Ardasher Sayid Hasan
Jump to navigation
Jump to search
Ardasher Sayid Hasan (1418 — Hirot — 1489) — turkiy shoir, olim. A.ning otasi temuriylardan Boysunqur Mirzo xizmatida ov qushlarini o‘rgatuvchi bo‘lib, qushbegilik lavozi-migacha ko‘tarilgan. Shuning uchun A. uz ismiga "sayid" laqabini qo‘shgan. Arab tili, bade’ ilmi, tarix, musiqa naza-riyasi, she’r san’atini chuqur bilgan. Turkiy, fors tillarida ijod qilgan. Navoiy bilan Mashhadda tanishgan (1456), uning ijodiy kamolotiga katta ta’sir ko‘rsatgan. "Bu faqirg‘a ota masoba (dara-ja)sida erdi", — deb yozgan edi Navoiy "Majolis un-nafois"da. Shu kitobi-da Navoiy A. haqida ma’lumot beradi, uning bir qit’a va bir baytini namuna sifatida keltiradi. A. ijodidan boshqa asarlari bizgacha yetib kelmagan.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |