Arafot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

ArafotMakkadan 20 km narida joylashgan, uz. 11 – 12 km va kengligi 6,5 km bo‘lgan vodiy. Shimoliy tomondan tog‘ tepaligi bilan o‘ralgan, bu tepalik ham A. deyiladi. Qurbon oyi (Zilhijja oyi)ning 9-kuni, ya’ni arafa kuni hojilar shu tepalikka chiqib, to Quyosh botgunga qadar ibodat bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Islom manbalaridagi rivoyatga ko‘ra, Ibrohim (as)ga Jabroil shu tepalikni ko‘rsatib: "Shu joy – Arafotdir, bilib oling, haj arkonlari shu yerda kamoliga yetadi, shu yerda gunohlaringizni e’tirof etasiz", deganlar. Boshqa bir rivoyatda Odam Ato bilan Momo Havvo jannatdan chiqarib yuborilganlaridan keyin bir-birlari bilan shu yerda uchrashganlar, dey-iladi. A. tepaligida bir baland joy borki, u yerni "jabali rahma", ya’ni "rahmat tog‘i" deyiladi. Muhammad (sav) vafotlaridan 81 kun oldin, hijratning 10-yili Madinadan hajga kelib, arafa kuni shu tepalikka chiqqanlar va oq tu-yalarini cho‘ktirib, uning ustida turib "Vidolashuv va’z"larini aytganlar. Shu sababli bu joy uzoqdan ko‘rinib turish-ligi uchun ustun shaklida ko‘tarilib, oqqa bo‘yab qo‘yilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil