Kontent qismiga oʻtish

Arxipelag (orollar)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Arxipelag, Gresiya arxipelagi – Egey dengizida, Bolqon yarim oroldan Kichik Osiyo yarim orol qirgʻoqlarigacha choʻzilgan toʻda-toʻda orollar (Shimoliy va Janubiy Sporadalar, Kikladlar, Evbeya, Xios, Lesbos, Krit va boshqalar). Maydoni 20 ming km². A. orollari uchlamchi davrda Egey dengizi oʻrnida boʻlgan quruqlikning qoldiqlaridir. Barcha orollar togʻ va qirlardan iborat. Balandligi 2456 m gacha (Krit o.). Vulkanlar ot-ilib, tez-tez zilzila boʻlib turadi. Doim yashil oʻrta dengiz oʻsimliklari oʻsadi. Ahrlisi subtropik oʻsimliklar yetishti-rish va baliq ovlash bilan shugʻullanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil