Kontent qismiga oʻtish

Aralash jang sanʼati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aralash Jang San'ati
Jang sanʼati nomi (JS): Aralash Jang San'ati
Boshqa nomlari: MMA, Aralash Yakkakurash
Asos solingan sanasi: XX asr boshlari
Mamlakat:  Yaponiya

MMA ("aralash jang sanʼati" yoki "aralash yakkakurash"), turli jang sa'nati texnikalarini o'z ichiga olgan kombat sport turi hisoblanadi. Boshqa jang san'atlaridan farqli o'laroq, MMAda jang qoidalari qo'l va oyoq zarbalari, kurash va sabmishnni o'z ichiga oladi. MMAda janglar odatda 3-5 raundlar orasida 1 daqiqa tanaffus bilan, va har bir raund 5 daqiqa davom etadi. MMA atamasi ilk bor kombat sport turlari hakami, sobiq politsiya hodimi bo'lgan Jon Makkarti tomonidan qo'llanilgan[1] va keyinchalik UFC, PRIDE va boshqa MMA tashkilotlari tomonidan qo'llanish boshlangan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

UFC 74: Kley Guida va. Markus Aurelio

Kombat jang san'ati uzoq tarixga ega va u qadimgi Xitoyga borib taqaladi. Zamonaviy MMA tarixi esa XIX asr oxirlariga borib taqaladi. Bu davrda MMA asosan gibrid formatda shakllangan va aniq bir qoidalarga ega bo'lmagan. Osiyo davlatlari(Gong Kong, Yaponiya va b.) va Amerika qit'asi(Braziliya, Meksika, AQSH va b.)da turli formatdagi aralash jang san'ati doirasida musobaqalar tashkil qilinib borilgan. Bu davrda MMAni dunyoga tanilishida eng katta rol o'ynagan sport ustalari Greysi oilasi, Barton Rayt, Bruce Lee, Antonio Inoki va boshqalar bo'lishgan.

MMA tashkilotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

UFC[tahrir | manbasini tahrirlash]

UFC - AQSHda tashkil qilingan ilk MMA tashkilotlaridan biri va bugungi kunga kelib, bozor qiymati daromadi bo'yicha dunyodagi eng katta kombat sport promouterlik tashkiloti[2] hisoblanadi.

PRIDE[tahrir | manbasini tahrirlash]

ONE 165: Superlek vs. Takeru

PRIDE - Yaponiyaning dunyoga mashxur ilk MMA tashklilotlaridan biri bo'lgan. Uning ochilish marosimi 1997-yil 11-oktabrda "Tokyo Dome" arenasida bo‘lib o‘tgan. 2007-yilga kelib tashkilot ZUFFA ostida o'z faoliyatini tugatgan. PRIDE tarixi davomida 60dan ortiq MMA kechalarini tashkil qildi va dunyoning 40 ga yaqin davlatiga translyatsiya qilindi.

ONE[tahrir | manbasini tahrirlash]

ONE Championship - 2011-yil Singapurda Chatri Sityodtong va Viktor Kui tomonidan tashkil etilgan jang san'atlari tashkiloti[3]. Dastlab aralash jang san'atiga (MMA) e'tibor qaratgan ONE, bugungi kunda muaytay, kikboksing va BJJ janglarini ham o'tkazib keladi.

MMA Qoidalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

MMA qoidalari - illustrativ

G'alaba[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jangda g'alaba odatda belgilangan vaqt o'tgandan keyin hakamlarning qarori, hakamning to'xtatilishi (masalan, agar raqib o'zini himoya qila olmasa) yoki shifokor xulosasi(jarohat tufayli) bilan erishiladi. Boshqa vaziyatlarda esa, raqibni bo'ysundirish, nokaut, texnik nokaut, yoki murabbiylar xohishi bilan jang g'olibi aniqlanadi.

Nokaut[tahrir | manbasini tahrirlash]

Agarda jangchi og'ir yoki ketma-ket berilgan zarbalar sabab jangni davom ettirda olmasa nokaut deb topiladi, va jang raqib foydasiga hal bo'ladi.

Texnik Nokaut[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hakamning qarori[tahrir | manbasini tahrirlash]

Agar hakam davom etayotgan o'yinni to'xtatishi mumkin, agar:

  • Jangchi shu darajada dominant bo'lib qoladiki, raqib o'zini oqilona himoya qila olmaydi va buning natijasida haddan tashqari zarar ko'radi.
  • Jangchi urilganda hushini yo'qotayotganga o'xshaydi
  • Jangchining kesish yoki singan suyagi kabi jiddiy jarohati bor ko'rinadi
Shifokor xulosasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shifokor jangchini tekshiradi va agar uning jarohati jiddiy deb topilsa, jangni davom ettira olmaydi va raqib jangda g'olib deb topiladi. Ammo, agar raqibning noqonuniy xatti-harakatlari natijasida jarohat olinganligi ma'lum bo'lsa, raqibga diskvalifikatsiya beriladi yoki jang bekor qilinadi.

Murabbiy xohishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jangchining murabbiylari jang davomida yoki raundlar oralig'ida sochiqni tashlash orqali jangchi nomidan mag'lubiyatni e'lon qilishi mumkin. Bunday vaziyatda murabbiylar jangchining holatidan kelib chiqib qaror berishadi.

Bo'ysundirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jangchi o'yin davomida mag'lubiyatni ikki usulda tan olishi mumkin:

  • raqibning tanasiga yoki gilamiga/poliga kaft bilash urish orqali
  • og'zaki aytish orqali

Bunday mag'lubiyat uchun jangchi raqib tomonidan jangni davom etishiga imkon qolmaydigan vaziyatga olib kelinish kerak bo'ladi.

O'zbekistonda MMA[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'zbekistonda qisqa tarixga ega bo'lishiga qaramay, MMA bugungi kunga kelib keng ommaga tanilgan sport turiga aylangan. Professional O'zbek MMA jangchilari turli xalqaro chempionatlarda qatnashib nufuzli o'rinlarni egallab kelishmoqda.


  1. „Big John McCarthy – Legendary UFC Referee“. Low Kick MMA.
  2. „The Most Valuable Combat Sports Promotions 2024“. Forbes.
  3. „The History of ONE Championship“.