Sporada orollari
Qiyofa
Sporada orollari, Tarqoq orollar — Egey dengizidagi orollar. Gretsiya hududi. Janubiy Sporada va Shimoliy Sporada o.lari guruhiga boʻlingan. Umumiy maydoni 4 ming km² dan ziyod. Yirik orollari — Rodos, Samos (Janubiy Sporada o.lari) va Skiros (Shim. Sporada o.lari). Yer yuzasi doʻngtepalar va past togʻlardan iborat. Kserofit butalar oʻsadi. Aholi chorvachilik, baliq ovlash bilan shugullanadi. Sitrus mevalar, tamaki yetishtiriladi. Zaytunzor va tokzorlar bor. Yirik shaharlari: Rodos, Samos. Yunon madaniyati yodgorliklari saqlangan. Turizm rivojlangan.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |