Bahrom Choʻbin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bahrom Choʻbin (? - 592) - sosoniylar sulolasidan boʻlgan Xusrav I Anushirvon (531579) va Hurmuzd IV (579 - 590)ning sarkardasi. Bahrom Choʻbin 563567 yillari sharqda eftaliylar va ashina turklari bilan urush olib borgan. 60—70-yillarda Vizantiya bilan olib borilgan urushlarda magʻlubiyatga uchragan. Xusrav I va Hurmuzd IV davrida bir qator maʼmuriy islohotlar oʻtkazilib, badavlat aslzodalarning siyosiy mavqei cheklab qoʻyildi. Bahrom Choʻbin sarkardalikdan chetlatildi. Bahrom Choʻbinning mansabdai chetlatilishi katta qoʻzgʻolonga bahona boʻldi. U qoʻshin toʻplab, mamlakat poytaxti Ktesifonga qarab yurdi (590). Aynan shu vaqtda poytaxtda podshohga qarshi fitna uyushtirilib, Hurmuzd IV oʻddirildi, taxtga uning oʻgʻli Xusrav II Parviz oʻtirdi. Bahrom Choʻbin qoʻzgʻolonni davom ettirib, poytaxtii egʻalladi va oʻzini podshohdeb eʼloi qildi. Xusrav II Vi-zantiyaga, imperator Mavrikiy huzuriga qochdi va uning yordamida taxtni qayta qoʻlga kiritdi (591). Bahrom Choʻbin turk xoqoni huzuriga qochib, tez orala oʻsha yerda oʻldirildi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil