Alisher Nazrullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Alisher Ibodullayevich Nazrullayev (1953.24.9, Gʻijduvon) — usta kulol, Gʻijduvon kulollik maktabining 7-avlod vakili. Oʻzbekiston xalq ustasi (2002), Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akad. (2003). Samarqand meʼmorlik — qurilish institutini tugatgan (1975). Hunarni otasi usta Ibodulla Nazrullayevdan oʻrgangan. N. ijodida Gʻijduvon kulollik maktabi anʼanalarini rivojlantirgan; u yaratgan sopol buyumlar (tovoq, lagan, kosa, koʻza, qoʻshquloq va boshqalar) qoʻrgʻoshin tusli sirlanishi bilan ajralib turadi. Naqsh zamini toʻq jigarrang , shakllar buyum yuzasida asimmetrik erkin joylashtiriladi; "Dumi burgut" "murgʻi safed", "guli tovus" kabi naqsh mujassamotlari qush, oʻsimlik, gul naqshlarining no-zik uygunlashtirilgan shaklida namoyon boʻladi. Amerika, Yevropa, Osiyo qitʼalaridagi madaniy markazlardagi nufuzli tanlov, koʻrgazmalarda faol ishtirok etadi. N. ishlaridan namunalar respublika va xorijiy mamlakatlardagi muzey, toʻplam, xususiy kolleksiyalardan oʻrin olgan. "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (1996).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil