Kontent qismiga oʻtish

Amu-Qorakoʻl kanali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amu-qorakoʻl kanali — Buxoro viloyatidagi kanal. Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida Yumalandi qirlari etagidan boshlanadi. 1963-yilda qurilgan. Uz. 55 km. Suv oʻtkazish imkoniyati 48 m³/s Bu-xoro viloyatining Olot, Qorakoʻl tumanlaridagi 50 ming ga yaqin yerni sugʻoradi. Suv daryodan maxsus qazilgan 2,8 km uzunlikdagi kanal orqali bosh rostla-gich qurilgan joyga oqib keladi va nasos stansiyalari bilan koʻtarib beriladi. Kanal bosh rostlagichdan Olot nasos stansiyasigacha (36 km masofada) tubining eni 5-6 m boʻlgan qadimgi daryo oʻzanidan oʻtadi, Olot sh.ni kesib oʻtib, choʻlning qumli barxanlari orasidan davom etadi. Olot nasos stansiyasida suv 8,2 m. balandlikka koʻtarib beriladi. A.- Amu-Qorakoʻl kanali Qorakoʻl nasos stansiyasi bilan tugaydi (unga suv keladigan 16,2 km uzunlikdagi kanal sugʻoriladigan hududdan oʻtadi).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil