Kontent qismiga oʻtish

Nogʻora va bayroq

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Nogʻora va bayroq - qadimda turkiy xalqlarda hokimiyat belgisi, ram-zi. N. va boshqalarni olgan shaxs maʼlum mamlakatning oliy hukmdori deb tanilgan. Masalan, Amir Temur 1370-yil Balxhrkimi amir Husaynga qarshi qoʻshin tortib borayotganda, Termiz yaqinidagi Biyo qishlogʻida makkalik shariflardan Sayyid Baraka unga oliy hrkimiyat, saltanat ramzi katta nogʻora — tabl va yalov — bayroq tortiq qiladi. Barokxon 1423—27 yillarda Ulugʻ Muhammad ustidan gʻalaba qilib, Oq Oʻrdada hokimiyat tepasiga kelgach, Ulugʻbek unga qimmatbaho sovgʻalar, shuningdek, N. va boshqa yuborganligi maʼlum.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil