Rodrygo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rodrygo
RodrygoGoes.jpg
Rodrygo "FC Santos" safida, 2018
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rodrygo Silva de Goes
Tavallud sanasi 9-yanvar 2001-yil (2001-01-09) (22 yosh)[1]
Tavallud joyi Osasko, Braziliya
Boʻyi 1.74 m[2]
Ampluasi Yarim himoyachi, vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Real Madrid
Raqami 21
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2011-2017 Santos FC akademiyasi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017-2019 Santos FC 41 (9)
2019- Real Madrid 74 (7)
2019 Real Madrid Kastilya 3 (2)
Milliy terma jamoa
2017-2018 Braziliya U17 4 (3)
2018-2019 Braziliya U20 10 (3)
2019- Braziliya U23 6 (1)
2019- Braziliya 5 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(20 may uchun)

Rodrigo Silva de Goes 2001-yil 9-yanvarda tugʻilgan, Rodrigo nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi, Ispaniyaning „Real Madrid“ klubi va Braziliya terma jamoasida vinger sifatida oʻynaydi.

U oʻz faoliyatini „Santos“da boshlagan, 2019 yilda Real Madridga 45 million yevriga transfer qilingunga qadar 80ta oʻyin oʻtkazib, 17 gol urgan. Xalqaro miqyosda Rodrigo Braziliya terma jamoasi safida 2019 yilda atigi 18 yoshida debyut qilgan.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Santos[tahrir | manbasini tahrirlash]

San-Pauluning Osasko shahrida tugʻilgan Rodrigo 2011-yilda oʻn yoshida „Santos“ yoshlar jamoasiga qoʻshilgan va dastlab futzal jamoasiga tayinlangan. 2017-yil mart oyida Peruda Libertadores kubogi uchun Sporting Kristalga qarshi oʻyin oldidan murabbiy Dorival Junior tomonidan asosiy jamoa mashgʻulotlariga chaqirildi[3].

2017-yilning 21-iyulida Rodrigo besh yillik shartnomaga rozilik bildirgach, oʻzining birinchi professional shartnomasini imzoladi[4]. 1-noyabrdan vaqtinchalik murabbiy Elano uni asosiy tarkibga kiritdi[5].

Rodrigo oʻzining birinchi jamoasi va A seriyadagi debyutini 2017+yilning 4-noyabrida "Atletiko Mineiro"ga qarshi mezbon 3:1 hisobida gʻalaba qozonganilgan oʻyinda oʻtkazib, Bruno Henriquening oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi[6]. 25-yanvarda birinchi golini urdi va „Ponte Preta“ga qarshi safarda „Kampeonato Paulista“ doirasidagi oʻyinda (2:1) soʻnggi daqiqada toʻp kiritib jamoasi gʻalabasini taʼmiladi[7].

Real Madrid[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 15-iyunida "Real Madrid" Rodrigoning transferi bo‘yicha „Santos“ bilan kelishuvga erishdi, futbolchi 2019-yilning iyunida „Qaymoqranglilar“ safiga o‘tdi va 2025-yilgacha shartnoma imzoladi[8][9]. Mish-mishlarga koʻra, toʻlov 45 million yevroga teng edi,[10] Santos bu transferning 80 foizi yaʼni 40 million yevro oldi, chunki transfer huquqining qolgan qismi Rodrigoning agentlariga tegishli edi[11].

2019-yil 25-sentabrda Rodrigo madridliklar safidagi debyutini o‘tkazdi va atigi bir daqiqa ichida „Osasuna“ darvozasiga musobaqadagi ilk golini kiritdi[12]. 6-noyabr kuni 18 yosh-u 301 kunligida, UEFA Chempionlar Ligasi 2019-20 mavsumida Galatasaroyga qarshi oʻyinda (6:0) oʻzining birinchi va mukammal xet-trikiga erishib, bitta golli uzatmani ham amalga oshirdi[13]. Shu orqali u mazkur musobaqada xet-trik qayd etgan ikkinchi eng yosh futbolchi, shuningdek, turnirda gol urgan 21-asrda tugʻilgan birinchi futbolchi boʻldi[14]. Realdagi debyut mavsumida 19ta oʻyin oʻtkazib, ikki marta raqiblar darvozasini ishgʻol qildi, „Real Madrid“ 2019-20 yilgi mavsumda La Ligada gʻolib chiqdi[15]. 2020-yil 3-noyabrda Rodrigo 2020-21-yilgi UEFA Chempionlar Ligasida "Inter" ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozonilgan oʻyinda hal qiluvchi golga mualliflik qildi[16].

2022-yilning 12-aprelida UEFA Chempionlar ligasining 2021-22-yilgi mavsumi chorak finalida "Chelsi"ga qarshi javob o‘yinida zaxiradan maydonga tushib, gol urdi va o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlarga oʻtishini taʼminladi. Ekstra taymlarda Karim Benzema tomonidan bosh bilan urilgan gʻalaba goli „Real Madrid“ga yarim final chiptasini naqd qildi[17]. 30-aprel kuni Rodrigo Bernabeuda „Espanyol“ga qarshi oʻyinda (4:0) dubl qayd etdi va „Real“ 35-bor La Liga chempionligini qoʻlga kiritdi[18]. 4-may kuni Chempionlar ligasi yarim finalida „Manchester Siti“ga qarshi javob o‘yinida jamoa 0:1 (umumiy hisobda 3:5) hisobida ortda qolayotganda maydonga tushib, 89- va 91-daqiqalardagi ikkita goli bilan hisobni tenglashtirdi va o‘yinni qoʻshimcha boʻlimlarga oʻtkazdi. Ekstra taymda Benzema penaltini aniq amalga oshirib, 3:1 (umumiy 6:5) hisobida gʻalaba qozonildi va „Real Madrid“ "Liverpul"ga qarshi finalga yoʻl olib, yakunda turnirda gʻalaba qozondi[19][20]. „Siti“ga qarshi gʻalaba va boshqa soʻnggi daqiqalardagi gʻalabali hissalaridan soʻng, Rodrigoning yosh boʻlishiga qaramay, jamoaga taʼsiri maqtovga sazovor boʻldi va u tezda Madridda qahramonga aylandi[21].

Xalqaro maydonda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rodrigo 2020-yilda

2017-yil 30-mart kuni Rodrigo Braziliyaning 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasiga Montaigu turniriga chaqirildi[22]. U chempionatdagi debyutida Daniyaga qarshi oʻyinda (2:1) oʻz jamoasining yagona golini urdi va Kamerun hamda AQShga qarshi oʻyinda yana ikkita golga mualliflik qildi[23].

2018-yilning 7-martida Rodrigo va „Santos“dagi jamoadoshi Yuriy Alberto 20 yoshgacha bo‘lganlar jamoasiga chaqirildi [24], biroq olti kundan so‘ng ikkalasi ham o‘z klubi prezidenti so‘rovidan so‘ng jamoadan chetlashtirildi[25].

2019-yilning noyabr oyida Rodrigo Saudiya Arabistonining Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan Argentina terma jamoasiga qarshi Superklasiko de las Américasbirinchi marta Braziliya kattalar jamoasiga chaqirildi[26]. 15-noyabr kuni 1:0 hisobidagi mag‘lubiyatda u so‘nggi 20 daqiqada Villian oʻrniga almashtirildi[27].

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rodrigoning otasi Erik sobiq professional futbolchi hisoblanadi. Oʻng qanot himoyachisi, u Braziliya futbolining bir necha divizionlarida oʻynagan, ularning eng yuqorisi B Seriya edi [28].

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 28-may holatiga koʻra[29]
Klub Mavsum League State League Cup Continental Other Total
Division Apps Goals Apps Goals Apps Goals Apps Goals Apps Goals Apps Goals
Santos 2017 Série A 2 0 2 0
2018 Série A 35 8 12 3 3 0 8 1 58 12
2019 Série A 4 1 10 1 6 3 0 0 20 5
Total 41 9 22 4 9 3 8 1 80 17
Real Madrid Castilla 2019-20 Segunda División B 3 2 3 2
Real Madrid 2019-20 La Liga 19 2 1 1 5 4 1 0 26 7
2020-21 La Liga 22 1 0 0 11[lower-alpha 1] 1 0 0 33 2
2021-22 La Liga 33 4 3 0 11[lower-alpha 1] 5 2[lower-alpha 2] 0 49 9
Total 74 7 4 1 27 10 3 0 108 18
Career total 118 18 22 4 13 4 35 11 3 0 191 37
  1. 1,0 1,1 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named UCL
  2. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named SCE

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

match played 29 March 2022[29]
Braziliya
Yil Ilovalar Maqsadlar
2019 2 0
2020 1 0
2022 2 1
Jami 5 1

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Real Madrid

Individual

  • Campeonato Paulista eng yaxshi yangi kelgan: 2018 [35]
  • Goal.com NxGN: 2020 [36]
  • IFFHS Menʼs Youth (U20) Jahon terma jamoasi : 2020, [37] 2021 [38]

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Inspiração em Neymar e pai jogador: conheça Rodrygo, nova joia do Santos“ [Inspiration in Neymar and father footballer: know Rodrygo, new pearl of Santos] (pt). Globo Esporte (16-avgust 2016-yil). 16-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-noyabr 2017-yil.
  2. „Real Madrid profile“. 24-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-iyul 2019-yil.
  3. „Na mira europeia, jogador de 16 anos faz treinos no profissional do Santos“ (pt). Lance! (10-mart 2017-yil). 16-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-noyabr 2017-yil.
  4. „Rodrygo, revelação da base, assina o primeiro contrato profissional com o Santos FC“ (pt). Santos FC (21-iyul 2017-yil). 27-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-noyabr 2017-yil.
  5. „Elano anuncia promoção de Rodrygo e Yuri Alberto ao time profissional do Santos“ (pt). ESPN Brasil (1-noyabr 2017-yil). 17-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-noyabr 2017-yil.
  6. „Santos sofre, mas vence Atlético-MG de Robinho e fica a três pontos do líder“ (pt). Globo Esporte (4-noyabr 2017-yil). 27-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-noyabr 2017-yil.
  7. „Sasha e 'nova promessa' do Santos viram o jogo e dão vitória contra a Ponte“ (pt). UOL Esporte (25-yanvar 2018-yil). 16-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-yanvar 2018-yil.
  8. „Official Announcement: Rodrygo Goes“. Real Madrid C.F. (15-iyun 2018-yil). 28-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-iyun 2018-yil.
  9. „Nota oficial“ (pt). Santos FC (15-iyun 2018-yil). 9-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-iyun 2018-yil.
  10. „Real Madrid transfer news: €45 million deal agreed for Santos wonderkid Rodrygo“. Goal.com (15-iyun 2018-yil). 7-noyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-iyun 2018-yil.
  11. „Santos striker Rodrygo signs for Real Madrid until 2025“. Sport (15-iyun 2018-yil). 15-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-iyun 2018-yil.
  12. „Rodrygo becomes Real Madrid's first 21st century scorer“. Marca (25-sentabr 2019-yil). 1-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-sentabr 2019-yil.
  13. „Rodrygo makes Champions League history with quickfire Real Madrid double“. Goal.com (6-noyabr 2019-yil). 6-noyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-noyabr 2019-yil.
  14. „Rodrygo scores perfect hat-trick in Real Madrid UCL rout“. as.com (6-noyabr 2019-yil). 10-noyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-noyabr 2019-yil.
  15. „Real Madrid win the longest LaLiga Santander season“. Marca (17-iyul 2020-yil). Qaraldi: 17-iyul 2020-yil.
  16. „Real Madrid 3–2 Inter Milan“. BBC Sport (3-noyabr 2020-yil).
  17. „Real Madrid 3–2 Chelsea“. BBC Sport (12-aprel 2022-yil).
  18. „Real Madrid 4–0 Espanyol“. BBC Sport (30-aprel 2022-yil).
  19. „Real Madrid in final after Rodrygo and Karim Benzema stun Manchester City“. The Guardian (4-may 2022-yil).
  20. „La Decimocuarta!“. Real Madrid C.F. – Web Oficial (7-iyun 2022-yil).
  21. „Rodrygo is the silent assassin who drips with Madrid's terrible purpose“. Planet Football (7-iyun 2022-yil).
  22. „Seleção Sub-17 convocada para Torneio de Montaigu“ (pt). CBF (30-mart 2017-yil). 26-mart 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-noyabr 2017-yil.
  23. „Oito gols em quatro jogos: quarteto do Peixe se destaca na Seleção sub-17“ (pt). Lance! (17-aprel 2017-yil). 8-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-noyabr 2017-yil.
  24. „Rodrygo e Yuri Alberto, do Santos, substituem joias do Flamengo na seleção sub-20“ (pt). Globo Esporte (7-mart 2018-yil). 7-noyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-may 2018-yil.
  25. „Após ida de Peres ao Rio, CBF libera Rodrygo e Yuri Alberto da seleção“ (pt). Lance! (13-mart 2018-yil). 7-noyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-may 2018-yil.
  26. Munday, Billy. „Rodrygo gears up for his Brazil bow against Argentina“. Marca (11-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 15-noyabr 2019-yil.
  27. Train, Rob. „Real Madrid: Rodrygo makes full debut for Brazil against Argentina“. Diario AS (15-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 15-noyabr 2019-yil.
  28. „Filho de Eric se destaca na base do Santos e é chamado de Neymarzinho“ (pt). Globo Esporte (27-fevral 2013-yil). 7-noyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-noyabr 2017-yil.
  29. 29,0 29,1 Rodrygo Soccerway saytida. Retrieved 4 November 2017.
  30. „Real Madrid win 2019/20 LaLiga Santander“. LaLiga (16-iyul 2020-yil). Qaraldi: 17-iyul 2020-yil.
  31. Westwood. „Real Madrid clinch 35th La Liga title with four games to spare after victory over Espanyol“. Goal.com (30-aprel 2022-yil). Qaraldi: 30-aprel 2022-yil.
  32. „Real Madrid win the Supercopa from the spot“. Marca (12-yanvar 2020-yil). 14-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-yanvar 2020-yil.
  33. Mctear, Euan. „Modric and Benzema fire Real Madrid to the Supercopa title“. Marca (16-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 16-yanvar 2022-yil.
  34. „Champions League final: Vinícius Júnior scores only goal as Real Madrid deny Liverpool again“. UEFA.com. Union of European Football Associations (28-may 2022-yil). Qaraldi: 28-may 2022-yil.
  35. „Com domínio do Palmeiras, Seleção é premiada recheada de finalistas“ (pt). Federação Paulista de Futebol (9-aprel 2018-yil). 12-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-aprel 2018-yil.
  36. „Rodrygo and Oberdorf win NxGn 2020 awards for world's best teenage talents“. 3-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-aprel 2020-yil.
  37. „THE WORLD'S YOUTH MEN TEAM OF THE YEAR 2020 (U20) by IFFHS“. IFFHS (3-aprel 2021-yil).
  38. „IFFHS MEN'S YOUTH (U20) WORLD TEAM OF THE YEAR 2021“. iffhs.com. IFFHS (9-dekabr 2021-yil). 9-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-dekabr 2021-yil.