Kontent qismiga oʻtish

Andriy Lunin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Andriy Lunin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Andriy Oleksiyovich Lunin
Tavallud sanasi 11-fevral 1999-yil (1999-02-11) (26 yosh)[1]
Tavallud joyi Berestin, Ukraina
Boʻyi 192 cm (6 ft 3 12 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Real Madrid
Raqami 13
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2012—2015 Metalist Xarkov
2015—2016 Dnipro
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016—2017 Dnipro 22 (0)
2017—2018 Zorya Luhansk 29 (0)
2018— Real Madrid 33 (0)
2018—2019   Leganés 5 (0)
2019—2020   Valladolid 0 (0)
2020   Oviedo 20 (0)
Milliy terma jamoa
2014—2015 Ukraina U16 5 (0)
2015—2016 Ukraina U17 9 (0)
2016 Ukraina U18 1 (0)
2017 Ukraina U19 3 (0)
2019 Ukraina U20 6 (0)
2017—2018 Ukraina U21 5 (0)
2018— Ukraina 13 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Andrey Oleksiyovich Lunin (ukraincha: Андрій Олексійович Лунін Andrey Lunin; 1999-yil 11-fevralda tugʻilgan) – ukrainalik professional futbolchi, La Liganing „Real Madrid“ klubi va Ukraina milliy futbol terma jamoasi darvozaboni.

Jamoalardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lunin „Metalist“ yoshlar sport maktabi (birinchi murabbiyi Aleksandr Xrabrov) va „Dnepr“ yoshlar sport maktabi (birinchi murabbiy Kostyantyn Pavlyuchenko) jamoasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

2016-yilning yozidan boshlab, oʻsmirlar sport maktabini tugatgandan soʻng, u „Dnepr“ zaxira jamoasida oʻynadi. Lunin 17 yoshida asosiy tarkib futbolchisi sifatida 2016-yil 16-oktyabr kuni Ukraina Premer-ligasida Lvovning „Karpaty“ klubiga qarshi oʻyinda debyut qildi[2]. Mavsumning qolgan qismida „Dnepr“ning birinchi raqamli darvozaboni boʻlib, jamoa safida liga va klub musobaqalarida jami 25ta oʻyinda maydonga tushdi. Biroq mavsum yakunida moliyaviy tartibsizliklar tufayli „Dnepr“ toʻgʻridan-toʻgʻri Ukraina Ikkinchi ligasiga (futbolning uchinchi darajasi) tushib ketdi va koʻplab oʻyinchilar, jumladan, Luninga ham klubni tark etishga ruxsat berildi[3].

Zorya Lugansk

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lunin 2017-18-yilgi mavsumni „Zorya Lugansk“ klubi tarkibida oʻtkazib, u yerda ham qisqa muddat ichida oʻzini birinchi darvozabon sifatida koʻrsatdi. 2017-yilning 14-sentyabrida Lunin Yevropa Ligasi guruh bosqichida „Arena Lvov“ oʻyingohida „Östersunds“ga qarshi bahsda (0:2) Yevropadagi debyutini oʻtkazdi. U oʻsha mavsumda barcha musobaqalarda 36 ta oʻyinda, shu jumladan, Zoryaning Yevropa Ligasidagi oltita oʻyinida maydonga tushdi.

Lunin Ispaniya kubogi doirasida CD Leganésga qarshi oʻyinda.

2018-yilning 19-iyunida Madridning „Real“ klubi Zorya Lugansk bilan Lunin transferi yuzasidan 8,5 million yevro va 5 million bonuslar evaziga kelishuvga erishdi[4]. Toʻrt kundan soʻng shartnoma imzolandi va u klub tarixidagi birinchi ukrainalik futbolchiga aylandi[5]. 2018-yilning 27-avgustida u La Liganingboshqa bir jamoasi CD Leganesga ijaraga berildi[6][7]. Chempionatning yarmida u Ivan Kuelyarning oʻrinbosari boʻlishidan mamnun ekanligini va shartnomasini yakunlashini aytdi[8].

2019-yil 13-avgustda u 2019/20 yilgi mavsum uchun „Real Valyadolid“ ga ijaraga berildi[9][10]. 2019-yil 15-oktyabrda Lunin 2019-yilgi Golden Boy mukofoti uchun 21 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi 20 nafar futbolchi roʻyxatiga kiritildi[11].

2020-yilning 15-yanvarida „Real Valyadolid“ bilan shartnoma bekor qilindi. Oʻsha kuni Real Oviedo Luninni 2020-yilning 30-iyuniga qadar ijaraga olganini eʼlon qildi[12][13].

U 2020-21-yilgi Ispaniya Kubogi doirasida Alkoyanoga qarshi 1:2 hisobida magʻlubiyatga uchralgan bahsning qoʻshimcha boʻlimida maydonga tushib „Real Madrid“ safidagi ilk debyutini oʻtkazdi[14]. Madridliklar 2021-22 yilgi mavsum chempionligini rasmiylashtirganidan soʻng, Lunin 2022-yil 8-may kuni Madrid derbisida „Real“ 1:0 hisobida „Atletiko“ga gʻalabani boy bergan oʻyinda La Ligadagi debyutini amalga oshirdi[15]. 2022-yil 15-may kuni u „Kadis“ga qarshi oʻyinda harakat qilib, penaltini qaytarishga muvaffaq boʻldi va jamoani mehmondagi magʻlubiyatdan asrab qoldi (1:1)[16][17][18].

Xalqaro maydondagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lunin Ukraina terma jamoasidagi debyutini 19 yoshida, 2018-yilning 23-mart kuni Saudiya Arabistoni bilan oʻrtoqlik uchrashuvida (1:1) oʻtkazdi[19].

2019-yilda u Ukraina U20 terma jamoasi safida FIFA U-20 Jahon chempionatidagi birinchi gʻalabasiga erishdi[20]. U jamoaning yettita oʻyinidan oltitasida maydonga tushdi, Serbiya va Lyuksemburgga qarshi UEFA Yevro-2020 saralash bosqichi oʻyinlarida Ukrainaning asosiy tarkibiga chaqirilgani uchun Kolumbiyaga qarshi chorak final uchrashuvini oʻtkazib yuborishga majbur boʻldi[21][22]. Janubiy Koreyaga qarshi kechgan final oʻyinidan soʻng (3:1) Lunin turnirning eng yaxshi darvozaboni sifatida „Oltin qoʻlqop“ bilan taqdirlandi[23].

Karyera statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2022-yil 15-may holatiga ko'ra[24]
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Mintaqaviy Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Dnepr 2016-17 Ukraina Premer-ligasi 22 0 3 0 25 0
Zorya Lugansk 2017-18 Ukraina Premer-ligasi 29 0 1 0 6 0 36 0
Real Madrid 2018-19 La Liga 0 0 0 0 0 0 0 0
2020-21 La Liga 0 0 1 0 0 0 1 0
2021-22 La Liga 2 0 2 0 0 0 4 0
2022-23 La Liga 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 2 0 3 0 0 0 5 0
Leganes (ijara) 2018-19 La Liga 5 0 2 0 7 0
Valyadolid (ijara) 2019-20 La Liga 0 0 2 0 2 0
Oviedo (ijara) 2019-20 Segunda divizioni 20 0 20 0
Karyera jami 78 0 11 0 6 0 95 0
202-yil 8-iyun holatiga ko'ra[25]
Ukraina
Yil Oʻyin Gol
2018 4 0
2019 1 0
2020 1 0
2022 1 0
Jami 7 0

Real Madrid

Ukraina U20

  • FIFA U-20 Jahon chempionati: 2019[20]

Individual

  • Ukrainaning oltin isteʼdodi: 2017-yil
  • FIFA U-20 Jahon chempionati Oltin qoʻlqop: 2019[30]
  1. „First Team: Lunin“. Real Madrid CF. Qaraldi: 2023-yil 25-fevral.
  2. „Karpati vs Dnipro“ (uk). UPL Official Web Site (16-oktabr 2016-yil). 10-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2016-yil.
  3. „ФФУ скоро решит, кто займет место Днепра в Первой лиге - Первая лига Украины“ (ru). SPORTARENA.com (13-iyun 2017-yil). Qaraldi: 16-iyun 2019-yil.
  4. Real Madrid sign goalkeeper Andriy Lunin, UNIAN (20 June 2018)
  5. „Official Announcement: Andriy Lunin“. Real Madrid C.F. (22-iyun 2018-yil). Qaraldi: 22-iyun 2018-yil.
  6. „El joven portero Andriy Lunin firma por el C.D. Leganés cedido por el Real Madrid“. CD Leganés (27-avgust 2018-yil). 22-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-avgust 2018-yil.
  7. „Official Announcement: Lunin“. Real Madrid C.F. (27-avgust 2018-yil). Qaraldi: 27-avgust 2018-yil.
  8. „On loan Andriy Lunin opposed to January Bernabéu return“. Diario AS (31-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 1-iyul 2019-yil.
  9. „El Pucela obtiene la cesión de Lunin“. realvalladolid.es (13-avgust 2019-yil). Qaraldi: 13-avgust 2019-yil.
  10. „Official Announcement: Lunin“. realmadrid.com (13-avgust 2019-yil). 13-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-avgust 2019-yil.
  11. Rathborn. „Golden Boy 2019: Mason Mount, Matthijs De Ligt and Joao Felix included in 20-man shortlist“. Independent (15-oktabr 2019-yil). 7-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-fevral 2020-yil.
  12. „Official Announcement“. realmadrid.com. Qaraldi: 15-yanvar 2020-yil.
  13. „Real Madrid send Lunin to Oviedo“. Marca.com (15-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2020-yil.
  14. „Alcoyano 2–1 Real Madrid: Third division side cause huge upset“. bbc.com (21-yanvar 2021-yil).
  15. „Atletico beat champions Real in Madrid derby“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 10-may 2022-yil.
  16. „Lunin impresses for Real Madrid and exacts revenge against Sergio Gonzalez“. www.marca.com. Qaraldi: 15-may 2022-yil.
  17. „Cadiz 1-1 Real Madrid: Lunin show causes hosts to drop into relegation zone“. www.stadiumastro.com. Qaraldi: 15-may 2022-yil.
  18. „Brilló en Cádiz: Lunin estuvo exigido y detuvo hasta un penalti con un paradón“. www.defensacentral.com. Qaraldi: 15-may 2022-yil.
  19. „Saudi Arabia vs. Ukraine - 23-mart 2018-yil - Soccerway“. int.soccerway.com. Qaraldi: 16-iyun 2019-yil.
  20. 20,0 20,1 Spirited comeback earns Ukraine first U-20 title; FIFA.com, 15 June 2019.
  21. „Лунин попрощался с молодежной сборной и отправился в национальную“ (ru). Евро 2020 на football.ua. Qaraldi: 16-iyun 2019-yil.
  22. „Лунин вернулся в расположение молодежной сборной Украины“. football.ua. Qaraldi: 16-iyun 2019-yil.
  23. FIFA.com. „FIFA U-20 World Cup Poland 2019 - News - Lee, Lunin headline award winners at Poland 2019“. www.fifa.com. 16-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2019-yil.
  24. Andriy Lunin Soccerway saytida. Qaralgan sana: 1 March 2021.
  25. „Andriy Lunin“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2021-yil 19-fevral.
  26. Westwood. „Real Madrid clinch 35th La Liga title with four games to spare after victory over Espanyol“. Goal.com (30-aprel 2022-yil). Qaraldi: 30-aprel 2022-yil.
  27. Mctear, Euan. „Modric and Benzema fire Real Madrid to the Supercopa title“. Marca (16-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 16-yanvar 2022-yil.
  28. „Champions League final: Vinícius Júnior scores only goal as Real Madrid deny Liverpool again“. UEFA.com. Union of European Football Associations (28-may 2022-yil). Qaraldi: 28-may 2022-yil.
  29. „Real Madrid 2–0 Eintracht Frankfurt: Five-star Madrid triumph in Helsinki“. UEFA.com. Union of European Football Associations (10-avgust 2022-yil). Qaraldi: 11-avgust 2022-yil.
  30. „FIFA U-20 World Cup Poland 2019 – Award“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association. 3-sentabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyun 2019-yil.