishga majbur boʻladi. Firdavsiyning yozishicha, Xusrav II Parviz Bahromning ortidan uni qoʻlga olish uchu uch minglik qoʻshin yuboradi, ammo tajribali qo‘mondon Bahrom Choʻbin taʼqibchilarni mag‘lub etadi va Amudaryodan o‘tib, Erondan eson-omon qochib ketishga muvaffaq boʻladi.

Hukmronlik davridagi tangalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bahrom VI hukmronligining ikkinchi yilida zarb qilingan tangalar faqat sharqiy saroy aholisi (Abarshahr, Balx, Marv) va Ray aholisi uchun maʼlum boʻlgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]