Ayritom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ayritomo‘zbek xalqining qadimiy tarixi va madaniyatidan guvohlik beruvchi ko‘hna shahar xa-robasi. Termiz shahridan 18 km sharqda, Amudaryo qirg‘og‘ida joylashgan. Dast-lab A. yaqinida Amudaryo tubidan odam haykalchalari ishlangan friz (piramon) parchalari topilgan (1932), 1933 yil M. Ye. Masson rahbarligidagi Termiz ar-xeologiya kompleks ekspeditsiyasi A.da qazish ishlari olib borib, yana 7 ta friz bo‘laklari hamda budda ibodatxonasi xa-robasini topgan. Frizlar 12-asrlarga oid bo‘lib, ularda qo‘shnay, chiltor, ud, nog‘ora chalayotgan sozandalar va gulcham-barlar, meva solingan idishlar ko‘tarib olgan yigit-qizlar ifodalangan. Bundan tashqari A.dan miloddan avvalgi 2-asr oxiri va . 4-asrlarga oid ikkita qabr topilib, ularning biridan qurol-yarog‘lari bilan birga dafn qilingan jangchining, ikkinchisidan idish-tovoqlar hamda zeb-ziynatlari bilan ko‘milgan ayolning skeletlari chiqqan. 1963–66 yillarda A.da O‘zbekiston san’atshunoslik ekspeditsiyasi (B. Turg‘unov) ham qazish ishlari olib borgan. Devorlarining kalinligi 1,5 m, bal. 2–2,5 m bo‘lgan 15 ga yaqin eshik va derazasiz xonalar (diniy marosimlar o‘tkazilgan xonalar) topilgan. Xonalarga yuqoridan maxsus zinalar orqali tushilgan. 1978 yilda olib borilgan qazilmada yunon alifbosida 6 qator qilib bitilgan yozuvi bor haykal tagkursisi topilgan. A. moddiy-madaniy yodgorliklari o‘zbek xalqining kushonlar davridagi tarixini madaniy merosini, urf-odatlarini va boshqa o‘rganishda katta ahamiyatga ega.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil