Otabek Mahkamov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Otabek Mahkamov

Otabek Mahkamov 2012-yilda
Asl ismi Otabek Mahkamov
Tugʻilishi 5-sentabr 1984 (1984-09-05) (35 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor, huquqshunos, Internet persona

Otabek Mahkamov (1984-yil 5-sentabr kuni Fargʻona yoki Toshkent shahrida tugʻilgan) — oʻzbekistonlik kino aktyor, huquqshunos va Internet persona. Mahkamov bir necha oʻzbek filmlaridagi yordamchi rollari bilan eʼtibor qozongan. Mahkamov odatda salbiy rollarni oʻynaydi. U yana oʻzbek qoʻshiqchilarning bir necha klipida ham rol oʻynagan, jumladan, Ozodbek Nazarbekovning „Meni kuchliroq sev“ qoʻshigʻi klipida.

Mahkamov oʻzining ilk rolini 2010-yil „Boʻrilar 3: Oxirgi qarz“ filmida jinoiy qidiruv vakili boʻlib oʻynagan. Aktyor „Majruh“ filmida tergovchi rolini oʻynaganidan soʻng Oʻzbekistonda eʼtibor qozondi. Mahkamov rol oʻynagan boshqa eʼtiborga loyiq filmlarga „Men yulduzman“ (2012), „Jodugar“ (2012), „Yondiradi-kuydiradi“ (2012) va „Fotima“ (2013) filmlari kiradi. 2016-yilda Mahkamov New York shahriga koʻchib borib, YouTubeda video blog yuklay boshladi.[1]

2015-yil Mahkamov oʻz tugʻilgan shahri, taʼlimi va qobiliyatlari haqda har xil va yolgʻon maʼlumotlarni berib borishi oshkor boʻldi.[2] Bu haqda ilk maqola 2015-yilning yanvarida markazi Oʻsh shahrida boʻlgan „Ijodkor“ adabiyot saytida chop etildi.[3] Bir oydan keyin Sayyod saytida Mahkamovning oʻzbek jurnalistlariga oʻzi haqda yolgʻon maʼlumot berib kelayotgani toʻgʻrisida qisqa maqola chop etildi.[4] Maqolada Mahkamov ochiqchasiga tanqid qilinmadi, lekin uning toʻliq versiyasi keyinroq chop etilishi bildirildi.

Mahkamov „Bekajon“ gazetasiga bergan intervyusi davomida oʻziga qoʻyilgan ayblovlarni rad etdi.[2] Ammo u oʻzi haqda jurnalistlarga bergan qarama-qarshi maʼlumotlarni izohlab berishdan bosh tortdi va „Siz aytayotgan mish-mishda ... asos yoʻq!“, deyish bilan cheklandi.[2]

Hayoti[tahrir]

Otabek Mahkamov 1984-yil 5-sentabrda yoki Fargʻona, yoki Toshkent shahrida tugʻilgan. Mahkamov bergan ayrim intervyularida tugʻilgan shahri Toshkent ekanligini,[5] boshqa intervyularida esa Fargʻonada[6] tugʻilganini aytgan. Otasi Abduvahob Sattorovich Mahkamov yoshligida vafot etgan. 2009-yil onasi Raʼno Erkinovna vafot etgan.[7]

Ish faoliyati[tahrir]

Oʻzbekistonda chop etiladigan gazetalarda yozilishicha, Mahkamov huquqshunoslik boʻyicha oliy maʼlumotga ega va shu sohada faoliyat olib boradi.[8][9][10][11][12] Gazeta-jurnallarda tarqatilgan maʼlumotga koʻra, u hozirda Oʻzbekiston hisobchilar va auditorlar milliy birlashmasida dars beradi.[5][13][14]

Mahkamov oʻzining ilk rolini 2010-yil „Boʻrilar 3: Oxirgi qarz“ filmida jinoiy qidiruv vakili boʻlib oʻynagan.[6] Aktyor „Majruh“ filmida tergovchi rolini oʻynaganidan soʻng Oʻzbekistonda qisman eʼtibor qozondi. Mahkamov rol oʻynagan boshqa eʼtiborga loyiq filmlarga „Men yulduzman“ (2012), „Jodugar“ (2012), „Yondiradi-kuydiradi“ (2012) va „Fotima“ (2013) filmlari kiradi.[15]

Mahkamov filmlarda rol oʻynash bilan birga oʻzbekistonlik qoʻshiqchilar kliplarida ham rollar ijro etib turadi. Jumladan, aktyor Ozodbek Nazarbekovning „Meni kuchliroq sev“ qoʻshigʻi klipida rol oʻynagan.[8][16]

Mahkamov yana mashhur kishilardan intervyu olib, ularni turli xil gazeta-jurnallarda chop etgan.[13][14] Shu kungacha u Cary-Hiroyuki Tagawa,[17] Frédéric Diefenthal,[18] Armand Assante,[19] Ennio Morricone,[20] va Mithun Chakrabortylardan[21] olgan intervyularini chop etgan.

Tanqidi[tahrir]

2015-yilda Mahkamov oʻz tugʻilgan shahri, olgan taʼlimi va qobiliyatlari haqda har xil va yolgʻon maʼlumotlarni berib borishi oshkor boʻldi.[2][3] Bu qarama-qarshiliklarning yuzaga chiqishiga Mahkamovning Oʻzbekcha Vikipediya administratorlaridan biriga oʻzi haqda maqola yaratilishini iltimos qilib murojaat qilishi sabab boʻldi.[3] Bu haqda ilk batafsil maʼlumot 2015-yilning yanvarida markazi Oʻsh shahrida boʻlgan „Ijodkor“ adabiyot saytida chop etildi. 2015-yilning 8-mart kuni Sayyod saytida Mahkamovning oʻzbek jurnalistlariga oʻzi haqda yolgʻon maʼlumot berib kelayotgani toʻgʻrisida qisqa maqola chop etildi.[4] Maqolada Mahkamov ochiqchasiga tanqid qilinmadi, lekin uning toʻliq versiyasi keyinroq chop etilishi bildirildi. Maqolaning toʻliq versiyasi keyinroq chop etilishi bildirildi.

Mahkamovning oʻz taʼlimi haqidagi iddaolari[tahrir]

Oʻzbekcha gazeta-jurnalarga koʻra, Mahkamov Budapesht shahrida joylashgan „Markaziy Yevropa huquqshunoslik universiteti“da oʻqigan.[6][16] Baʼzi intervyularida Mahkamov aynan shu universitetni „BMT qoshidagi Markaziy Yevropa huquqiy universiteti“ deb atagan.[12] Boshqa bir maqolada boʻlsa Mahkamov „Yevropa huquqni muhofaza qilish organlari akademiyasining xalqaro xususiy huquq boʻyicha yuridik fanlari doktori“ deb yozilgan.[22] Aslida Budapesht shahrida yoki bohsqa yerda bu nom bilan ataluvchi universitet mavjud emas. Mahkamovdan balki u Markaziy Yevropa universitetini nazarda tutgani soʻralganda, aktyor „Demak bu oʻsha“, deb javob berdi.[3] Ammo oliygoh xodimlari u yerda Otabek Mahkamov ismli shaxs tahsil olmaganini rasman bildirishdi.

Mahkamov ayrim intervyularida aslida mavjud boʻlmagan „Markaziy Yevropa huquqshunoslik universiteti“ni PhD (falsafa doktori) darajasi bilan tamomlaganini iddao qilgan.[23] Yana bir intervyusida PhD darajasini 2005-yil olganini iddao qilgan.[24] Oʻsha paytda Mahkamov 21 yoshda boʻlgani va maktabni bitirganiga endigina toʻrt yil boʻlgani eʼtiborga olinib, bu iddao ham yolgʻon ekanligi aytildi.[3]

Mahkamov baʼzi intervyularida „Yevropa universiteti“da shunchaki malaka oshirganini aytgan. Yana bir intervyusida „Markaziy Yevropa huquqiy universiteti“da bakalavr darajasida olish uchun oʻqiganini, keyin AQSHda magistratura qilganini aytgan, ammo aniq qachon va qayerdaligini ochiqlamagan.[12]

Mahkamovning tarjimonlik qobiliyati haqidagi iddaolari[tahrir]

Mahkamov muntazam ravishda ingliz tilini mukammal bilishini hamda ingliz tili unga ona tilidek boʻlib qolganini taʼkidlab keladi.[5][11] Mahkamovning bu iddaosi ham tanqid qilindi.[3] Xususan, uning filmlarda, jumladan, „Yondiradi, kuydiradi“ hamda „Kelgindi kelin 2 yoxud anjancha muhabbat“ filmlarida ham notoʻgʻri tarjima qilgani, ham notoʻgʻri gapirgani tanqidga uchradi.[3][25][26] Mahkamov intervyularining birida oʻzi ishtirok etgan filmlarda ingliz tilida aynan oʻzi ovoz berganini aytib oʻtgan.[24]

Mahkamovning tanqidlarga javobi[tahrir]

Mahkamov „Bekajon“ gazetasiga bergan intervyusi davomida oʻziga qoʻyilgan ayblovlarni rad etdi.[2] Ammo u oʻzi haqda jurnalistlarga bergan qarama-qarshi va notoʻgʻri maʼlumotlarni izohlab berishdan bosh tortdi. Aktyor „Siz aytayotgan mish-mishda ham asos yoʻq! Kechirasiz-u, bir kishi toʻgʻ­risida maqola yozayotganida uning shaxsiyatiga tegib emas, xolisona yondashish kerak emasmi? Muxlislarning fikrlarida salbiy, ha­qo­ratomuz gaplarni oʻqi­madim. Demak, odamlar kimgadir ergashmayapti. Yana bir muhim jihati, mevali daraxtga tosh otiladi. Demak, men mevali daraxt ekanmanki, tosh otishyapti“, deyish bilan cheklandi.[2]

Filmografiyasi[tahrir]

Film
Yil Film Rol Izoh
2010 Boʻrilar 3: Oxirgi qarz Jinoiy qidiruv vakili
Baxt izlab Prokuror
Onaizor Oʻyinchoq magazini direktori
Oʻgʻrigina kelin Xaridor
2011 Erka kuyov Prokuror
Kelganda kelin 2: Anjancha muhabbat Tarjimon
Majruh Tergovchi
Nafs Butik direktori
Yuzma-yuz Tender komissiyasi boshligʻi
2012 Akajonim xizmatingizdamiz Advokat
Bardosh Muhandislik shirkati egasi
Jodugar Advokat
Koreyalik kelin Sudya
Mehribonim Tergovchi
Men yulduzman Produser
Oqpadar Bankchi
Soddagina qiz Sudya
Xazina Jinoiy qidiruv vakili
Yondiradi-kuydiradi Kuyov
Yoningdaman Tadbirkor
Oʻjar kelin Shifokor
2013 Bir kunlik xoʻjayin Shifokor
Farzandim 2 Shirkat direktori yordamchisi
Fotima Restoran direktori
Gunoh Shirkat direktori oʻrinbosari
Jannatdagi boʻri bolasi Arxivchi
Koʻcha Shifokor
Oktyabr yomgʻiri Fizika oʻqituvchisi
Parchalangan xayol Ruhshunos
Qora qanotli farishta Bankchi
Panjara Advokat
Rashk Notarius kontorasi ishchisi
Turist Oʻtkinchi
Xazon Bosh qahramonning amakisi
Oʻlim farishtasi
2014 Koʻrgim keladi Tergovchi
Qora mushuk
2015 Baxt ortidagi dard Tergovchi
Onasini bolasi Sovchi
Qizalogʻim Yurist
Yetti olam
Yuragim seniki
Sevgi, balki bu jannat 2
Rashk 2
2016 Balli, Kamoliddin
Kliplar
Yil Qoʻshiq nomi Artist
2012 „Meni kuchliroq sev“ Ozodbek Nazarbekov
„Jonim mening“ Otabek Mutalxoʻjayev
„Kel yorim“ Rashid Holiqov
„Seni sevaman“ Ulugʻbek Qodirov
2013 „Bevafo yor“ Botir Yaminov
„Rolling in the Deep“ Shirin
2014 „Yogʻadi yomgʻir“ Benom
„Yorim“ Munisa Rizayeva
„Devonalarmiz“ Yulduz Usmonova
2015 „Qaley-qaley“ Otabek Mutalxoʻjayev

Manbalar[tahrir]

  1. Otabek Mahkamov: „Sizga mikrofoncham yoqmayotgan boʻlsa, yangisini sotib olib menga yuborishingiz mumkin“.. ProToday (31.05.2017). 26.07.2019.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Pardayeva, Husniya (20.04.2015). Otabek Mahkamov sanʼatda paydo boʻlishi, judolikdan keyingi hayot va soʻnggi mish-mishlar haqida. Bekajon. Asl nusxadan arxivlandi (02.07.2015). 12.06.2015.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 Atayev, Nodir (yanvar 2015). Davron Hotam:Otabek Mahkamov: „Haqiqat yuzini pardalab boʻlmaydi!“. Ijodkor. Asl nusxadan arxivlandi (16.06.2015). 12.06.2015.
  4. 4,0 4,1 Sardor Komilov:Huquqshunosman degan aktyor firibgarmi?. Sayyod (08.03.2015). Asl nusxadan arxivlandi (09.04.2015). 02.07.2015.
  5. 5,0 5,1 5,2 Rahmonova, Nigora (27.06.2013). "Otabek Mahkamov: „Har bir inson – ulugʻ ustoz“". Vodiy gavhari: 28-31. 
  6. 6,0 6,1 6,2 Nabiyeva, Maʼpura (09.08.2012). "Otabek Mahkamov: „Ulgurmoq bu muvaffaqiyatdir...“". Afrosiyob (Samarqand). 
  7. Ustimenko, Gulnora (22.02.2012). "Otabek Mahkamov: „Kinoga huquqshunos sifatida kelganman“". Humo: 6-7-betlar. 
  8. 8,0 8,1 Maxfura (13.08.2013). "Muxlis tanqidi: Kibr-havoga berilgan qahramonlar ijrochisi hayotda ham shundaymi?". Muloqot (Toshkent): 8-9-betlar. 
  9. Cлужение другим - неотъемлемая потребность человека. Дорожное Общество Красного Полумесяца (ruscha). Asl nusxadan arxivlandi (17.03.2014). 11.04.2014.
  10. Laylo (11.10.2012). "Otabek Mahkamov: „Huquqshunosga berilgan eng ogʻir jazo...“". Diyor (Toshkent): 34-35-betlar. 
  11. 11,0 11,1 Oripova, Feruza (10.05.2012). "Otabek Mahkamov: „Haqiqat yuzini pardalab boʻlmaydi“". Diydor (Toshkent): 5-bet. 
  12. 12,0 12,1 12,2 Tojiboyeva, Nafosatxon (20.12.2012). "Omad — ulgurishda". Sado (Toshkent): 4-bet. 
  13. 13,0 13,1 Алиев, Темур (05.05.2013). "Встреча для Вас" (ruscha). Новый век. http://noviyvek.uz/sotsium/vstrecha-dlya-vas.html. Qaraldi: 11.04.2014. 
  14. 14,0 14,1 Устименко, Гульнара (24.10.2011). "Отабек Махкамов: «Никто тебе не друг, никто тебе не враг, но каждый человек тебе великий учитель»" (ruscha). Семья (Ташкент): 8-bet. 
  15. Alisher qizi, Nigora (01.10.2013). "Otabek Mahkamov: „Yigit yetti qirrali boʻlsin yoki...“". Doktor Press: 9-bet. 
  16. 16,0 16,1 Nodira; Sevdora (03.05.2012). "Otabek Mahkamov: „Yaxshi yurist yaxshi aktyor boʻla olishi kerak“". Parvona (Toshkent): 8–9-betlar. 
  17. Mahkamov, Otabek (2013). "Cary-Hiroyuki Tagawa: „Biz baribir osiyoliklarmiz“". Vodiy gavhari: 24-25. 
  18. Mahkamov, Otabek (yanvar 2014). "Frédéric Diefenthal: „Men uchun muhimi – ritm“". Popcorn 1: 16-17. 
  19. Mahkamov, Otabek (fevral 2014). "Armand Assante: „5 yildan keyin filmlarni iPhone orqali suratga olishadi“". Popcorn 2: 18-19. 
  20. Mahkamov, Otabek (20.02.2012). "Ennio Morricone: „Sharq musiqasi — tilsim“". Sado: 17-bet. 
  21. Mahkamov, Otabek (mart 2014). "Mithun Chakraborty: „Oʻgʻlimning raqsi menikidan ustunroq“". Popcorn 3: 18-19. 
  22. Karimova, Dono (noyabr 2010). "Macaulay Culkinning huquqshunosi". Kelajak ovozi (Toshkent): 4-bet. 
  23. "Otabek Mahkamov: „Huquqshunosga berilgan eng ogʻir jazo…“". Diyor (Toshkent). 11.10.2012. 
  24. 24,0 24,1 Nabiyeva, Maʼpura (17.05.2012). "Otabek Mahkamov: „Ulgurmoq bu muvaffaqiyatdir...“". Tasvir (Toshkent): 18-bet. 
  25. Elizaveta Karali (rejissor) (2011). Yondiradi, kuydiradi (DVD). Toshkent: Sharq Sinema. Voqea 1:19:20 da sodir boʻladi.
  26. Dilmurod Aʼzamov, Dilbar Yusupova (rejissorlar) (2011). Kelgindi kelin 2 yoxud anjancha muhabbat (DVD). Toshkent: Davr Premer. Voqea 00:19:30 da sodir boʻladi.

Havolalar[tahrir]