Atsiklovir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Aciclovir 2D structure.svg
Aciclovir ball-and-stick 2KI5.png
Atsiklovir kimyoviy formulasi
Sistematik (IUPAC) nomi
2-Amino-1,9-dihydro-9-((2-hydroxyethoxy)methyl)-3H-purin-6-one
Identifikatorlar
CAS raqami 59277-89-3
ATK kodi J05AB01 (WHO) D06BB03 (WHO), S01AD03 (WHO), D06BB53 (WHO)
PubChem ?
Kimyoviy maʼlumot
Formulasi C8H11N5O3
Mol. massasi 225.20
Farmakokinetik maʼlumot
Biofoydalilik 15-20% (og'iz orqali)
Metabolizm Jigar orqali
Yar. parch. davri 2-4 soat
Ekskretsiya Buyrak (62-90% gacha o'zgarmagan holda)
Terapevtik tavsiyalar
Homiladorlik kat.

B3

Qonuniy statusi
Qabul qilish o'giz orqali,surtma,vena ichiga

Atsiklovir — viruslarga qarshi dori vosita hisoblanadi va asosan Herpes simplex ning I va II turlari, Varicella zoster (suvchechak) va Herpes zoster — (oʻrab oluvchi temiratki) virusi chaqirgan birlamchi va qaytalanuvchi infeksiyalarni davolashda qoʻllanadi.[1][2] Atsiklovir virusga qarshi dori vositasi boʻlsa ham, uning toʻliq davosi emas.Ushbu viruslar inson organizmida doimo mavjud va ular keltirib chiqaradigan belgilar faqat immun tizimi faoliyati pasayishi yoki surunkali kasalliklar paytidagina namoyon boʻla boshlaydi. Atsiklovir viruslar (Herpes simplex,Varicella zoster,Herpes zoster) keltirib chiqargan belgilar (toshmalar, yaralar) kamaytirib, organizmni qayta tiklanishiga koʻmak beradi.[3]

Qoʻllanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Herpes simplex ni 1 va 2 tur va Varicella zoster viruslari chiqargan infeksiyalarni davolash va oldini olish:

— teri va shilliq qavatlarning oddiy gerpesi (birlamchi va qaytalanuvchi);

— genital gerpes (birlamchi va qaytalanuvchi);

— oʻrab oluvchi temiratki (oʻrab oluvchi gerpes);

— suvchechak (tipik toshma paydo boʻlganidan keyingi birinchi 24 soat)

— yaqqol immuntanqisligi boʻlgan bemorlarda (shu jumladan transplantasiyadan keyin, immunodepressiv dori vositalarini qabul qilganda, OIV-infeksiyalangan pasientlarda, ximioterapiya fonida) qoʻllanadi.[4]

Homiladorlikda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Homiladorlikda qoʻllanishi boʻyicha B guruhga mansub. CDC va boshqalar homiladorlikda kuzatilgan genital gerpes (birlamchi va qaytalanuvchi) yoki teri va shilliq qavatlarning oddiy gerpes (birlamchi va qaytalanuvchi) paytida foydalanishni tafsiya etadi.[5] Sichqon, quyon va kalamushlarda oʻtkazilgan tajribalarga koʻra (10 baravar kuchli doza kiritilganda) baʼzi tugʻma nuqsonlar kuzatilgan.[6]

Atsiklovir koʻkrak suti bilan ajraladi, shuning uchun onalardan ehtiyotkor boʻlish talab etiladi.

Nojoʻya taʼsirlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: koʻngil aynishi, qusish, diareya, qorin ogʻriqlari; kam hollarda — bilirubin darajasini va jigar fermentlarining faolligini qaytuvchan oshishi.

Qon yaratish tizimi tomonidan: juda kam hollarda — anemiya, leykopeniya, trombositopeniya.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda — qonda mochevina va kreatinin darajasini oshishi. juda kam hollarda — oʻtkir buyrak yetishmovchiligi.

MNT tomonidan: bosh ogʻrigʻi, kam hollarda — bosh aylanishi, ongning chalkashishi, gallyutsinasiyalar, uyquchanlik, paresteziyalar, tirishishlar, koma kabi qaytuvchan nevrologik buzilishlar. Odatda bu nojoʻya samaralari buyrak yetishmovchiligi boʻlgan pasientlarda preparat tavsiya etilgandan yuqori dozalar qabul qilinganida kuzatilgan.

Allergik reaksiyalar: toshma, fotosensibilizasiya, eshakemi, qichishish; kam hollarda -xansirash, angionevrotik shish, anafilaksiya.

Isitma, limfoadenopatiya, perefirik shishlar, koʻrishning buzilishlari, mialgiya.

Boshqalar: tez charchash; kam hollarda — alopesiya.

Farmakologik xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guanosine-acyclovir-comparison.png

Viruslarga qarshi (antigerpetik) vosita — purin nukleozidining sintetik analogi, in vitro va in vivo sharoitlarda 1 va 2 tur Herpes simplex viruslari, Varicella zoster virusi, Epshteyn-Barr virusi va sitomegalovirusini replikasiyasini ingibisiya qilish xususiyatiga ega.

1 va 2 tur Herpes simplex viruslariga nisbatan; suvchechak va oʻrab oluvchi temiratki (Varicella zoster) chaqiruvchi virusi; Epshteyn-Barr virusiga nisbatan yuqori faol (viruslarning turlari asiklovirning minimal bostiruvchi konsentrasiyasi koʻrsatkichini oshirib borishi tartibida koʻrsatilgan). Sitomegalovirusga nisbatan oʻrtacha faol. Virusli timidinkinazani saqlovchi infeksiyalangan hujayralarda asiklovirni fosforlanishi va asiklovir monofosfatga aylanishi yuz beradi. Guanilatsiklaza taʼsiri ostida asiklovir monofosfat difosfatga va bir qancha xujayra fermentlari taʼsiri ostida — trifosfatga aylanadi. Aynan viruslarga yuqori tanlangan taʼsiri va odam uchun kam toksikligi, asiklovirni infeksiyalanmagan hujayralar timidinkinaza fermenti uchun substrat emasligi bilan bogʻliq, shuning uchun u sut emizuvchilarning hujayralari uchun kam toksikdir. Asiklovir trifosfat virus DNK sintezini (replikasiyasini) uchta mexanizm orqali ingibisiya qiladi:

1) DNK sintezida dioksiguanezin trifosfat raqobatli oʻrnini almashtiradi;

2) sintezlanayotgan DNK zanjiriga „teriladi“ va uning uzayishini toʻxtadi;

3) virusning DNK-polimerazasini fermentini susaytiradi.

Natijada odam organizmida viruslarni koʻpayishi bloklanadi. Asiklovirni taʼsirining spesifikligi va yuqori selektivligi, shuningdek asosan viruslar bilan shikastlangan hujayralarda toʻplanishi bilan bogʻliq. Gerpetik infeksiyalarida toshmaning yangi elementlarining hosil boʻlishini oldini oladi, teri disseminasiyasi va visseral asoratlar ehtimolini pasaytiradi, qatirmalar hosil boʻlishini tezlashtiradi, oʻrab oluvchi gerpesning oʻtkir fazadagi ogʻrigʻini kamaytiradi. Immunitetni ragʻbatlantiruvchi taʼsir koʻrsatadi.

Farmakokinetikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Atsiklovir 3D

Ichga qabul qilinganidan keyin ichakda qisman soʻriladi, past lipofilligi tufayli    200 mg peroral qabul qilingandan keyin soʻrilishi 20 % (15-30 %), ammo bunda virusli kasalliklarni samarali davolash uchun yetarli boʻlgan dozaga bogʻliq konsentrasiyalari hosil boʻladi. Ovqat asiklovirning soʻrilishiga ahamiyatli taʼsir koʻrsatmaydi. Doza oshirilishi bilan biokiraolishligi kamayadi.

Maksimal konsentrasiya (Cmax) ichga 200 mg sutkada 5 marta buyurilgandan keyin -           0,7 mkg/ml, minimal konsentrasiya (Cmin) — 0,4 mkg/ml, maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti — 1,5-2 soat. Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi — 9-33 %. Gematoensefal toʻsiqdan oʻtadi. Aʼzolar va toʻqimalarga yaxshi oʻtadi (shu jumladan bosh miya, buyraklar, oʻpka, jigar, koʻz ichi suyuqligi, koʻz yoshi suyuqligi, ichak, mushaklar, taloq, koʻkrak suti, bachadon, shilliq pardalar va qin ajralmalari, sperma, amniotik suyuqlik, gerpetik pufakchalar ichidagisi); orqa miya suyuqligidagi konsentrasiyasi, qondagi kabi — 50 %. Asiklovir yoʻldosh orqali oʻtadi, koʻkrak suti bilan ahamiyatsiz konsentrasiyalarda chiqariladi.     200 mg dozada sutkada 5 marta ichga qabul qilinganidan keyin, asiklovir koʻkrak sutida plazmadagi konsentrasiyasidan 0,6-4,1 % tashkil qiluvchi konsentrasiyalari aniqlanadi (koʻkrak sutidagi bunday konsentrasiyalarda emizikli bolalar ona suti bilan 0,3 mg/kg gacha boʻlgan dozada asiklovir olishlari mumkin). Jigarda 9-karbometoksimetilguanin metaboliti hosil boʻlishi bilan metabolizmga uchraydi.

Kalavalar filtrasiyasi va naychalar sekresiyasi yoʻli bilan buyraklar orqali chiqariladi: ichga qabul qilinganida — katta qismi oʻzgarmagan holda (dozaning 62-91 %) va metaboliti koʻrinishda (oʻrtacha 14 %). 2 % kamrogʻi meʼda-ichak yoʻllari orqali chiqariladi; izi miqdorlari nafas bilan chiqaralayotgan havoda aniqlanadi.

6 soat davomidagi bir martalik gemodializ seansida asiklovirning plazmadagi konsentrasiyasi taxminan 60 % kamayadi; peritonial dializda asiklovirning klirensi ahamiyatli oʻzgarmaydi.

Ichga qabul qilinganida kattalarda yarim chiqarilish davri (T1/2) — 3,3 soat, 1 yoshdan         18 yoshgacha bolalar va oʻsmirlarda — 2,6 soat. Chiqarilish tezligi yosh oʻtgan sari sekinlashadi, lekin faol preparatning T1/2 biroz oshadi.

Ogʻir surunkali buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarda T1/2 — 20 soatgacha. Buyrak yetishmovchiligidagi (kattalarda kreatinin klirensning (KK) koʻrsatkichilariga qarab) T1/2; KK 80 ml/min — 2,5 soat, 50-80 ml/min — 3 soat, 15-50 ml/min — 3,5soat, anuriyada -  19,5 soat, gemodializ oʻtkazish vaqtida — 5,7 soat, doimiy ambulator peritonial dializda -  14-18 soat. OITS-infeksiyalangan pasientlarga asiklovir va zidovudin bir vaqtda yuborilganida ikkala preparatning farmakokinetik xarakteristikasi deyarli oʻzgarmaydi.[4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Acyclovir (Oral Route, Intravenous Route)“. Mayo Clinic (01-feb. 2022-yil). Qaraldi: 22-may 2022-yil.
  2. „Asiklovir tabletkalar“ (O'zbek). Medu.uz. Qaraldi: 22-may 2022-yil.
  3. „Acyclovir - Uses, Side Effects, And More“ (Ingiliz). WebMD.com. Qaraldi: 22-may 2022-yil.
  4. 4,0 4,1 „ASIKLOVIR tabletkalari 200mg N20“ (O'zbek). Apteka.uz. Qaraldi: 28-may 2022-yil.
  5. „Drugs for non-HIV viral infections“ (Ingiliz). PubMed (2005 apr;3). Qaraldi: 28-may 2022-yil.
  6. „Use in pregnancy: (Category B3)“. Qaraldi: 28-may 2022-yil.