Atoyi
Ushbu maqolani Atoiy bilan birlashtirish taklif etiladi. |
Atoyi Mumtoz sheʼriyatda gʻazal janrining taraqqiyotiga hissa qoʻshgan shoir. Balx shahrida yashagan, yassaviylik tariqati shayxlaridan Ismoil otaning oʻgʻli. Mirzo Ulugʻbek saroyga bir qancha shoir va olimlarni taklif etganda, ular orasida Atoyi ham bor edi.
Bizgacha birgina devoni maʼlum, unda shoirning 260 gʻazali jamlangan, u Rossiya FA Sankt-Peterburg boʻlimida saqlanadi (inv.22 V-2456).
Atoyi xalq sheʼriyatida gʻazal janri yetakchilik qiladi, ularning aksariyati tasavvufiy ruhda. Til va uslub jihatidan xalq ijodiga yaqin boʻlib, xalq iboralari, taʼbirlari, maqollariga boyligi bilan ajralib turadi. Bu omillar shoir gʻazallarining xalqchilligini taʼminlagan.
Nashr qilingan asarlari[tahrir]
- Oʻzbek adabiyoti namunalari (tuz. prof.Fitrat). — T.: 1928;
- Otoyi. Gʻazallar (nashrga tayyorl. E.Rustamov). — T.: 1958;
- Atoyi. Gʻazallar. Kitobda : Hayot vasfi. — T.: 1988.
Ilmiy adabiyot[tahrir]
- E.Rustamov. Uzbekskaya poeziya pervoy polovini 15 veka. — M. 1963.
- S. Rafiddinov. Majoz va haqiqat. — T.: 1998.