Kontent qismiga oʻtish

Ardakon

Koordinatalari: 32°18′34″N 54°1′7″E / 32.30944°N 54.01861°E / 32.30944; 54.01861
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ardaqondan yoʻnaltirildi)
Ardakon

اردكان
Shahar
Skyline of Ardakon
Eron
Bayroq
32°18′34″N 54°1′7″E / 32.30944°N 54.01861°E / 32.30944; 54.01861
Mamlakat Eron
Aholisi
 (2016)
75,271 [1]
Vaqt mintaqasi UTC+3:30 IRST
Ardakon xaritada
Ardakon
Ardakon

Ardakon (forscha: اردكان, shuningdek, Ardakan va Artagan sifatida romanizatsiya qilingan)[2] — Eronning Yazd viloyatidagi Ardakan okrugining markazi. 2016-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, uning aholisi 75,271 kishi, 22,475 oiladan iborat edi[3].

Ardakon Yazd viloyatining ikkinchi yirik shahri. XII asrda Zardugʻ hududida tashkil etilgan. Ardakon Yazddan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan boʻlib, quruq iqlimga ega.

Ardakon soʻzi forscha „muqaddas joy“ yoki „toza joy“ (forscha: arda+kan / pahlaviy: arta+gan) degan maʼnoni anglatadi. Shaharda Ardakon Katta masjidi (Masjed-e Jome) Zire-deh masjidi, Imomzoda Mir Sayyid Muhammad va Tekye bozori kabi koʻplab tarixiy va diniy diqqatga sazovor joylar mavjud.

Bu hudud Eronning zardushtiylik markazlaridan biri boʻlib, Ardakon yaqinidagi Sharifobod qishlogʻida zardushtiyning koʻplab muqaddas qadamjolari mavjud. Har yozda dunyoning turli burchaklaridan minglab zardushtiylar u yerga ziyorat qilish uchun yigʻilishadi.

Eng mashhur ziyoratgoh — Pir-e Sabz Chak Chak. Bundan tashqari Pirshoh Eshtad Izad, Pirshoh Tashtar Izad, Pirshoh Mehr Izad va Pirshoh Murad kabi ziyoratgohlar ham mavjud.

Ardakon Eronning sobiq prezidenti Muhammad Xotamiyning tug‘ilgan joyidir.

Ardakondagi binoning koʻrinishi. (Rasm: Amirrizo Tavassoli)
Ardakondagi binoning koʻrinishi. (Rasm: Amirrizo Tavassoli)
Ardakandagi binoning koʻrinishi. (Rasm: Amirrizo Tavassoli)
  1. „Statistical Center of Iran > Home“.
  2. Ardakon can be found at GEOnet Nom Serveri, at this link, by opening the Advanced Search box, entering "-3053575" in the "Unique Feature Id" form, and clicking on "Search Database".
  3. „Census of the Islamic Republic of Iran, 1385 (2006)“ (Excel). Eron statistika markazi. 2011-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.